Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
"Chor unsur" falsafasiga xos uyg‘unlik
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
2.2. "Chor unsur" falsafasiga xos uyg‘unlik
Xalqimizda Alloh ilk insonni (Odam ota va Momo havoni) loydan, ya’ni tuproqdan yaratgan, so‘ngilari esa suvdan yaralgan degan ibora bor. Qur’oni karimning "Torik" surasi, 5-7-oyatida inson suvdan yaratilgandir, deb aytilgan. Darhaqiqat, sog‘lom inson organizmida chorunsur (tuproq, suv, nur, havo) ning o‘ziga xos nisbatdagi uyg‘un mutanosibligi mavjudki, buni inkor etib bo‘lmaydi. Chunki ushbu mutanosiblik buzilsa inson salomatligi ham buziladi. Nafaqat insonlar, balki yer yuzidagi barcha jonzodlar va moddalar ham chorunsurning muayyan uyg‘unlikdagi aralashmasidan tarkib topganlar. Tabiatga ham ana shunday uyg‘unlik xosdir. "Bu dunyo bir charxpalak" (charxi yoki gardishi falak) deyishadi xalqimiz. "Chor unsur" tabiat va butun olamning davriy harakatini charxpalak singari aylanib turishini anglatgan. 20 Yilning to‘rt faslini, ya’ni burjini chorunsurning harakatidan deb, quyidagicha izohlashgan: 1. Burji obiy – suvli (yomg‘irli) bahor fasli; 2. Burji noriy – nurli (samoviy otashli) yoz fasli; 3. Burji bodiy – bodi havoli, mezon shamolli, kuz fasli; 4. Burji hokiy – o‘simlik va jonivorlarni chiritib tuproqqa aylantiruvchi qish fasli. Falak charxi (baxt va hayot ramzi) ana shu to‘rt faslga nisbat berilganidir. Yilning to‘rt fasli davomida quyosh, oy va yulduzlar harakatini juda qadim zamonlardayoq bilgan ajdodlarimiz O‘rta Osiyoda "shamsiy–quyosh taqvim"iga (kalendariga) asos solganlar. Ajdodlarimiz yerning to‘rt tomoni – Janub, Shimol, Sharq va G‘arbi borligini qadimdan yaxshi bilishgan. Qadimgi zardushtiylar e’tiqodida ham tabiatning to‘rt unsuri – quyosh (olov), suv, yer va havo eng muqaddas hisoblangan. Beruniy va Ibn Sino kabi olimlarimizning bilimlarini boyitgan sharq falsafasi ham ma’lum ma’noda ana shu "Chor unsur" hisoblangan. Jumladan, qadimiy tabobat ilmida to‘rt faslning inson salomatligiga to‘rt xil ta’sir qilishi haqida aytib o‘tilgan. Masalan, bahorni qon bosimi kasalliklari davri, ya’ni "xun" davri, yozni saraton bilan bog‘liq kasalliklar, ya’ni "safro" g‘alayoni fasli deyilsa, kuzni me’zon shamoli esib, ruhiy kasalliklar, ya’ni "savdo" g‘alayoni davri deb nomlashgan. Qish fasli esa "balg‘om" davri deb hisoblangan. Sog‘lom odam haqida esa "To‘rt muchasi sog‘", deb atashgan. "Sog‘ tanda sog‘lom aql" deyishgan. Shuning uchun ham O‘zbekistonda "Sog‘lom avlod uchun" shiorining qo‘yilishi bejiz emas. Arastuning inson mijozini to‘rtga (xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik) bo‘lishi ham chorunsur falsafasiga asoslangan bo‘lsa ajab emas. Issiq va sovuq mijozdan: issiq ho‘l, issiq-quruq, sovuq-ho‘l, sovuq-quruqli mijozlar kelib chiqqan. Bular tabiiy iqlim sharoitlariga ham bog‘liq bo‘lgan. Tabiiy-iqlim sharoitlari esa yana o‘sha chorunsurga borib taqaladi, chunki bu unsurlarning o‘zaro muvozanati turli o‘lkalarda turlichadir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling