Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Chor unsur va shakllar garmoniyasi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

5-rasm. Chor unsur va shakllar garmoniyasi: 1-chor unsur; 2-chorsu; 
3-chorkalid; 4-chorxi falak; 5-kub; 6-ustivon; 7-kvadrat; 8-dinamik 
kvadratlar; 9-chorustun; 10-chortoq; 11-chordara. 


23 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining muqaddas kitobi "Avesto"da (Vendida 
bobining II fargardida) Yima, ya’ni shoh Jamshid qurgan kvadrat tarhli "Vara" 
ko‘rinishidagi shahar haqida so‘z ketadi:
"33. Yima Vara qurdi, uning har tomonining uzunligi bir ot yugurish 
masofasida bo‘lib (taxminan – 3 km) bu yerga urug‘lar, ho‘kizlar, otlar, itlar, 
parrandalar va olovlarni olib kirdi...
34. Bu yerga xatr masofasi (taxminan 1,5 km)dan suv olib keldi... Bu yerda 
uy, imorat, ayvon, hovli-joy qurdi. 
37. Inshootning keng tomonida to‘qqiz qator, o‘rta qismida olti qator, tor 
qismida uch qator yo‘lak qurdi.
38. Va unga eshik hamda tuynuk yasadi..."
Avestoda bayon etilgan "Vara" ko‘rinishidagi kvadrat tarhli shaharlarga O‘rta 
Osiyo tarixshunos olimlari qadimgi Xorazmda miloddan oldingi IV asrgacha 
qurilgan va hozirda Qal’aliqir, Ko‘zaliqir (7-rasm) va Qo‘rg‘oshinqal’a deb 
nomlangan shaharlarning xarobalarini kiritadi. 
6-rasm. Chor unsur va chorbog’ kompozitsiyasiga 
xos uygu’nliklar: a-chorbog’ (A.Uralov, 
K.Raximovlar loyihasi); b-chortoq (ko’shk) va hovuz 
kompozitsiyasi (o’rta asr miniatyuralaridan). 




24 
7-rasm. Chorunsur va shaharsozlik. “Vara” ko’rinishidagi shahar: 
a-Qadimgi Xorazmdagi Qal’ali-qir shaharchasining tarhi (er.av. IV a.); 
b-Ko’zali-qir shaharchasi devorining rekonstruksiyasi (V.L.Lavrov bo’yicha). 
8-rasm. Tarhi kvadrat shakliga asoslangan me’moriy obidalar: 
a-Shimoliy Baqtriya. Sopoll-tepa qo’rg’oni (er.av.1700-1500 yy.); 
b-Turkmanistondagi Doya-xotin karvon-saroyi (XI a.). 
O‘rta Osiyoda nafaqat Qadimgi shaharlar, balki xarobalari bizgacha saqlanib 
qolgan eng qadimgi qal’alar, qo‘rg‘onlar, karvonsaroylar, uylar va maqbaralar 
orasida ham tarhi kvadrat shaklga ega bo‘lgan obidalar ko‘p uchraydi. 
Masalan, O‘zbekistonning janubida joylashgan milodgacha XVII-XV asrlarda 
qurilgan Sopollitepa qo‘rg‘oni, Turkmanistondagi Eski Nisa shahrining shimoliy 
qismida milodgacha II asrda qurilgan "Kvadrat uy", Turkmanistonda XI asrda 
qurilgan Doyaxotun karvonsaroyi, Buxoroda IX asr oxiri X asr boshida qurilgan 
Somoniylar maqbarasi, Qozog‘istonda XI-XII asrlarda qurilgan Oyshabibi
Marvda XII asrda qurilgan Sulton Sanjar, Ko‘hna Urgenchda XII-XIII asrlarda 
qurilgan Takash maqbaralari va boshqalarning kvadrat tarhda ekanligi 
fikrimizning isbotidir (8-rasm). O‘rta Osiyo me’morchiligida keng tarqalgan 
chorustun va chortoq inshootlarining tarhi ham kvadratga asoslanganligi bejizdan 
emas.






25 
O‘rta Osiyoda tarhi aylana shaklda qurilgan shaharlar ham mavjud, ular 
jumlasiga miloddan oldingi IV-III asrlarda Qadimgi Xorazmda bunyod etilgan 
Qo‘yqirilganqal’a shaharchasini va Baqtriyadagi Dashtli - 3 aylana ibodatxonasini 
misol qilib ko‘rsatish mumkin (9-rasm). 
M.S.Bulatov Qo‘yqirilgan qal’a markazida joylashgan aylana tarhli inshootni 
o‘ziga xos rasadxona rolini ham bajargan deb taxmin qiladi. Qadimda ham ko‘p 
shaharlar aylana shaklida qurilgan. Masalan, Bag‘dod ilk bor aylana rejada
arablarning harbiy lagerlari ham doira shaklida bo‘lgan. Gap shundaki, aylana 
shaklli shaharlarning kvadrat rejalikka ko‘ra yuzasi katta, perimetri esa kichikdir. 
Bu ularning tashqi mudofaa devorlarini qurishga kam mablag‘ sarflab, shahar 
hududini oshirishga imkon bergan. Xullas, kvadrat va aylana tarhli rejaviy 
kompozitsiya sharq xalqlarida qadim davrlardan boshlab imoratlar, keyinchalik 
esa shaharlar qurilishida ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelingan. Me’morchilikda 
qo‘llaniladigan har bir geometrik shaklning esa o‘z ilohiy mohiyati va ramziy 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling