Uyg’onish davri XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida уаngi davr


Platon filoso­fiyasi Uyg`onish davrida


Download 69 Kb.
bet6/7
Sana04.05.2023
Hajmi69 Kb.
#1425345
1   2   3   4   5   6   7
Platon filoso­fiyasi Uyg`onish davrida panteizmning g`oyaviy manbai bo`lib qoldi, Uyg`onish davri filosofiyasi sxolastika va sxolastikalashtirilgan aristotelizm b-n kurashda undan yuz o`gira boshladi.
XV-XVI asrlarda Italiyadagi Paduya un-ti antisxolastik aristotelizmning bosh markazi edi. Bu oqim namoyandalari, ayniqsa italyan filosofi P. Pomponatstsi jonning o`lmasligi xaqidagi (cherkov ta`limotini bartaraf etishga katta hissa qo`shdi; ular tomonidan «ikki xaqiqat» nazariyasining himoya qilinishi fan va filosofiyaning din ta`siridan ozod bo`lishiga imkon berdi.
Uyg`onish davri falsafiy tafakkurining asosiy yutuqlaridan biri — ilohiyotga buysunishdan ozod bo`lgan naturfilosofiyaning paydo bo`lishidir. Uyg`onish davri naturfilosofiyasi 16-asrda Ita­liya va Germaniyada yuksaldi. Lekin uning g`oyalari 15-asrda Nikolay Kuzanskiy tomoni­dan ilgari surilgan edi. Uning eng xarakterli xususiyati naturalistik panteizmdir. Unga olamni katta, tirik va o`zgaruvchan organizm deb karash, insonni tabiatning bir qismi deb tushunish, dialektika elementlari xosdir. Bu davr naturfilosofiyasi J- Brunonyant falsa­fiy qarashlarida eng tipik tarzda ifodalagan edi. Olamning bir butun va universal manzarasini chnzishga intilishda Uyg`onish davri mutafakkirlari real bilimlarining yetarli emasligi ularning antropomorfik va mistik xayollarga berilishiga olib keldi, ular sexrgarlik va b. «sirli fanlarga, astrologiya, alkimyoga xam murojaat qildilar.
Uyg`onish davri k i sh i l i k j a m i ya t i v a uning tarixiga, davlat va xuquqqa yangicha qarash b-n xam ajralib turadi. 16-asrning yirik siyosiy mutafakkirlari (N. Ma­kiavelli, J. Voden) bu masalalarning ilohiyot ruhidagi talqiniga barham berib, ularga kishilarning uz faoliyati natijasi sifatida qaradilar va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari haqidagi masalani ilgari surdilar, J. Boden jamiyatning shakllanishida tabiiy muhit ta`sirini ta`kidlaydi; N. Makiavel­li siyosiy kurash va moddiy manfaatdorlik ijtimoiy hayotning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi deb hisobladi.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling