Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha tavsiyalar
Amaliy mashgulotlarda talabalar turli texnologik o‘lchash va asboblarning turli parametrlarini hisoblash asoslarini o‘rganadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali bilimlarini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Laboratoriya ishlarining ro`yxati (12 soat)
Laboratoriya ishlari uchun qo’yidagi mavzular tavsiya etiladi:
Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. Manometrik termometrlarning strukturaviy sxemasini tuzish. Qarshilikli termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. Qarshilikli termometrlarning strukturaviy sxemasini tuzish. Termoelektrik termometrlarning ishlash prinsipini o‘rganish. (2 soat)
Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarini strukturasini qurish. Membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Silfonli manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish Gazlarni bosimini o‘lchash asboblarining ishlash prinsipini o‘rganish. (2 soat)
Difmanometrli sarf o‘lchagichning ishlash prinsipini o‘rganish.
Suyuqliklar sarfini o‘lchash va nazorat qilishni o‘rganish. Suyuqliklar sarfini bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich yordamida o‘lchash.
Sath o‘lchashning vizual vositalarining ishlash prinsipini o‘rganish. Gidrostatik sath o‘lchagichning ishlash prinsipini o‘rganish. Suyuqlik sathini mikroprotsessorli vositalar yordamida nazorat qilish. (2soat)
Rotatsion usulda suyuqliklar qovushqoqligini o‘lchash. Suyuqliklarning zichligini o‘lchash. (2 soat)
Moddalar namligini o‘lchash. (2 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |