Узбекистон Республикаси Мехнат ва ахолини ижтимоий мухофаза килиш вазирлигининг 2008 йил
O‘zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar
Download 0.59 Mb.
|
Банк иши РЕФЕРАТ Омонова Ш(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholisi 0.5 mln. kishidan ko‘p bo‘lgan shaharlarda ochilayotgan tijorat banklari uchun
- CHet el kapitali ishtirokida ochilayotgan banklar uchun Xususiy banklar uchun
- Mamlakatimiz tijorat banklari ustav kapitali to‘g‘risida ma’lumot, mln s
- Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasida yangi ochilayotgan banklarning ustav kapitalining eng kam miqdoriga qo‘yiladigan talablar
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag‘lari hisobidan tashkil topadi. Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi: - Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi; - bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi; - ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari; - muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati. Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi: banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida; xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida. Yangi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-kitobi Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish uchun e’lon qilingan evro kursining muassislar tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan) kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi. Respublikamizda tijorat banklarini tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Bankni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy majlisi qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Bu quyidagi hujjatlar taqdim etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan amalga oshiriladi. - bank kengashi raisi tomonidan imzolangan iltimosnoma; - aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bankni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; - bankni qayta tashkil etishning taxminiy shartlari, shakllari, tartib va muddatlarini aks ettiradigan hujjatlar; - qayta tashkil etishning natijalari haqidagi moliyaviy taxminlar, shu jumladan, bankning u qayta tashkil etilganidan keyin hisob-kitob balansi va bankni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan yuridik shaxslar haqidagi ma’lumotlar. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ikki oy davomida ko‘rib chiqiladi. Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat banklari faoliyatining to‘xtashi va tugatishida muhim asosdir. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi 2005 yil 22 mart 626-1sonli uzgartirish kiritilgan Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: a) bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi; b) Markaziy bank roziligi mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori; Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi: a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari to‘xtatiladi, jumladan, ularning mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni to‘lash, shuningdek, bankni boshqarish huquqlari bekor qilinadi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining likvidator hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish huquqi saqlanib qoladi; b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin; v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi; g) tugatilayotgan bankning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya va foizlarning hisoblab yozilishi to‘xtatiladi; d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi; e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin; j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling