Узбекистон республикаси согликни
Download 477.66 Kb.
|
9 ошк ичакдан кон кетиш билан кеч хир касалликлар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yara kasalligida kon ketishi.
- Davolash: (konservativ )
- Mekkel divertikuli
- Ichak polipi
Davolash:Davolashni doim konservativ gemostatik terapiya bilan boshlash talab etiladi. Gemostaz uchun endoskop orkali kon ketishini vaktinchalik yoki butunlay tuxtatish uchun tadbirlar utkaziladi. Vaktinchalik uslubda: oshkozonni muzli suv bilan yuvish, tomir toraytiruvchi moddalar (adrokson, adrenalin), navokainni oshkozon shillik pardalariga injektor yordamida infiltrasiyasi, 96% li spirt, xloretil, epsilonaminakopron kislota bilan shillik pardaga maxalliy ishlov berish tadbirlari kullaniladi. Chukur yorilishlar 10-14 kunda bitib ketadi. Yuzaki yorilishlar izsiz bitsa, chukur yorilishidan keyin chandiklar koladi.
Kompleks konservativ davolashning effektsizligi endoskop orkali diatermik va elektrokoagulyasiya kilishni talab etadi, ba’zan operativ yukori gastrotomiya xam bajarilishi mumkin. Operasiya oshkozonni chukur reviziyasi, yorilishlarni tikish bilan yakunlanadi. Arterial kon ketishda, chap oshkozon arteriyasi boglanadi. Yara kasalligida kon ketishi. Profuz kon ketishi Oshkozon yara kasalligining nisbatan kup uchraydigan asorati bulib xisoblanadi. «Kofe kuykasi» va dektesimon -kora rangli axlat kasallikning asosiy klinik belgilari xisoblanadi. Bemorning umumiy axvoli keskin yomonlashadi, kurkish, teri koplamlari okarishi, kollaps belgilari yuzaga keladi. Kusuk massasida kon laxtalari, axlatda esa uzgargan kon ketishi profuz kon ketishining davom etayotganidan darak beradi va bu umumiy kon aylanish xajmi kursatkichlaridan kura obyektivrok belgi xisoblanadi. Gemoglobin va gemotokrit kursatkichlari uzgarishi doim xam kon ketishi bilan boglik bulavermaydi. Bu davrda bemorga gemotransfuziya utkazish talab etiladi. Ba’zi xollarda kon ketishning belgilari: kayt kilish va axlatda kon bulishi ichaklarning sigimi bilan boglik xolda 2-3 va undan kup vaktdan keyin namoyon bulishi mumkin. Bunday xolatlarda diagnostik tozalovchi klizma utkazish tavsiya etiladi. Ba’zan esa kon ketishi kasallikning birinchi simptomlari bilan yuzaga chikib, bungacha bulgan korindagi ogrik, kekirish va boshka simptomlar gastroduodenit yoki xolisistopatiya bilan boglikligi aniklangan. Endoskopiyada yara soxasidagi kon ketayotgan kon tomirni kurib keyingi davo taktikasini belgilash mumkin. Agar yara tubiga kon laxtalari zich tuplangan bulsa konservativ tadbirlar kullash mumkin. Konservativ davo bemor axvoli yomonlashmasa va anemiya rivojlanmasa davom ettiriladi. Davolash: (konservativ ) Kompleks gemostatik terapiya umumiy va maxalliy tadbirlar asosida, yotok rejimida, Meylengraxt parxezi bilan, vikasol, vitaminlarni, konni gemostatik dozada (yaxshisi yangi tayyorlangan) plazmani kuyish bilan davom ettiriladi. Ba’zan tugridan –tugri kon kuyish va SaSl kiritish yaxshi natija beradi. Trasilol, kontrikal antifibrinolitik sifatida yaxshi ta’sir kursatadi. Odatda 8-10S gacha sovutilgan suv bilan zond orkali oshkozon yuviladi. Bir kancha mualliflar maxalliy gemostaz utkazish uchun 0,25-0,5% li epsilonaminokopron kislota, proteinaza ingibitorlari, antifonsilin va boshka birikmalarni kullash kerak deb xisoblaydi. Oxirgi vaktlarda endovaskulyar metod sifatida kuchli tomir toraytiruvchi birikma vazopressin kullaniladi. Konservativ terapiya 6-12 soat davomida effekt bermasa xirurgik yordam kursatiladi. Operasiya muddati 1-navbatda bemorning umumiy axvoliga va anemizasiya darajasiga boglik. Yarali kon ketishlarda 3 xil operasiyalar utkazish mumkin: 1) Oshkozon kon tomirlarini boglash, yarani tikish. 2) Oshkozon rezeksiyasi 3) Drenajlovchi operasiya bilan kushma vagotomiya. Bolalarda xirurgik operasiya taktikasi axvol ogirligi, yara kurinishi va klinik muassasaning gastroenterologik operasiyalardagi malakasiga kura tanlanadi. Mekkel divertikuli yonbosh ichakning tutkichga karshi tomonga burtib chikishidan paydo buladi. Divertikul erkin yoki sariklik kopi yuli orkali kindik bilan birikkan bulishi mumkin. Birikkan divertikul kupincha ichak tutilishiga sabab buladi. Odatda u ichak bushligi bilan keng aloka kiladi. Bunday xolatda divertikul asosi boshka kismlariga nisbatan tor bulib, bu kismda ichak birikmalari, yot tanalar yoki parazitlar tikilib kolishi tufayli divertikulit kelib chikadi. Mekkel divertikuli klinik jixatdan bezovta kilmasligi mumkin, va uni boshka kasalliklar, kupincha utkir appendisitda laparatomiya kilinganda, tasodifan aniklanadi. Divertikuldagi peptik yaradan kon ketishi kupincha erta yoshli bolalarda kuzatiladi. Kon ketishi profuz yoki residivlanuvchi xarakterda buladi. Kon odatda tuk –olcha rangda bulib, laxtali kushilmalar mavjud buladi. Axlatda suyuk kon ketishi kuzatilmaydi (Dezenteriyadan farkli ravishda ba’zan axlat massasida kon kushilmalari bulishi mumkin). Kon ketish kupincha tulik tuzaladi. Tez kollaps rivojlanishini va korindagi ogrik kushilishini tuplangan konning ichak devorini shikastlanish ta’siri bilan tushuntiriladi. Tekshirishda gemoglobin mikdori pasayganligini, teri koplamlarining okarishini, taxikardiyani aniklash mumkin. Korin tugri shaklda bulib, palpasiyada yumshok, korinparda shikastlanish belgilari kuzatilmaydi. Tugri ichakda kora kon laxtalarining surilishi aniklanadi. Ichak polipi bilan differensial diagnostika utkaziladi.Ichak polipida kon kizil rangda bulib odatda defekasiyadan sung kuzatiladi. Kapillyaratoksikoz uchun xam ichakdan kon ketishi xarakterli, lekin bu kasallikda korinda ogrik bulishi va terida toshmalar kuzatiladi. Download 477.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling