Uyg‘onish davri san’ati


Haykaltaroshlik - tasviriy san’at turlaridan biri


Download 26.15 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi26.15 Kb.
#1409479
1   2   3
Bog'liq
Uyg\'onish davri sanati

Haykaltaroshlik - tasviriy san’at turlaridan biri.
Bu san’atda borlik yorug‘ - soyaga ega bo‘lgan shakllar orkali makonda tasvirlanadi Turli xildagi stol ustiga kuyiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o‘rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, nihoyat turli amaliy buyumlar - tayaga, znachok, medallarning yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli ko‘rinishi hisoblanadi.


Odatda haykaltaroshlik asarlari o‘z ko‘rinishiga qarab, dumaloq va qavariq (relef) haykallprga bo‘linadi dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko‘rish mumkin bo‘ladi. Masalan, maydon va hiyobonlardagi haykal va yodgorliklar, stol ustiga quyiladigon har xil haykalchalari turiga mansubdir. 

Haykaltaroshlikning ikkinchi ko‘rinishi budgan kavarik yoki bo‘rtma haykallar, odatda, biror yuzaga bo‘rttirib ishlangan bo‘ladi. 

Bunday haykallar bir so‘z bilan relef deb ataladi. 

Haykaltaroshlikda deyarli rang ishlatilmaydi. Haykallar rangini odatda haykal uchun tanlangan material (masalan, mramor, granit, bronza va h.k.) belgilaydi. Ba’zan xalq haykaltaroshligida haykallarni bo‘yash xollari ham uchraydi. 

Haykaltaroshlik asarlari ham san’atning boshqa turlari kabi o‘zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab qator tur va janrlarga bo‘linadi. Haykaltaroshlik turlari deganda, monumental haykaltaroshlik dekorativ haykaltaroshlik va dastgoh haykaltaroshligini tushunamiz. Monumental haykaltaroshlikka muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar, xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘rnatilgan monument turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlik ansambllari kiradi. Odatda, monumental haykaltaroshlik asarlari o‘zida katta mazmunni anglatib, mustaqil xarakterga ega bo‘ladi. Lekin shu bilan birga, u bevosita muhit, me’morchilik binolari hamda tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi lozim. Bu unga yanada ulug‘vorlik vata’sirchanlik baxsh etadi. Monumental haykaltaroshlik asarlariga xos bo‘lgan xislatlardan yana biri, kahramonlarni ko‘tarinki ruhda tasvirlashdir. Monumental-haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi sababli, katta-katta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Odam yuzidagi mayda detallar, kiyimdagi buklanishlar, undagi mayda detallar ko‘rsatilmaydi.
Istiroxat bog‘lari, hiyobonlar, ko‘cha va parklar, shuningdek, me’morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ-haykaltaroshlik san’atiga kiradi. Agar monumental-haykaltaroshlik asarlarida obrazlar ko‘tarinki ruhda ishlansa, dekorativ-haykaltaroshlik asarlarida esa obrazlar biron yumoristik tarzda talqin etiladi. Haykaltaroshlikning bu turida turli hayvonlar shakli ham keng ishlatiladi.
Binolarning devorlariga ishlanadigan turli bo‘rtma tasvirlar, amaliy san’at buyumlarining yuzasiga ishlangan tasvirlar, turli fontanlar, panjarada, badiiy darvozalar, chinnidan yasalgan turli haykalchalar, loydan ishlangan o‘yinchoqlar xam shu haykaltaroshlikning ko‘rinishi hisoblanadi.
Dastgox xakaltaroshligiga mustaqil mazmunga ega bo‘lgan, san’atning boshqa turlariga tobe bo‘lmagan asarlar kirada Bunday asarlar kurgazmalar, uylarga kuyish uchunmo‘ljallangan bo‘ladi haykaltaroshlikning bu turida voqelik butun borligi bilan aks ettiriladi hamda inson psixologiyasidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta bo‘ladi.
Haykaltaroshlikda ijodkor yorug‘-soyalar uyinidan foydalanish orqali o‘z haykallarini ta’sirli va jozibali bo‘lishiga erishadi. Haykal yorug‘ soya bilan tirik, ya’ni nur tushishi bilan u ham jonlanadi, yorug‘likning o‘zgarishi bilan undagi yorug‘-soya tovlanishi ham o‘zgaradi, natijada, udan tomoshabin oladigan taassurot ham o‘zgarib boradi. Bu narsa monumental va dekorativ haykallar uchun juda qo‘l keladi. Chunki maydon yoki hiyobonga o‘rnatilgan haykalga ertalabki tong quyoshining nurlari bir joziba bersa, kechki kun botish paytidagi quyosh nurlari boshqacha bir fayz kiritadi. Tungi oy nurlarida shu haykalning o‘zi yana bir go‘zallik kashf etadi. Shuning uchun haykal turli paytida kishida turlicha taassurot qoldiradi. 

Undagi uning hayajon va gamginligi, kelajakka intilish utmishga kaygurishi ham o‘z ifodasini topadi. Haykaltaroshlik asarlarida insonning tevarak-atrofga bo‘lgan munosabati ham, qalbidagi iztirob ham ishonarli talqin etilishi mumkin bunda, eng avvalo, haykaltaroshning o‘ta ziyrakligi, odam gavdasi va mimik o‘zgarishlarni to‘g‘ri ifodalashi muhim o‘rinni egallaydi. To‘g‘ri topilgan harakat, yuzidagi mimik xolat - bo‘lar uning ta’sirli bo‘lishiga zamin tayyorlaydi.


Haykallarning har biri bir taglikka (postameng yoki pedestalga) o‘rnatilgan bo‘ladi, ba’zan haykaltarosh uz maqsadini ruyobga chiqarishda bir necha taglikka o‘rnatilgan haykallar, releflardan foydalanishi mumkin. Bunday holda bu hamma haykallar kupi - ansambli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, hammasi birgalikda bir mazmunni anglatadi.


Haykaltaroshlik san’ati har bir mamlakatda qadim zamonlardan boshlab rivojlanib kelgan san’at turidir. Bunga arxeologik qazilmalarda topilgan san’at durdonalari misoldir. San’at tarixiga nazar solar ekanmiz, Qadimgi Misr san’ati bilan tanishib chiqamiz. Qadimgi Misrning geografik o‘rni haqida Shimoliy Afrikada yomg‘ir juda kam yog‘adi, ko‘p vaqt havo issiq bo‘ladi, bu yerda qumloq va toshloq cho‘llar 1000 kmni tashqil etadi. Dunyodagi eng katta daryolardan biri Nil janubdan, shimolga qarab chullarni kesib o‘tadi. Nil daryosi Markaziy Afrikada joylashgan katta ko‘llardan oqib keladi. Nil daryosi O‘rta dengizga borib quyiladi. Nil vodiysi va deltasida, ostonalardan tortib to dengizgacha eramizdan avval IV ming yillikda Misrning davlatlar paydo bo‘ldi: Misrning fir’avnlar hokimiyati ostida birlashtirildi. Eramizdan kariyib 3 ming yil ilgari Janubiy podshoxlikning podshosi, Shimoliypodshoxlikni yengib chiqadi va deltani bosib oladi. Qudratli podshoxlik topib u bugun Misrni birlashtiradi. Qadimgi Misrda toshdan o‘yib ishlangan, taxtacha undagi tasvirlar eramizdan avvalgi 3 ming yilcha oldin ishlangan. Taxtachadagi tosh haykallar nimalar haqida hikoya qiladi? G‘olib jangchi dushmanlardan birining sochini ushlab turibdi, boshqalar qochib ketishmoqda. G‘olib jangchining qudratini ko‘rsatish uchun uni paxlavon qilib tasvirlashgan. Lochin shaklidagi hudo arqon bilan boshini ushlab turib g‘oliblar asirlarni qo‘lga tushirganlar, degan ma’noni bildiradi. G‘olibning boshida Janubiy podshoxlik toji bor. Lochin o‘tirgan papirus shoxlari del’tani anglatadi. Taxtachaning orqa tomonida podsho, boshqa taxtda Shimoliy podshoxlik taxtida tasvirlangan. 


Download 26.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling