Uyushiq bo’laklar haqida umumiy ma’lumot. Uyushiq bo’laklarning sеmantik-sintaktik xususiyatlari. Uyushishning ifoda vositalari


Uyushuq bo’laklarda vergulni ishlatilishi


Download 106.5 Kb.
bet5/8
Sana16.10.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1704741
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GAPNING UYUSHIQ BO’LAKLARI

4. Uyushuq bo’laklarda vergulni ishlatilishi.
1. Uyushuq bo’laklarda sanash intonatsiyasi bilan birikkanda, yozuvda biri ikkinchisidan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Oydin osuda bir tun edi. (O.Yo.) Tus-to’polon ichida bir-birlarini yoqotib qo’ymaslik uchun O’rinboy, Sergey, Matluba, Mishalar qo’l ushlashib olishdi. (T.Po’lat.)
2. Uyushuq bo’laklar zidlovchi bog’lovchilar yordami bilan birikkanda ham, shu bog’lovchilardan oldin vergul qo’yiladi. Masalan: Munavvar seskandi, lekin shu zahoti o’zini qo’lga oldi. (S.Anarboev) Ketma-ket chaqaloqning yo’g’on, leki bog’iq inga-ingasi eshitildi. (S.Z.)
3. Uyushuq bo’laklar takrorlanuvchi bog’lovchilar yordami bilan birikkanda, ular orasida vergul qo’yiladi.
Masalan: Tog’lar goh chap tomoningda, goh o’ng tomoningda paydo bo’lib qolardi. (U.U.)
4.Uyushuq bo’laklarda umumlashtiruvchi so’z
Uyushuq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklarni umumlashtiradi. Jamlaydi.
Umumlashtiruvchi so’z vazifasida ko’pincha belgilash olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari va jamlovchi otlar qo’llanadi.
Umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklar uchun berilgan so’roqqa javob bo’ladi va uyushuq bo’laklar bilan bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar, qorong’ulikka jimgina cho’kdi. (O.)
Osmonda, daraxtlarda, toshlarda, bo’g’otlarda – hamma erda chumchuqlar chirqillashadi. (M.Ismoiliy.)
Umumlashtiruvchi so’z ba’zan birikma holida qo’llanishi ham mumkin.
Masalan: Olma, o’rik, shaftoli, qovun, tarvuz, xandalak, bordring – bularning hammasi yozning ziynatidir.
5. Uyushuq bo’laklarda nuqta va tirening ishlatilishi.
Umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklardan oldin kelsa ikki nuqta (:),Umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklardan keyin kelsa, undan oldin kelsa tire (-) qo’yiladi.
Masalan: Hamma:yoshlar, keksalar, ayollar qatnashdilar. Mehri hola non, mayiz, yong’oq-eguliklar olib chiqdi.
Yoki: Tong pallasida qaryalar, xotin-xalachlar, yoshlar-qishloq ahli choyxona atrofiga to’plandilar.
Ba’zi vaqtlarda umumlashtiruvchi so’z bilan uyushuq bo’laklar orasida kirish so’z ham keladi.
Masalan: Institut talabalari: jumladan, Sanobar Qodirova, Nazira |ulomova, Rafiq Usmonovlar sport musobaqalarida birinchilikni oldilar.

Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling