Uyqu buzilishlari


Download 214.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi214.83 Kb.
#1593915
  1   2
Bog'liq
uyqu-buzilishlari



Uyqu buzilishlari 
 
Kumush Sherali qizi G’oyibnazarova 
Umida Shavkat qizi Narzullayeva 
Toshkent tibbiyot akademiyasi 
Annotatsiya: Markaziy nerv sistemasining surunkali uyqu buzilishi kasalliklari 
bo’lgan narkolepsiya va insomniya uyquchanlik va uyqusizlik kishilar hayotining 
butun davrida hamrohlik qiluvchi, odatda davolash chora-tadbirlari kam samara 
beradigan, ish qobiliyatiga salbiy ta’sir etadigan, uyqu xurujlari vaqtida bemor ijtimoiy 
nomutanosib holatda bo’lganda(masalan rolda, zinada, yo’lda) turli halokatlarga olib 
keladigan patologik holatlardir. 
Kalit so’zlar: narkolepsiya, insomniya, ensefalit, parkinsonizm, nevroz, 
katapleksiya, gipnagogik va gipnapompik gallyutsinatsiyalar, oreksin, gipokretin-1 
neyropeptidi, sporadic epizod, pitolizant, modafinil, solriamfetol, kortizol, 
adrenokortikotrop, autoimmun reaksiya, gipertiroidizm. 
Sleep disorders 
Kumush Sherali qizi Goyibnazarova 
Umida Shavkat qizi Narzullayeva 
Tashkent Medical Academy 
Abstract: Narcolepsy and insomnia, chronic sleep disorders of the central 
nervous system These are pathological conditions that lead to various accidents (for 
example, on the roll, on the stairs, on the road). 
Keywords: narcolepsy, insomnia, encephalitis, parkinsonism, neurosis, 
cataplexy, hypnagogic and hypnapompic hallucinations, orexin, hypocretin-1 
neuropeptide, 
sporadic 
episode, 
pitolizant, 
modafinil, 
autoimorticothyraphylolithromycin, chloramphenicol. 
Uyqu buzilishlarining sabablari va turlari juda ko’p bo’lib, ulardan keng tarqalgan 
va doimiy uchraydigan ikkita turi bu narkolepsiya va insomniya hisoblanadi. 
Narkolepsiya bu oddiy qilib aytganda ko’p uxlash demakdir, markaziy asab tizimining 
surunkali kasalligi bo’lib, 4 ta asosiy ko’rinishga ega bo’lgan murakkab uyqu buzilishi 
bilan tavsiflanadi: 
1) O’tkir kunduzgi uyquchanlik va to’satdan uyquga ketish xurujlari; 
2) Katapleksiya(to’satdan yuz beradigan holsizlik, lohaslik xurujlari);
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
97


3) Uyqu falaji; 
4) Gipnagogik(uyqu paytida) va gipnapompik(uyg’onganda) gallyutsinatsiyalar. 
Narkolepsiya bir necha kunlab uyquga ketish bilan namoyon bo’ladigan patologik 
holat. Bunday bemor to’satdan uyquga ketib, 2-3 kun va undan ham uzoq muddat uxlab 
yotaveradi, ular kunduz kuni ham kechasi ham uyg’onishmaydi. Bu o’tkir stress va 
ruhiy kasallik bo’lib, gormonal o’zgarishlar, infeksiyalar ba’zida bosh miyaning 
yallig’lanish kasalliklari(ensefalit) va bosh miya jarohatlari tufayli kelib chiqishi 
mumkin, biroq narkolepsiyaning aniq sabablari mutaxassislar tomonidan to’liq 
o’rganilmagan, mexanizmida uyg’onish uchun mas’ul bo’lgan oreksin(miya 
neyrotransmiteri) yetishmasligi yotadi, bu moddaning nima sababdan yetishmasligi esa 
noma’lum. Shuningdek, miya suyuqligida gipokretin-1 neyropeptidi yetishmaydi, bu 
HLA bilan bog’liq bo’lgan gipokretin o’z ichiga olagan neyronlarning lateral 
gipotalamusdagi autoimmun jarayonda yo’q qilinishiga olib keladi. Mazkur uyqu 
buzilishining belgilari va kechish xarakteri quyidagicha bo’ladi: kunduz kunlari 
to’satdan uyquga ketib, bir necha kunlab uxlab yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, 
alahsirashlar, xotira buzilishlari, ba’zida tutqanoq xurujlari, qotib qolishlar, xulq-atvor 
buzilishlari. Epidemiologiyasiga ko’ra narkolepsiyaning aholi orasida tarqalishi har 
10000 kishiga 5-7 tani tashkil etadi. Yevropa, Yaponiya va AQSHda kasallikning 
tarqalishi har 1000 aholiga 0,2 dan 1,6 gacha to’g’ri keladi. Odatda 20 yoshdan 50 
yoshgacha rivojlanadi, eng ko’p tashxis 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan davrda 
qilinadi va jins jihatdan ayollar va erkaklarda bir xil uchraydi, biroq so’nggi yilardagi 
tadqiqotlar erkaklarda nisbatan ko’proq uchrashini ko’rsatmoqda. Kasallikning irsiy 
asosga egaligi aniqlanmagan. Egizaklardagi muvofiqlik ham past ya’ni 25 % ga teng. 
Narkolepsiyaning xarakterli ko’rinishlari navbatma-navbat namoyon bo’ladi, bemorlar 
o’zlari istamagan holatda va uxlash uchun mutlaqo mos bo’lmagan holat va 
vaziyatlarda ham to’satdan kuchli uyqu xohishi qaramligida uyquga ketishadi, 
uyg’ongach o’zlarini energiyaga boy va tetik, quvnoq his qilishadi, ammo ko’p vaqt 
o’tmay, bir necha soatdan so’ng bu hissiyot yana kuchli charchoq, holsizlik va 
uyquchanlik bilan almashib, yana uyqu xurujlari boshlanadi. Bu narkolepsiyaning 
dastlabki ko’rinishi bo’lib, undan keyin katapleksiya belgilari rivojlana boshlaydi. 
Bunda kuchli ijobiy yoki salbiy his-tuyg’ular fonida to’satdan zaiflik, lohaslik holati 
yuzaga keladi. Zaiflik mushaklar tonusining keskin yo’qolishi bilan bog’liq. Hujum 
shu qadar tez rivojlanishi mumkinki, ba’zi hollarda bemor yiqilib, jarohat olishi 
mumkin va bu hujumning davomiyligi bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha 
davom etishi mumkin. Keyingi rivojlanuvchi belgi gipnagogik va gipnapompik 
gallyutsinatsiyalar uyquga ketish yoki uyg’onish vaqtida paydo bo’ladigan tushga 
o’xshash yorqin akustik yoki vizual ko’rinishlardir. Ular shuningdek, “uyg’oq tushlar” 
deb ataladi, chunki odam hali uxlamaganligini, lekin allaqachon tush ko’ra 
boshlaganini tushunadi. Odatda bu holat qo’rquv va tashvish bilan birga namoyon 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
98


bo’ladi. Kasallikning og’ir ko’rinishlarida biri uyqu falaji bo’lib, bu uyg’ongandan 
so’ng to’liq harakatsizlik bilan tavsiflanadigan holat. Bunda inson to’liq ongli, 
vaziyatni adekvat baholaydi, lekin harakat qila olmaydi. Faqat ko’zini miltillatishi va 
harakatlantirish holati saqlanib qoladi. Uyqu falaji ertalab tez-tez uchraydi, lekin 
kechqurun paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Bu holat ayniqsa, harakatsizlik 
fonida qo’rqinchili gallyutsinatsiyalar bo’lsa juda qo’rqinchili bo’lishi mumkin, negaki 
hayolotida paydo bo’lgan daxshatli tasavvur namunalariga qarshi hech qanday harakat 
bilan javob berolmaydi, natijada qo’rquv bemorga ikkilamchi stress va depressiyani 
beradi. Bemorlarning taxminan 10 % ida yuqoridagi 4 ta simptomatik belgining 
barchasi keltirilgan ketma-ketlikda kuzatiladi. Kasallik 2 ta toifaga farqlanadi: 
I. 
Katapleksiya 
bilan 
kechadigan 
gipokretin 
yetishmovchiligi 
narkolepsiyasi(to’satdan hissiy reaksiyalar natijasida yuzaga kelgan mushaklarning bir 
muddatlik kuchsizligi yoki falaji); 
II. Katapleksiyasiz normal gipokretin bilan yuzaga keladigan narkolepsiya. 
Kasallikda simptomlar boshlanganidan tashxis qo’ygungacha 10 yil o’tishi 
mumkin. Mazkur kasallikka aniq diagnoz qo’yilgach somnolog tarafidan davolash 
muolajasi tavsiya qilinadi. Agar bemorda uyqu falajining sporadik epizodlari yoki 
gipnagogik va gipnopompik gallyutsinatsiyalar, noyob va qisman katapleksiya va 
yengil PDS bo’lsa, narkolepsiya davolashni talab qilmasligi mumkin. Boshqa hollarda 
uyg’otishni rag’batlantiruvchi va katapleksiyaga qarshi preparatlar guruhi( modafinil 
yoki armodafinil, natriy oksibat, solriamfetol, pitolizant) buyuriladi. Har kuni bir 
vaqtning o’zida yetarlicha tungi va qisqa kunduzgi uyqu(30 daqiqadan kam, odatda 
tushdan keying uyqu) bilan qat’iy uyqu gigiyenasi tavsiya etiladi. 
Insomniya esa aksincha uxlay olmaslik, uyqusizlik bilan namoyon bo’luvchi 
surunkali kasallik. Insomniya bilan 10 % aholi(ba’zi rivojlangan davlatlarda 20 %) 
aziyat chekadi, bemor oylab, yillab yaxshi uxlolmasligi mumkin. Statistik 
ma’lumotlarga ko’ra, katta yoshdagi erkaklarning taxminan 30 % i, ayollarning 37 % 
i, shuningdek, har 4 xomilador ayoldan 3 tasi ushbu muammoga duch keladi. Normada 
odam har kuni 6 soatdan 10 soatgacha o’rtacha 7-8 soat uxlashi va bu asosan tungi 
vaqtga to’g’ri kelishi kerak. Uyquga ketish mexanizmining ishlamay qolishi, tez-tez 
uyg’onish va umumiy dam olish vaqtining qisqarishi charchoqning rivojlanishiga, 
diqqat va konsentratsiyaning pasayishiga olib keladi. Bu jarayon gormonal 
regulyatsiyaning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Xususan, kechalari 
kortizol va adrenokortikotrop gormonlar miqdorining normadan ko’tarilishi kuzatiladi. 
Etiologiyasida o’tkir stress, depressiya, gipertiroidizm, bezovta oyoqlar sindromi, 
tanadagigormonal o’zgarishlar parkinsonizm, ensefalit va boshqa miya jarohatlari 
yetakchi o’rinni egallaydi. Kasallikni kechishiga ko’ra quyidagi turlari farqlanadi: 
✓ Vaqtinchalik: bir haftadan ko’p bo’lmagan muddatda davom etadi, ko’pincha 
kuchli stress, vaqt zonalarining o’zgarsihi fonida sodir bo’ladi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
99


✓ O’tkir: uyqu buzulishi 7 kundan 1 oygacha davom etadi,doimiy stress va 
jismoniy og’ir zo’riqishlar fonida rivojlanadi; 
✓ Surunkali: 1 oydan ortiq davom etadi: turli somatic kasalliklar, stress va aqliy 
zo’riqish tufayli kelib chiqadi. 
Etiologiyasiga ko’ra insomniya: 
✓ Adaptiv: stress fonida yuzaga keladi; 
✓ Psixofiziologik: odamning uyqusizlik qo’rquvi bilan bog’liq va yotishdan oldin 
tashvishning kuchayishi bilan birga keladi; 
✓ Ideopatik: hech qanday sababsiz paydo bo’ladi; 
✓ Xulq-atvor: bolalarda paydo bo’ladi, nomutanosib holatda, masalan, 
aravachada o’tirgan tarzda, sut shisha bilan uxlab qolish odati; 
✓ Medikamentoz:ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish tufayli paydo bo’ladi; 
✓ Psevdoinsomniya: odam odatdagidek yetarli vaqt uxlaydi, ammo subyektiv 
ravishda bu unga yetarli bo’lmay, o’zini uxlamagandek his qiladi. 
Bemorda uyquga ketish qiyinlashuvi, uzoq vaqt davomida yotishga qulay 
pozitsiyani qidirib uxlay olmaslik, tun davomida bir yoki bir necha marta uyg’onish, 
tongda erta uyg’onib ketish, uyquning davomiyligi 6,5 soatdan oshmasligi holatlari 
namoyon bo’ladi. Bir-ikki kunga uxlay olmaslik barchmizga odatiy hol va bunday 
holatlar ayniqsa nevroz bilan kasallanganlarda ko’proq uchraydi. Biroq insomniya 
uzoq yillar uyqu yo’qolishi bilan namoyon bo’ladigan kasallik bo’lib, jiddiy 
davolanishni talab qiladi. Insomniya bilan kasallangan bemor boshqa odamlar kabi 
ishga qatnayveradi, aqliy va jismoniy faolligi ham boshqalarnikidan farq qilmaydi. 
Hattoki insomniyaga chalingan ba’zi odamlar tunlari yaxshi asarlar yozishadi, ixtirolar 
qilishadi. Agarda insomniya bilan kasallangan bemorda boshqa bir nevrologik 
buzilishlar aniqlansa, unda nevrologik va neyropsixologik kasalliklar aniqlanishi 
mumkin. Kasallikni davolashda uni keltirib chiqaruvchi omilga asosiy e’tiborni 
qaratish kerak, mazkur sababni bartaraf etish lozim. Dori vositalaridan uxlatuvchi 
preparatlar(gipnotiklar), trankvilizatorlar, melatonin, antidepressant, neyroleptiklar, 
antikonvulsant hamda antigistamin preparatlar buyuriladi. 

Download 214.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling