Uyushgan gapning badiiy matnda qoʻllanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq boʻlaklarning semantik-stilistik xususiyatlari
Download 73.27 Kb.
|
Uyushgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BOʻLAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI…………………………………25
- Xulosa.....................................................................................................................32 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………........33
UYUSHGAN GAPNING BADIIY MATNDA QOʻLLANISHI Mundarija: Kirish………………………………………………………………………………3 I BOB UYUSHIQ BOʻLAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI…………………………………………………………..……5 1.1. Ajratilgan boʻlaklar…………………………………………………………….5 1.2. Uyushiq boʻlaklar………………………………………………………….…15 II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BOʻLAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI…………………………………25 2.1. Undalmali gaplar………………………………………………………...……25 2.2. Kirish boʻlaklar……………………………………………………………….29 Xulosa.....................................................................................................................32 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………........33 Kirish Mamlakatimiz oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi boʻlgan ona tilimizni oʻrganish ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga boʻlgan e'tibor kuchayib bormoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “xalqning milliy madaniyati va oʻziga xosligini ifoda etuvchi vosita boʻlmish oʻzbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va toʻliq roʻyobga chiqarish” , davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishi ekanligini alohida ta'kidlagan. Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi oʻzbek tilining taraqqiyoti yoʻlida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa, oʻz navbatida, davrni oʻzbek tili tarixini toʻgʻri va chuqur oʻrganish, til sathlarining tabiatini aniq tahlil etish va ularning badiiy matndagi imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilish, bu yoʻnalishda zaruriy tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yuklaydi. Mustaqillik sharofati bilan oʻzbek tilining sintaksisining azaliy muammolaridan biri fikr almashuv va aloqa-aralashuvning asosiy birligi-kommunikativ birlik boʻlgan gapni tarkibiy qismlarga ajratish gap boʻlaklari va har bir boʻlakning gap qurilishidagi oʻrni, gapning tarkibiy qurilishi masalasidir. Shu boisdan, gapning lingvistik xususiyatlari bilan bir qatorda, uning psixologik xususiyatlarini har tomonlama oʻrganish, ularga har jihatdan e'tibor qaratish kuchaytirildi. Xususan, informatsiyani toʻla yoritishda murakkablashgan sodda gaplarning oʻrni alohida boʻlib, tuzilish jihatdan murakkab tarkibga ega bunday gaplarda mazmun hajmining kengligi kuzatiladi. Murakkablashgan sodda gaplarning grammatik belgilaridan kelib chiqilsa, ularning semantik tabiati yaqqol yuzaga chiqadi. Til belgilar sistemasi boʻlib, lisoniy belgilar qatorida gap alohida mavqega egadir, chunki gapda shakl va mazmun toʻliqligi namoyon boʻladi. Hozirga qadar murakkablashgan sodda gaplarning oʻziga xos xususiyatlari muammosi rus va boshqa xorijiy tilshunoslikda birmuncha atroflicha oʻrganilgan. Oʻzbek tilshunosligida mavjud darsliklarda ham murakkablashgan sodda gaplar boʻlimi berilgan. Ayrim ishlarda bunday gaplarning grammatik-semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq etilgan. Badiiy asar tiliga oid darsliklarda murakkablashgan sodda gaplarning stilistik xususiyatlariga toʻxtalingan . Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilishi, avvalo, tilshunoslik sohasida yangi-yangi tadqiqotlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi va oʻzbek olimlari tomonidan yangi-yangi izlanishlar olib borilmoqda. Sintaktik sathda qurilishiga koʻra sodda, biroq mazmuniga koʻra murakkab sanaluvchi, ya'ni murakkablashgan sodda gaplarning semantik-stilistik xususiyatlariga ham alohida e'tibor qaratish zarur deb oʻylaymiz. Download 73.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling