Kirish birikma. So’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga munosabati birikma orqali ifodalansa, kirish birikma hisoblanadi; Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo’q.
Kirish gap so’zlovchining o’zi bayon qilgan fikriga qo’shimcha mulohazasini bildirgan gapdir. Yalpiz(cho’l yalpizini aytayotganim yo’q) oshga solinadi. Akam, keksa tabib aytdi, tuzalib ketar ekanlar.
Kirish gap odatda vergul bilan ajratiladi. Agar kirish gap yoyiq bo’lsa, tire qo’yiladi yoki qavsga olinadi.
O’zlashtirma gap. Shakli o’zgartirilib, mazmuni ifodalangan o’zgalarning gapi o’zlashtirma gap deyiladi:
Nasiba sovuqdan oyoqlari zirqirab og’riyotganini aytdi.
So’roq, buyruq mazmunidagi ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantirilganda darak gap shaklida bayon qilinadi. O’zlashtirma gapga aylantirilganda undov, undalma, kirish so’z tushirib qoldiriladi.
Ko’chirma. Biror matndan ko’chirilgan gaplar ko’chirma (sitata) deyiladi. She’riy parchalar ko’chirma tarzida keltirilsa, qo’shtirnoq ichiga olinmaydi. Ko’chirma muallif gapisiz qo’llansa, qo’shtirnoqqa olinmaydi:
Yor o’lung bir-biringizgaki erur yorlig’. Navoiy.
Epigraf qo’shtirnoqqa olinmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mazkur so’z etimologiyasi haqida Sh. Rahmatullayev, M. Qodirovlarning «O’zbek tilining qisqa etimologik lug’ati» (-T.”Universitet”,1997-1998)da fikr bildirilgan.
2.Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; flektsiya «bukilish» ma’nosini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |