Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 
1. Garmoniya tushunchasiga izoh bering. 
2. Uyg‘unlik va go‘zallik orasida qanday farq bor? 
3. Uyg‘unlikning qanday turlari mavjud? 
4. Arifmetik va geometrik uyg‘unlik deb qanday uyg‘unliklarga aytiladi? 
5. Garmonik uyg‘unlik – bu qanday uyg‘unlik? 
6. Uyg‘unlik va yaxlitlik so‘zlari bir-biridan qanday farq qiladi? 
7. Nima sababdan uyg‘unlik va yaxlitlarni kompozitsiyaning sifat belgisi deb
aytiladi? 
3-rasm. Samarqand. Registon me’moriy ansambli.
XV asr boshi va XVII aa. 
 


18 
II BOB. TABIATDAGI UYG‘UNLIK. "CHOR UNSUR" FALSAFASI VA 
UNING ME’MORCHILIK VA SHAHARSOZLIKDAGI ROLI 
2.1. "Chor unsur" falsafasining mazmuni va mohiyati 
Jahon xalqlarini o‘z falsafasi, dini, e’tiqodi, 
udum va an’analari, tili bilan boyitib kelgan O‘rta 
Osiyo xalqlarining nafosat dunyosi va ma’naviyati 
ham ko‘p qirralidir. 
Bu qirralarning biri 
o‘rganilgan, boshqasi esa endi o‘rganilmoqda. 
Sharq xalqlari tafakkuriga mansub muqaddas 
"Chor unsur" falsafasi ham ana shunday azaliy 
ma’naviyat mahsulidir. Uning yoshi Avestoga va 
undan ham oldingi uzoq qadimiy davrlarga to‘g‘ri 
keladi. Avesto ta’limoti ham "Chor unsur" 
falsafasi bilan sug‘orilgan. Avestoga asoslangan 
zardushtiylik dini esa dunyodagi dinlar orasida eng 
qadimgisi hisoblanib, insoniyat taraqqiyotiga 
bevosita va bilvosita juda katta ta’sir ko‘rsatgan. 
Bu ta’limot G‘arb davlatlariga keng tarqalib
yunoncha "zoroastrizm" tarzida zikr etilgan. 
Demak "Chor unsur" falsafasi ushbu din orqali 
G‘arb davlatlariga ham tarqalgan.
"Chor unsur" – jamiki fanlarning asosi, 
Avesto va jahoniy dinlarning poydevori, Islom 
falsafasi va Sharq xalqlari imon-e’tiqodining 
mazmuni hisoblangan. "Chor unsur" haqida kitoblar yozilgan. Ulardan biri Mirzo 
Abdulqodir Bedilning (1644-1721) aynan shu nomdagi asari – "Chor unsur"dir. 
Bedilning yozishicha, hali Avesto dunyoga kelmasdan burun butun sharq xalqlari, 
xususan O‘rta Osiyolik ajdodlarimiz butun borliq va tirik jonzodlarni chor 


19 
unsurdan, ya’ni – tuproq (hok), suv (ob), nur (nor), havo (bod) kabi 
yaralganlarning qo‘shilishidan yaratilgan deb bilganlar.
Abu Nasr Forobiy (IX-X asrlar) ham o‘zining "Ilmlarning kelib chiqishi" 
asarida yerdagi barcha narsalar tuproq, suv, olov va havoning turli miqdorda 
qo‘shilishidan tashkil topadi, osmon jismlarini ham alohida, mustaqil narsa deb 
emas, balki shu to‘rt unsurdan tarkib topadi deydi. Materikning turli mintaqalarida 
ana shu to‘rt unsurning miqdori turlicha bo‘lishligi ushbu mintaqalarning tabiiy-
iqlim sharoitlarini ham, hayvonot va nabotot olamini ham, insonlarning yashash 
turmushi, mijozi va urf odatlarini ham turli-tuman qilib yuborgan. Demak, "Chor 
unsur"ni butun olamning moddiy asosi, olamdagi barcha o‘zgarishlar va 
harakatlarni esa ushbu to‘rt unsurning o‘zaro turlicha birikuvidan vujudga kelgan 
voqelikdir deb tushunish mumkin. Chor unsur ta’limotining mohiyati esa ushbu 
to‘rt unsurning birikuvi, o‘zaro ta’sirida va yaxlitligida muayyan qonuniyatlarning 
yotishi va ularning o‘z navbatida koinot uyg‘unligiga bog‘liq ekanligidadir. Zero 
chor unsur ana shu uyg‘unlik bag‘rida voqedir. Inson turmushi va hayoti, uning 
bunyodkorlik ishlarining asosi ham aynan shu uyg‘unlik va mutanosiblikka 
aloqadordir.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling