Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

me’moriy mutanosibliklar deb ham ataladi. Yaxlitlik va garmoniyaning kalitini 
buyuk ijodkorlar aynan proporsiyada ko‘rganlar. Biroq, istalgan munosbatni ham 
mutanosib deb bo‘lmaganidek arxitekturada faqat mutanosib va viziual kelishgan 
munosabatlargina tan olinadi va qo‘llaniladi. Arxitekturaviy shakllarning o‘zaro 
munosabatlari faqat mutanosib bo‘lgandagina shakllar hamohangligi, ya’ni 
garmoniyani, yoxud me’moriy uyg‘unlikni vujudga keltiradi. Me’moriy 
shakllarning bir-biriga mutanosibligini inson qomati shakllarining o‘zaro 
mutanosibliligiga yoki yoqimli bir musiqa ohanglarining hamohangligiga 
o‘xshatish mumkin. Shuning uchun ham antik yoki klassik davr arxitektura asarini 
"toshda qotgan musiqaga" yoki "toshdan bitilgan dostonga" o‘xshatishadi. 
Darhaqiqat, toshdan yasalgan arxitekturaviy shakllar uyg‘unligi antik va klassik 
davr qurilish san’atining uyg‘unligi hisoblangan.
3.2. Odam tanasidagi proporsionalliklar. Proporsional munosabatlarda odam 
qomati o‘lchamlarining roli va o‘rni 
Qadimgi dunyo me’moriy amaliyotida inson yaratiladigan barcha me’moriy 
muhitlarning o‘lchami hisoblangan. Chunki inson qomatining tuzilishi va undagi 
barcha qismlar inson bo‘yiga karrali proporsional va o‘zaro mutanosibdir. 
Umuman inson tanasi shunday yaratilganki, yuzning iyakdan to peshona tugab 
soch boshlangunigacha yoki ochilgan qo‘lning bilakdan to o‘rta barmoq 
oxirigacha qismi odam qomatining o‘ndan biriga teng bo‘lsa, boshning iyakdan to 
bosh suyagining tepasigacha qismi – inson qomatining sakkizdan biriga va 


31 
boshning bo‘yin bilan birga bo‘yin ostidan boshlab ko‘krak yuqorisidan to soch 
boshlangunigacha qismi – oltidan biriga va ko‘krak o‘rtasidan to bosh suyagining 
tepasigacha qismi – to‘rtdan biriga tengdir (11-rasm). Tovon esa inson qomatining 
oltidan biriga, qo‘lning tersak qismi – uning to‘rtdan biriga teng. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling