Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar


Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar


Download 34.73 Kb.
bet2/4
Sana13.05.2023
Hajmi34.73 Kb.
#1455416
1   2   3   4
Bog'liq
Gapning uyushiq bo`laklari

Uyushiq va uyushmagan aniqlovchilar
Aniqlovchilar uyushiq va uyushmagan bo’lishi mumkin. Uyushgan: Yo’lda ba’zan oq, pushti, sariq va qizil gullar uchraydi. (Yo.Sh.)\
Uyushmagan sifatlovchi aniqlovchilar sifatlanmishning turli jihatlariga oid belgilarini anglatadi: Mart oyidan mayin yoqimli shabada esa boshlaydi.

Gapning ajratilgan izoh bo’laklari
O’zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan izoh bo’lak deyiladi. Ajratilgan bo’laklar vergul va tire bilan ajratib ko’rsatiladi. Izoh bo’laklari, asosan, ikki tomondan vergul bilan ajratiladi. Navbatchi hamshirasochi oq semiz xotin, Sadbarning kechasi ham kelganini eslatdi. (As.M.) Izoh bo’laklarning o’zida vergul bo’lsa, bunday bo’laklar ikki tomondan tire bilan ajiratiladi: Endi odamlar-otliq, piyoda, yosh-qari-uchray boshladi.(O).
Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo’laklardan avval tire, keyin vergul qo’yiladi: Men-Fozilova Fotima, Farg’ona viloyati maktablaridan birida o’qiyman.
Yozma nutqda izoh bo’lakning oldiga tire, izoh bo’lakdan keyin vergul qo’yiladi:Otam-Ilyos Tohirov, zavodda ishchi.
Ajratilgan to’ldiruvchi: o’zidan oldingi to’ldiruvchini izohlaydi. Izoh to’ldiruvchilar o’zidan oldingi to’ldiruvchi bilan bog’lovchi vazifasida qo’llanadigan ya’ni, shu jumladan, xususan, ayniqsa kabi so’zlar bilan ham qo’llanadi: Agar oyim, ya’ni Sarvinoz Madumarova, rozi bo’lsa, meni, ya’ni Akrom Madumarovni, milisiya kapitani o’rtoq Ergashov o’ziga ishga olmoqchi ekan (X.T) ;
Maktabimizda, bichuv-tikuv to’garagidan tashqari, musiqa va ijodkorlar to’garagi ham ishlab turibdi gapidagi ajratilgan bo’lak ham to’ldiruvchi hisoblanadi. Ajratilgan aniqlovchi o’zidan oldingi qaratqich-aniqlovchini yoki sifatlovchi-aniqlovchini izohlab kelgan bo’lakdir. Oshpazning, Mamatqulovning, qo’li gul ekan (gazet). Ajratilgan izoh sifatlovchi aniqlanmishdan keyin keladi: Kamzul kiydim, tirinka. Qobil bobo, yalang bosh, yalang oyoq, eshik oldida dag’-dag’ titrardi. (A.Q)

Download 34.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling