Buldozer bilan ishlaganda
dvigatel batamom o’chmaguncha traktor otvali oldida odam bo’lmasligi kerak.
to’xtash vaqtida otval erga tushirilgan bo’lishi kerak.
30%0 dan ortiq qiyaliklarda gruntni surmaslik kerak
qiyalikka gruntni surayotganda otvalni qiyalik qoshidan o’tkazmaslik kerak
otval gruntga to’lgan yoki erga qadalgan holatda buldozerni burish mumkin emas.
otval tushirilgan holatda buldozerni orqaga yurgizish mumkin emas.
yomg’ir yog’ayotganda loyli gruntlarda ishlash mumkin emas.
Buldozerning osma uskunalarini o’rnatish va echib olish faqat bosh muhandis yordamida bajarilishi kerak.
Ekskovator bilan ishlaganda
Ekskovatorlarning ko’chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam o’rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash ta’qiqlanadi.
Ekskovatorning o’qi (stela) va cho’michi tagida, ekskovator va transport vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning 15 m gacha bo’lgan masofasida odam bo’lmasligi kerak.
Ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, ekskovatorning cho’michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning orqasidan yoki yonidan o’tishi kerak.
Ekskovatorning cho’michi to’ldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Avtogreyder bilan ishlaganda
avtogreyder daraxtlar, daraxt to’nkalari va katta toshlar bor joyda ishlashi mumkin emas.
gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g’ildiraklari bilan yo’l poyi cheti orasida eng kamida 1 m masofa bo’lishi kerak.
avtogreyderni baland ko’tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish joshlari qilinishi kerak.
Katok bilan ishlaganda
haydovchi mashinani ishga tushirganligi haqida ogohlantiruvchi signal berishi kerak.
Katok ko’tarmada ishlayotganda ko’tarmaning qoshiga borishi mumkin emas.
Katokni qiyalikda to’xtatib qo’yish mumkin emas.
Zichlash jarayonida bir nechta katoklar ishlayotgan bo’lsa oraliq masofani saqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |