Uzbekistan Airways


Aerodrom quriliyotgan joyning iqlimi


Download 1.65 Mb.
bet2/18
Sana18.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1557813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
qosimaka

Aerodrom quriliyotgan joyning iqlimi
Dangʻara tumani (avvalgi nomi Frunze) — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan (1962-yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Dangʻara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoʻprik, Oʻzbekistan, Furqat tumanlari, Qoʻqon sh., Namangan viloyatining Pop tumani, Tojikiston Respublikasining Asht tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 160,9 ming kishi (2016). Dangʻara tumanida 1 shaharcha (Dangʻara), 49 ta maxalla fuqarolari yigʻini mavjud. Markazi — Dangʻara shaharchasi.
Tabiati. Dangʻara tumani relyefi asosan tekislik. Uning jan.-gʻarbiy qismi Soʻx yoyilmasining shim.-gʻarbiy chekkasida, shimoli-gʻarbiy qismi esa Sirdaryoning birinchi va ikkinchi terrasalarida joylashgan. Toʻrtlamchi davrning gil, qumoq va qumlari tarqalgan. Tumanning shim.-gʻarbida barxan, doʻng qumlar bor. Iqlimi kontinental iqlim. Yozi issiq, qishi birmuncha yumshoq. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 26,8°, yanvarniki —2,2°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yiliga oʻrtacha 110 mm yogʻin tushadi. Bahor va kuzda kuchli „Qoʻqon shamoli“ esadi. Dangʻara tumanida Naymansoy, Oqtepasoy, Urganji ariqlari bor. Tuman hududidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Sirdaryo suvi Abdusamat va Olhamak nasos stansiyalari orqali chiqariladi. Artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugʻoriladigan oʻtloq, qumli oʻtloq va shoʻrxoklardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qumliklarda saksovul, qandim, yulgʻun, pastqamliklarda yantoq, shuvoq, oqbosh, shoʻrxoklarda qorabaroq, baliqkoʻz, toʻrgʻayoʻt, Sirdaryo sohillarida turangʻil, tol, chingʻil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻqay mushugi, kemiruvchilar, qushlardan chumchuq, hind maynasi, toʻrgʻay, oʻrdak, qashqaldoq, qirgʻovul va boshqalar yashaydi.

Dang’ara tuman iqlim grafigi




Shamollar chanbaragini qurish

Harakatchan qumlar zonasida yo’llarni loyihalashda relef shaklining noturg’unligi asosiy qiyinchiliklarni tug’diradi.


Ko’chiriladigan qum miqdori shamolning energiyasiga bog’liq bo’lib, bu energiya shamol tezligining kvadratiga mutanosibdir. Shuning uchun qumlarning ko’chirilish sharoitlarini baholashda “energiya gullarini” yoki “shamollarning dinamik gullarini” tahlil qilish katta foyda berishi mumkin. Ularni yasash uchun har qaysi rumb bo’yicha shamollar tezliklari kvadratlarini ularning qum ko’chirilishi sodir bo’ladigan davrlardagi takrorlanuvchanlik chastotasiga ko’paytmalarining yig’indisi olib qo’yiladi. Qum nam bilan bog’langan yoki qor bilan qoplangan vaqt hisobga olinmaydi. Shamollarning dinamik gullari yo’lni qum bosuvchanligini tanlashda ayniqsa samaralidir. Bir yilda 1 m yo’lga 20...30 m3 qum kelib tushadigan yo’llar qum ko’p bosadigan yo’llar, 10 m3 dan kam qum kelib tushadigan yo’llar qum kam bosadigan yo’llar deb hisoblanadi.






SH
SHG’ SHSHQ
SHG’ SH SHSHQ

SHQ SHQ


JSHQ
J JG’ J JSHQ a) b)

Shamollar yo’nalishi: a- odatdagi; b-dinamik;


Shamollarning dinamik gullarini qurish uchun O’zbekiston Respublikasining viloyatlari bo’yicha yanvar va iyul oylarida shamolning yo’nalishi va tezligining yillik o’rtacha darajasi quriladi






Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling