Uyg’onish davri XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida уаngi davr


Download 69 Kb.
bet2/7
Sana04.05.2023
Hajmi69 Kb.
#1425345
1   2   3   4   5   6   7
Uyg`onish davri Yevropada o`z iqtisodiy asoslari jihatidan feodal ishlab chiqarish usuli asta-sekin inqirozga uchrab, burjua ishlab chiqarish usuli kurtaklari vujudga kela borishi b-n xarakterlanadi..
Jamiyat hayotida shahar rolining kuchayishi, ya`ni shaharning ijtimoiy ishlab chikarishda borgan sari ahamiyati oshib borishi, shahar ichida va shaharlararo tovar almashinishining kuchayishi, savdo aloqalarining avj olishi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi va shu asosda yangi — burjua ish­lab chiqarish munosabatlarining shakllanishi Uyg`onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatlardir.
Bu davr siyosiy jihatdan cherkov, papa ta`sirida bo`lgan mayda knyazliklar o`rniga Is­paniya, Frantsiya, Angliya va b. joylarda yirik, mustaqil knyazliklarning vujudga kelishi, ularning papa, cherkov diniy-ma`naviy hokimiyati ta`siridan qutulish, dunyoviy hokimiyatni kuchaytirish uchun kurashishi avj olishi b-n xarakterlanadi.
Bu davrda «Qirollik hokimiyati, shaharliklarga suyangan holda feo­dal dvoryanlarning kuchini sindirdi va aslda millatlarga asoslangan yirik monarxiyalarni vujudga keltirdi, bu monarxiyalarda hozirgi zamon Yevropa millatlari va hozirgi burjua jamiyati rivojlandi... Vizantiya yiqilgan paytda saqlanib qolgan qo`lyozmalar, Rim xarobalaridan qazib olingan antik haykallar hayratda qolgan G`arbning ko`zi oldida yangi dunyoni — qadimgi yunon dunyosini gavdalantirdi; uning porloq obrazlari oldida o`rta asrning sharpalari ko`rinmay ketdi.
Italiyada san`at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go`yo klassik qadim zamonning shu`lasi bo`ldi va keyinchalik bunday yuksalishga erishish aslo mumkin bo`lmadi. Italiya, Frantsiya va Germaniyada yangi, ilk hozirgi zamon adabiyoti vujudga keldi. Shundan so`ng ko`p vaqt o`tmay Angliya va Ispaniya o`z klassik adabiyoti davrini kechirdi...
Davrning iqtisodiy-siyosiy hayoti inson` shaxsiyatini birinchi o`ringa qo`ydi. Insonga; feodal-tabaqachilikni munosabatlari, cherkov asketyak axloqi, o`rta asr traditsiyalari doirasi torlik qila boshladi. U endi o`ziga, atrof-tabiatga boshqacha ko`z b-n qaraydigan bo`l­di, uning voqelikka, o`tmishga bahosi, estetik qarashi o`zgara bordi.
Yangi davr dunyoqarashining namoyandalari—turli kasbdagi va turli ijtimoiy mavqedagi kishilar— shoirlar, filologlar, filosoflar, rassomlar o`zlarining tadqiqot ob`ektlari deb insonni hisobladilar. Insonni tabiatning ajralmas bir qismi va uning mukammal mahsuli sifatida tushundilar. Inson, uning kechinmasi, ichki dunyosi, hayoti adabiyot va san`atning asosiy temasi bo`lib koldi. Shaxs ijodining garmonik, erkin, har tomonlama taraqqiyoti ideali shakllana boshladi. Shuning uchun ham bu davr mutafakkirlari insonshunoslar gumanistlar deb atalgan (k,. Gumanizm).
Gumanistlar yangi dunyoni qaror toptirishda antik merosga murojaat qildilar. Ular qadimgi qo`lyozmalar va antik san`at yodgorliklarini to`plab va o`rganib, antik merosning tiklanishi va tarqalishi xususida ko`p ish qildilar. Bunda gu­manistlar, shubhasiz, Sharqning, jumladan O`rta Osiyoning qadimgi davrdagi madaniyatidan keng foydalandilar.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling