Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Uzunlik o‘lchamlari (tovon, qarich, kari, gaz, yarim gaz) esa inson tanasi 
qismlarining o‘lchamlaridan olingan.
3.3. Me’moriy shakllar mutanosibliklarining turlari: oddiy (butun sonli 
ratsional) va handasaviy (irratsional) munosabatlar 
Me’moriy mutanosibliklar asosida bino va inshootlar shakllarining 
go‘zalligini, ayni paytda ularning atrof-muhitga va inson qomatidagi 
mutanosibliklarga mos kelishligini (masshtabliligini), hamda shakl bo‘laklarining 
bir - biriga mutanosibligini va ularning ham o‘z navbatida yaxlit bino shakliga 
hamohangligini ta’minlash vazifalari yotadi. 
Ana shunday mutanosib 
munosabatlar me’morchilikda asrlar davomida qo‘llanilib uzoq o‘tmishdan 
bizgacha yetib kelgan. Ular asosan ikki guruhdan: oddiy sonlar yoki shakllarni 
o‘zaro qiyoslash, solishtirish orqali olinadigan oddiy (butun sonli ratsional) va 
handasaviy qurish yo‘li bilan olinadigan irratsional munosabatlar yoki 
nisbatlardan iborat.
3.4. Oddiy (butun sonli ratsional) munosabatlar va ularning turlari: 
kvadrat, kub, kvadrat qatori, kvadratlar to‘ri, misr uchburchagi 
Oddiy butun sonli nisbatlar deb shunday munosabatlarga aytiladiki, ularda 
ikkita kattalikning o‘zaro nisbati kasr son bilan ifodalanib, bo‘linuvchi va 
bo‘luvchi 1 dan 6 gacha bo‘lgan sonlardir.
Ma’lumki 1:1 nisbatda eng sodda handasaviy shakllar – kvadrat va kub 
yasaladi. 1:2, 1:3, 1:4, 1:5, 1:6 kabi karrali nisbatlar to‘g‘ri burchak shaklida 
kvadratning bir necha butun marta takrorlanishini ifodalab, qatordagi boshlang‘ich 
kattalik (kvadrat) esa yaxlit qatorning moduli, ya’ni miqyosi bo‘lib xizmat qiladi 
(13, a-rasm).


35 
3:4 
3:5 
4:5 
4:6 
5:8 
15-rasm. Misr uchburchagi va u asosida chizilgan mutanosib to’g’ri 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling