Boshqarish va himoya apparatlari Reja


Download 222.35 Kb.
bet1/4
Sana13.09.2023
Hajmi222.35 Kb.
#1676325
  1   2   3   4
Bog'liq
Boshqarish va himoya apparatlari Reja (1)


Mavzu: Boshqarish va himoya apparatlari

Reja:


1. Boshqarish apparatlari haqida ummumiy ma’lumotlar.
2. Magnitli ishga tushirgichlar haqida ma’lumot, asosiy turlari
va ishlash prinsipi.
3. Magnitli ishga tushirgichlarning qo’llanilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Mavzu; Boshqarish va himoya apparatlari
Elektromagnit kontaktorlar. Elektr zanjirlarini masofadan turib ulab-uzish uchun mo‘ljallangan elektromagnit boshqarish apparati elektromagnit kontaktor deyiladi. 10.1- rasmda elektromagnit kontaktorning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Elektromagnit kontaktorning chulg'amidan boshqarish toki Ib o‘tganda, elektromagnit maydon ta'sirida qo‘zg‘aluvchi qism tortiladi va unga o‘rnatilgan asosiy kontaktlar yopiladi, elektr dvigatel yoki uskuna tarmoqqa ulanadi. Elektromagnit kontaktorning qo‘zg‘aluvchi qismida asosiy kontaktlardan tashqari yordamchi — blok-kontakt deb ataluvchi kichik tokli kontaktlar ham bor. Bu kontaktlar elektr uskunaning boshqarish va dvigatel holatidan xabar berish (signalizatsiya) sistemasida ishlatiladi. Qo‘zg‘aluvchi qism tortilganda blok-kontaktlarningbiri yopilsa, ikkinchisi ochiladi. Asosiy va blok kontaktlar birnechta bo‘lishi mumkin. Asosiy kontaktlardan o‘tadigan o‘zgaruvchan tok miqdori 200—2500 A atrofida, o'zgarmas tokning miqdori esa 20—600 A atrofida boiadi. Katta tokli kontaktorlar yoyni o‘chirish mexanizmi bilan alohida jihozlangan, tutashtiruvchi va ajratuvchi kontaktlar farq qilinadi. Tutashtiruvchi kontaktlar elektromagnit chulg'amida boshqarish toki Ib o‘tganda, o‘z kontaktlarini (qutblarini) tutashtiradi (yopadi). Ajratuvchi kontaktlar esa chulg‘amdan boshqarish toki o‘tganda o‘z kontaktlarini (qutblarini) ajratadi. Tutashtiruvchi (10.2- rasm, a) va ajratuvchi (10.2- rasm, b) kontaktlar va bu kontaktlaming elektr sxemalarda shartli belgilanishi, kontaktorning elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib=0 holat ko‘rsatilgan. Kontaktlami ulab-uzish vaqti sekundning yuzdan bir hissasidan tortib o‘n hissasigacha davom etadi. Agar kontaktlarda yoyni o‘chiruvchi alohida mexanizm bo‘lsa, u 10.3- rasmda ko‘rsatilganday shartli belgi bilan ifodalanadi.

Rele. Tashqi xabar (signal) yordamida elektr zanjirlarini uzib- ulaydigan mexanizm rele deyiladi. Relening o‘z kontaktlari bo‘lib, bu kontaktlarning ikki barqaror: tutashtirilgan va ajratilgan holatlari bo‘ladi. Tashqi xabar datchiklar vositasida olinadi. Datchik — bu biror fizik kattalik, masalan, issiqlik, vaqt, bosim va hokazolarni elektr xabar (signal)ga aylantiruvchi sezgir mexanizm. Issiqlik relesi, vaqt relesi, kuchlanish yoki tok relelari bo‘ladi. Vaqt relelari vazifasiga ko‘ra kechikib tutashadi va kechikib ajraladigan relelarga bo‘linadi. Kechikish vaqti —bu vaqt relesining xabar (buyruq) berilgandan keyin kontaktlarni tutashtira yoki ajrata boshlashigacha o‘tadigan vaqt oralig‘i. zanjirlarida vaqt relesining shartli belgilanishi .10.3- rasmda ko'rsatilgan. Himoya apparatlari. Elektr tarmoqlarida iste’molchilarni qisqa tutashuv, o‘ta yuklanish va boshqashikastlanishlaiga sabab bo‘luvchi xavflardan saqlash uchun xizmat qiladigan apparatlar himoya apparatlari deyiladi. Eng sodda himoya mexanizmi — bu eruvchan sim saqlagichdir. Zanjirdagi tok miqdori ko‘payib ketganda saqlagichning simi erib ketadi va iste’molchi elektr tarmoqdan ajraladi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida releli murakkab himoya sistemasi qoMlaniladi. Bu sistema datchiklar, kontaktlar, rele va hokazolar majmuasidan tashkil topgan. Magnitli ishga tushirgichlar haqida ma’lumot, asosiy turlari va ishlash prinsipi. Magnitli ishga tushirgich. Elektr dvigatel va boshqa iste'molchilarni elektr tarmog’iga masofadan turib ulab uzadigan, ularni qisqa tutash va o‘ta yuklanish rejimlaridan himoyalaydigan kontaktor, rele va knopkalardan iborat boshqarish apparati magnitli ishga tushirgich deyiladi. Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi.

Download 222.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling