16
2-rasm. Buxoro. Somoniylar maqbarasi.
IX asr oxiri - X asr boshi
Buxorodagi Somoniylar maqbarasi me’moriy kompozitsiyasining yaxlitligini
ta’minlovchi asosiy shakl bu kvadrat va u asosida yaratilgan kubga o‘xshash hajm
va uning tomini yopib turuvchi gumbazdir (2-rasm).
Maqbaraning qolgan qismlari: tugal
qismidagi ravoqlar qatori, gumbazchalar,
burchlardagi minoralar, eshik ravoqlari va dargohdagi minorachalar asosiy hajmga
nisbatan bo‘ysinuvchi shakllardir. Tarhi va hajmiy yechimlari murakkabroq
bo‘lgan binolar yoki ansambllar arxitekturasidagi yaxlitlik va kompozitsiyaviy
butunlikni ta’minlashga alohida hajmlarni bir-biriga teng bo‘ysindirish
va barcha
shakllarni o‘ziga qaratgan bosh hajmni alohida bo‘rttirish orqali erishiladi.
Bunga misol tariqasida Samarqanddagi Bibixonim, Registon ansamblidagi
Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori yodgorliklari
yoki Toshkentdagi shahar
hokimiyati yangi binosining kompozitsiyalarini ko‘rsatish mumkin (3-rasm). Bu
binolarga kiraverishdagi peshtoq va
uning ortidagi gumbaz asosiy hajmni
tashkil qilsa, peshtoqning har ikki yonida
joylashgan teng
hajmli ravoqlar va
me’moriy shakllar bosh hajmga
geometrik hamohang munosabatda va
teng bo‘ysinuvchi
simmetrik qismlarni
tashkil qilgan va kompozitsiyaning
uyg‘unligi va yaxlitligini ta’minlagan.
17
Bo‘ysinuvchi qismlarga nisbatan bosh hajmni ajratish va bo‘rttirishning
tashqi belgilari (vositalari) bo‘lib uning katta o‘lchami, shaklidagi soddalik,
boshqa qismlarga nisbatan markaziy holatni yoki markazni egallashi,
uning
bo‘laklanishidagi yirik o‘lchamlar va qismlarga ega bo‘lishligi, bu qismlarning
o‘zaro va butunga shaklan hamohangligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: