Узбекистан Республикаси электр станциялари ва тармокларини техник эксплуатация килиш қоидалари буйича саволнома
Электр энергетика ускуналарига хизмат курсатишда юз берган бахтсиз хрдисалар оцибатида жабрланганларга шифокордан олдин ёрдам курсатиш буйича саволнома
Download 148.48 Kb.
|
savol javob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ишлаб чикди: п
Электр энергетика ускуналарига хизмат курсатишда юз берган
бахтсиз хрдисалар оцибатида жабрланганларга шифокордан олдин ёрдам курсатиш буйича саволнома: 1. Жабрланганга биринчи ёрдамни курсатишда амалга ошириладиган даракатларнинг кетма-кетлиги? ЖАВОБ - jabrlanganning organizmiga xavfli va zararli omillar ta’sirini (elektr tokining ta’siridan xalos etish, zararlangan muhitdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarini o‘chirish, suvdan chiqarib olish va h.) bartaraf qilish; jabrlanganning holatini baholash; jabrlanuvchini hayoti uchun eng ko‘p xavf solayotgan jarohatning hususiyatlarini va uni qutqarish bo‘yicha qilinadigan harakatlarning ketma-ketligini aniqlash; jabrlanuvchini qutqarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni eng kerakligi tartibida bajarish (nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash; sun’iy nafas, yurakning tashqi massaji muolajalarini o‘tkazish; qon oqishini to‘xtatish; singan joylarni mahkamlab qo‘yish, bog‘lamalar qo‘yish va h.); tibbiyot xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy funksiyalarini saqlab turish; tez tibbiy yordam yoki shifokorni chaqirish yoxud jabrlanuvchini eng yaqin tibbiyot muassasasiga yetkazish choralarini ko‘rish. Hodisa ro‘y bergan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirish imkoni bo‘lmasa, jabrlanuvchini eng yaqin tibbiyot muassasasiga yetkazish choralari ta’minlanishi kerak. Jabrlanuvchini faqat nafasi va pulsi barqaror bo‘lganda joydan-joyga ko‘chirib o‘tkazish mumkin. Жабрланганга биринчи ёрдам курсатиш кдчонгача давом этирилиши лозим? ЖАВОБ - Agar jabrlanuvchining holatiga ko‘ra uni ko‘chirib bo‘lmasa, tibbiyot xodimlari yetib kelishiga qadar jabrlanuvchining asosiy hayotiy funksiyalarini saqlab turish lozim. Жабрланувчини жарокатловчи омиллари таъсиридан халос этиш турлари? ЖАВОБ - Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatish uni jarohatlovchi omillarning ta’siridan xalos etish vaqtidan boshlanadi: elektr uskunasini o‘chirish, tok o‘tkazuvchi qismlardan kuchlanishni uzish yoki jabrlanuvchini undan ajratib olish; jabrlanuvchini qadam kuchlanishi maydonidan olib chiqish va boshqalar; suvdan tortib olish; xavfli (gazlangan, changlangan, havoning harorati oshgan yoki pasaygan va h.) zonadan olib chiqish; ishlab chiqarish uskunalarini, harakatdagi mashinalar va mexanizmlarni to‘xtatish; bug‘ yoki suvni o‘chirish; yonayotgan kiyimlarni o‘chirish va boshqalar. Bundan yordam ko‘rsatayotgan shaxsning o‘zi ham, tegishli himoya vositalaridan foydalangan holda, o‘zini shu jarohatlovchi omillarning ta’siridan saqlashi lozim. Электр токининг таъсиридан озод килиш тартиби? ЖАВОБ - Elektr toki urganda jabrlanuvchini imkoni boricha tezroq elektr toki ta’siridan xalos etish lozim. Chunki elektr tokining ta’siri qancha ko‘p bo‘lsa, organizmdagi elektr jarohati shunchalik og‘irroq bo‘ladi. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketish, ko‘p hollarda mushaklarning ixtiyoriy bo‘lmagan ravishda qisqarishiga va nafas olish va qon aylanish organlari faoliyatining buzilishi yoki umuman to‘xtab qolishiga olib keluvchi holatga sabab bo‘lishi mumkin. Agar jabrlanuvchi simni qo‘lida ushlab turgan bo‘lsa, uning barmoqlari shunday qattiq qisiladiki, simni uning qo‘llaridan bo‘shatib bo‘lmaydi. Shuning uchun yordam beruvchining birinchi harakati elektr uskunasining jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezroq o‘chirishdan iborat bo‘lishi kerak. Elektr uskunasini uzgich, biriktirgich-ajratgich (rubilnik) yoki boshqa o‘chiruvchi apparat yordamida (1-rasm), hamda saqlagichlarni olib qo‘yish, shtepsel ulamasini ajratish, havo liniyasida sim tashlab sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish yo‘li bilan o‘chirish mumkin. 1000 В гача кучланишли электр ускуналарида жабрланувчини ток таъсиридан озод килиш тартиби? ? ЖАВОБ - Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan kiyimidan tortib (kiyimi quruq va badaniga yopishmagan bo‘lsa), masalan kamzul yoki paltosining etagidan, yoqasidan tortib ajratish mumkin, bunda uning atrofidagi metall buyumlar yoki jabrlanuvchi badanining kiyimsiz joylariga tegib ketmasligi kerak (3-rasm). Jabrlanuvchini oyog‘idan tortib ham chetga olib qo‘yish mumkin, bundan yordam beruvchi shaxs o‘z qo‘llarini izolatsiya qilmasdan turib, jabrlanuvchining kiyimiga yoki poyafzaliga tegishi mumkin emas, chunki ular nam bo‘lishi va elektr tokini o‘tkazishi mumkin. Qo‘llarini izolatsiya qilish uchun yordam beruvchi, ayniqsa u jabrlanuvchi badanining kiyim tegmagan joylaridan ushlashi kerak bo‘lganda, yordam beruvchi shaxs dielektrik qo‘lqoplar kiyishi yoki qo‘liga sharf o‘rashi, qo‘liga movut furajkani, kamzuli yoki 1000 V gacha kuchlanishli elektr uskunalarida jabrlanuvchini quruq kiyimidan tortib tok ta’siridan ozod qilish paltoning yengini kiyib olishi, jabrlanuvchining ustiga rezina gilamchani, rezinali mato (plash) yoki oddiy quruq matoni tashlashi kerak. Shuningdek, yordam ko‘rsatuvchi shaxs rezina gilamcha, quruq taxta yoki elektr tokini o‘tkazmaydigan har qanday taglik, quruq kiyimlar o‘rami va h. ustiga turib o‘zini izolatsiya qilishi mumkin. Jabrlanuvchini tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratishda bir qo‘l bilan harakat qilish lozim (4-rasm). Жабрланувчини 1000 В гача кучланишли ток утказувчи кдсмлардан ажратиш тартиби? ? ЖАВОБ - Agar elektr toki jabrlanuvchi orqali yerga o‘tib ketayotgan bo‘lsa va u tok o‘tkazuvchi element (masalan, simni) talvasada qo‘lida mahkam ushlab olgan bo‘lsa, eng osoni jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda (uning tagiga quruq taxta tiqib yoki uning oyog‘ini arqon yoki kiyimi yordamida yerdan uzib qo‘yish) tokning ta’sirini to‘xtatish mumkin, bunda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘ziga nisbatan ham jabrlanuvchiga nisbatan ham yuqorida ko‘rsatilgan ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak. Shuningdek simni yog‘och dastagi quruq bo‘lgan bolta bilan (5-rasm) yoki dastagi izolatsiyalangan asboblardan (ombir, yassi jag‘li ombirdan) foydalangan holda uzish mumkin. Dastagi izolatsiyalanmagan asbobning dastagiga quruq mato o‘rab ham foydalanish mumkin. Simlarni fazalar bo‘yicha, ya’ni har bir fazani alohida uzish lozim, bunda odam o‘zini yerdan izolatsiyalashi (quruq taxtalar, yog‘och narvon va h. ustida turishi) kerak. Туташув токининг ерга ёйилиши зонасида тугри хдракатланиши кандай булиши лозим? ? ЖАВОБ - Tutashuv tokining yerga yoyilishi zonasida himoya vositalarisiz harakat qilganda, oyoqlarni bir-biridan uzmay yerda surib yurish kerak Сувда чукаётган одамни куткариш кандай амалга оширилиши керак? ? ЖАВОБ - Suvdan chiqarib olish. Cho‘kayotgan odamning qutqarishda asosiy qoida — o‘ylab, xotirjam va ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdan iborat. Agar cho‘kayotgan odamning qutqarish to‘g‘risidagi chaqirig‘i eshitilgan bo‘lsa, uning holatidan boxabar bo‘linganligi va unga yordam ko‘rsatilishi haqida, albatta, javob qaytarilishi lozim. Bu cho‘kayotgan odamning ruhini ko‘taradi va unga kuch bag‘ishlaydi. Agar mumkin bo‘lsa, cho‘kayotgan yoki suzib charchagan odamga uni qirg‘oqqa, qayiqqa tortib olish uchun langarcho‘p yoki kiyimining uchini uzatishi yoki qo‘l ostidagi qandaydir suzadigan jism yoki maxsus qutqaruvchi moslamalarni tashlashi kerak. Qutqaruvchi jismni shunday tashlash kerakki, u cho‘kayotgan odamga urilib ketmasligi lozim. Agar bunday jismlar bo‘lmasa yoki ulardan foydalanganda ham cho‘kayotgan odamni qutqarib bo‘lmasa, unda qutqarish uchun unga yordamga suzib borish kerak. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zi nafaqat yaxshi suzish va sho‘ng‘ishni bilishi, balki jabrlanuvchini tashish usullarini va uning osilib olishidan o‘zini bo‘shatishni bilishi kerak. Ommaviy baxtsiz hodisalarda har bir cho‘kayotgan odamga alohida yordam ko‘rsatishga harakat qilish kerak. Suzib turib birdaniga bir nechta odamga yordam ko‘rsatib bo‘lmaydi. Yordam ko‘rsatish uchun tez suvga sakrash kerak bo‘lsa, kiyimni va poyafzalni echib olish kerak. Suvning tubi va chuqurligi noma’lum bo‘lgan joylarda suvga kalla tashlab sho‘ng‘ib bo‘lmaydi. Suvga sakrash joyini shunday tanlash kerakki, oqimning tezligidan foydalanib hodisa ro‘y bergan joyga tezroq yetib borish mumkin bo‘lsin. Suvning harorati past bo‘lganda yoki suzayotgan odam charchaganida uning boldir, son mushaklarida yoki barmoqlarida tomir tortishib qolishi mumkin. Boldir mushaklarida tomir tortishganda chalqancha suzib tomir tortishib qolgan oyoqni oldinga cho‘zish va uning barmoqlarini o‘ziga qaratib tortish tavsiya etiladi. Son mushaklarida tomir tortishganda oyoqni tizada kuch bilan bukish yordam beradi, bunda oyoqning tagini qo‘l bilan sonning ichki tomoniga bosib turish kerak. Qo‘l barmoqlari ivishganda qo‘lni mushtum qilgan holda suvdan chiqarib qattiq silkitish kerak. Газ билан захарланган шахсларга биринчи тиббий ёрдам. ? ЖАВОБ - Gaz bilan zaharlangan shaxslarni gazlangan zonadan olib chiqish. Zaharli gazlar chiqishi mumkin bo‘lgan xonadagi shaxs o‘zini noxush sezsa yoki unda zaharlanish alomatlari (asabiylashish, bo‘shashish holati, bosh aylanishi, ko‘ngil aynashi va boshqalar) paydo bo‘lsa, bu holda ushbu odamni tezlik bilan xonadan toza havoga olib chiqish kerak. Jabrlanuvchining holati xonadan o‘zi chiqa olmaydigan darajada og‘irlashsa, xonadan tashqarida uni kuzatib turgan shaxs uni zudlik bilan xonadan tashqariga yetaklab yoki ko‘tarib olib chiqishi kerak. Kuzatib turgan shaxs jabrlangan odamga yordam ko‘rsatish uchun gaz bilan zaharlangan xonaga kirishidan oldin, o‘zining yonida bo‘lishi kerak bo‘lgan kislorodli (izolatsiyalaydigan) yoki shlangli protivogaz niqobini taqib olishi lozim. Bunday hollarda filtrlovchi protivogazlarni taqish man etiladi. Kabel inshootlari yoki gaz quvurlari qudug‘ida turgan shaxs o‘zini noxush sezganda yoki unda zaharlanish alomatlari paydo bo‘lganda, quduqni tepasida uni kuzatib turgan shaxslar, darhol saqlagich kamarining yelka tasmalariga biriktirilgan arqondan foydalanib uni quduqdan chiqishiga yordam berishi yoki quduqdan chiqarib olishi kerak. Gaz bilan zaharlangan xonadan olib chiqilgan shaxsning holati yaxshilanmasa va unda zaharlanish alomatlari saqlanib qolsa, bu holda jabrlangan shaxs zudlik bilan davolash muassasasiga yuborilishi lozim. Yonayotgan kiyimni o‘chirish. Agar odamning ustidagi kiyimi yonayotgan bo‘lsa, olovni imkoni boricha tezroq o‘chirish kerak, ammo bunda olovni himoya qilinmagan qo‘llar bilan o‘chirish mumkin emas. Kiyimi yonayotgan odam, odatda, o‘zini u yoqdan bu yoqa uradi, yuguradi. Darhol uni to‘xtatish choralari ko‘rilishi kerak, uning harakatlari oqibatida olov yanada kuchayadi. Yonayotgan kiyimni tezlik bilan echib tashlash yoki suv quyib, qishda esa qor bilan o‘chirish kerak. Yonayotgan kiyimda yerda dumalab ham olovni o‘chirish mumkin. Yonayotgan kiyimdagi odamning ustiga qalin mato, ko‘rpa, brezent tashlash mumkin, olov o‘chganidan keyin jabrlangan odamning terisiga issiqlik ta’sirini kamaytirish uchun uni olib qo‘yish kerak. Yonayotgan kiyimdagi odamni boshi bilan o‘rab bo‘lmaydi, chunki bu uni nafas yo‘llarining jarohatlanishi va olovdan chiquvchi zararli moddalar bilan zaharlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Жабрланганга биринчи ёрдам курсатиш усуллари. ? ЖАВОБ - Birinchi yordam ko‘rsatish usullari jabrlangan odamning holatiga bog‘liqdir. Jabrlangan odam sog‘lig‘ining holatini quyidagi alomatlar bo‘yicha aniqlash mumkin: es-hushi: aniq, yo‘q, shikastlangan (jabrlanganning harakatlari susaygan yoki hayajonlangan); teri qatlamlarining va ko‘rinadigan shilliq (lab, ko‘z) pardalarining rangi: pushti, ko‘kargan, oqarib ketgan; nafas olishi: bir maromda, yo‘q, buzilgan (noto‘g‘ri, sirtki, xirillagan); uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi aniqlanmayapti yoki yo‘q; ko‘z qorachig‘lari: kengaygan, toraygan. Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan bir daqiqa ichida jabrlanganning holatini baholay bilishi va unga qanday tartibda va qaysi hajmda yordam ko‘rsatilishini belgilab olishi lozim. Jabrlanganning hushi o‘zida yoki yo‘qligiga qarab aniqlanadi. Bunga to‘la ishonch hosil qilish uchun jabrlanganning holatini o‘zidan so‘rash kerak. Teri qatlamlarining rangi va nafas olishi (ko‘krak qafasining ko‘tarilishi va tushirilishi) ham qarab aniqlanadi. Har daqiqasi qimmat bo‘lgan vaqtni nafas olishini aniqlash uchun og‘zi yoki burniga oyna va yaltiroq metall jismlarni qo‘yish uchun ketkizib bo‘lmaydi. Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash uchun qo‘l barmoqlarini jabrlanuvchining tomog‘iga (traxeyasiga) qo‘yiladi va ularni ozgina chetga surib, bo‘ynining yon tomonidan ushlab ko‘riladi (17-rasm). Юракка ташки массажни утказишда кулларнинг тугри харакати ва уйку артериясида пульсни аникдаш. ? ЖАВОБ - Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, uning nafas olishini kuzatib turish lozim, agar tilining orqaga ketib qolishi oqibatida nafas olishi sekinlashsa, past jag‘ini oldinga chiqarish kerak. Buning uchun ikkala qo‘lning to‘rtta barmog‘i bilan past jag‘ni orqa tomondan burchaklaridan ushlab tortiladi va yuqoridagi tishlar past tishlardan oldinda turadigan qilib suriladi (18-rasm). Tilning orqaga ketib qolishi to‘xtamaguncha uni shunday ushlab turish lozim. Behush bo‘lgan jabrlanuvchiga nashatir spirti hidlatib turish, yuziga sovuq suv sepib turish lozim. Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash uchun qo‘l barmoqlarini jabrlanuvchining tomog‘iga (traxeyasiga) qo‘yiladi va ularni ozgina chetga surib, bo‘ynining yon tomonidan ushlab ko‘riladi Сунъий нафас олдириш ва юракка ташки массажни утказиш усуллари. ЖАВОБ - Sun’iy nafas oldirish. Sun’iy nafas oldirish jabrlanuvchi nafas olmayotganda yoki og‘ir (sekin, entikib) nafas olayotganida, hamda qanday: elektr toki ta’siri, zaharlanish, cho‘kish va boshqa sabab bo‘lishidan qat’iy nazar nafas olishi muntazam og‘irlashib borayotganda o‘tkaziladi. Sun’iy nafas oldirishning eng samarali usuli bo‘lib “og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usuli hisoblanadi, bunda jabrlanuvchining o‘pkasiga yetarli hajmda havo yetkazib berilishi ta’minlanadi. “Og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usuli yordam ko‘rsatuvchi shaxs chiqarayotgan havoni majburan jabrlanuvchining havo yo‘llariga yuborilishiga asoslanadi, bunda fiziologik jihatdan ushbu yuborilayotgan havodan jabrlanuvchining nafas olishi uchun foydalansa bo‘ladi. Havoni doka, ro‘molcha va h. orqali yuborsa bo‘ladi. Sun’iy nafas oldirishning ushbu usuli jabrlanuvchining o‘pkasiga havo kelishini nazorat qilish imkonini beradi, chunki ko‘krak qafasi havo puflanayotganda ko‘tarilishi va havo chiqarilganda pastga tushishini ko‘rish mumkin. Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish uchun jabrlanuvchini chalqancha yotqizish, nafas olishni siqib turgan kiyimlarining tugmalarini echib bo‘shatish va behush chalqancha yotganda orqaga ketib qolgan til bilan yopilib qolgan yuqori nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash lozim. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i ichida yot moddalar (qusuq moddalari, echilib tushgan protezlar, agar odam cho‘kkan bo‘lsa, qum, balchiq, o‘tlar va h.) bo‘lishi mumkin, ularni jabrlanuvchining boshini yon tomonga burib dastro‘mol (latta) yoki bint o‘ralgan ko‘rsatkich barmoq bilan olib tashlash kerak (19-rasm). Shundan so‘ng yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchi boshining yon tomoniga joylashib, bir qo‘lini uning boshini tagidan o‘tkazadi, ikkinchi qo‘lining kafti bilan jabrlanuvchining boshini imkoni boricha orqaga ag‘darib peshonasini bosishi lozim Сунъий нафас олдиришнинг «огиздан-огизга» усули ва юракда ташки массажни утказиш тартиби. ЖАВОБ - Сунъий нафас олдириш ва юракка ташки массажнинг бир киши томонидан утказилиши. ЖАВОБ - Сунъий нафас олдириш ва юракка ташки массажнинг икки киши томонидан утказилиши. Ярадор булганда ёрдам курсатиш. Крн кетганда ёрдам курсатиш. Артериядан кон кетганда ёрдам курсатиш. Венадан кон кетганда ёрдам курсатиш. Крн кетишини тухтатиш учун резина чирмови (жгут) урнатиш тартиби. Х,аёт учун жуда хавфли булган кон кетишида чоралар куриш тартиби. Бурундан кон кетганда ёрдам курсатиш тартиби. Синганда ёрдам курсатиш тартиби. Чикканда ёрдам курсатиш тартиби. Лат еганда ва эти узилганда ёрдам курсатиш тартиби. Куйганда ёрдам курсатиш. Музлаб колганда ёрдам курсатиш. Хушсизликда ёрдам курсатиш. Иссикликдан жарокатланишда ёрдам курсатиш. Куёш нуридан жарохдтланишда ёрдам курсатиш. Захдрланганда ёрдам курсатиш. Тишлаганда ёрдам курсатиш. Хдшаротлар чакканида ёрдам курсатиш. Чукканда ёрдам курсатиш. Ишлаб чикди: п Р. Вахобов Мекнат мухрфазаси ва техника хавфсизлиги хизмати бошлиги Download 148.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling