Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Me’morchilik va shaharsozlikning "Chor unsur" falsafasiga bog‘liqligi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

2.3. Me’morchilik va shaharsozlikning "Chor unsur" falsafasiga bog‘liqligi: 
kvadrat va kub, chortoq, chorbog‘, chorchaman, chorchinor, chorsu, 
chorkalid (svastika), kvadrat tarhli Misr ehromlari, maqbaralar,
"Vara" tarzidagi qadimiy shaharlar 
Shunisi ajablanarliki, arxitektura va shaharsozlik ham qadim zamonlardan 
buyon "Chor unsur" falsafasi bilan bog‘liq holda shakllangan. Har bir bino yoki 
aholi mavzesini qurishda ajdodlarimiz ufqning to‘rt tomonini, ayniqsa quyoshning 
chiqishi va botishini, demak nur (havo harorati) va havo harakati (shamol)ni, 
namlikni, tuproqning tuzilishini va uning holati bilan bog‘liq bo‘lgan yer relyefini 
e’tiborga olishga majbur bo‘lganlar. Keyinchalik bu udumlar arxitektura va 
shaharsozlikda qonun kuchiga kirgan.
Chorunsurdan to‘rt soni, to‘rt sonidan esa chorsu, ya’ni kvadrat, tabiat va 
koinot uyg‘unligiga xos olamning doimiy aylanma harakatidan falak charxi, ya’ni 
aylana kabi sof geometrik shakllar vujudga kelgan. Yerga xos harakat va 
taraqqiyot ham aynan aylanada o‘z ramzini topgan. Kvadrat va aylana esa 
arxitektura va shaharsozlik amaliyotida eng ko‘p tarqalgan shakllardir. Kvadratdan 
kub, kvadrat hovli yoki xona, aylanadan esa ustivon, ya’ni silindr, aylana hovli 
yoki xonalar vujudga kelgan. Sharq arxitekturasiga xos chorustun, chortoq, 
chorsu, chorkalit kabi shakllar ham kvadrat asosida kelib chiqqan (5-rasm).
Chorbog‘ tushunchasini ham Chorunsur falsafasi bilan bog‘lash mumkin. 
Chunki, Chorbog‘ shunday bog‘ki, unda tuproq ham, suv ham, nur ham, havo ham 
bir-biriga hamohang bo‘lmog‘i kerak, ya’ni chorbog‘da to‘rt faslga xos iqlimning 
ramziy ma’nosi mavjud bo‘lmog‘i zarur. 


22 
Uning bir qismida shamol yoki shabada esib turishi kerak bo‘lsa, boshqa bir 
qismida g‘arq pishgan mevalar va manzaralar mavjud bo‘lmog‘i, yana bir qismida 
esa soya-salqin, so‘lim muhit yaratilishi ko‘zda tutilgan. Chorbog‘ning o‘zi 
chorchamanlardan, chorchamanlar esa chamanlardan tuzilib, chamanlarda 
chortaraf hovuzlar bo‘lgan.
Chorbog‘, chorchaman, chortaraf hovuzlar va bog‘lardagi chortoq (ko‘shk)lar 
ham "murabba" (chorsu), ya’ni kvadrat shaklli muntazam rejaga asoslangan (6-
rasm).
"Chor unsur" falsafasi zamirida qadim zamonlardan boshlab kvadrat va 
aylana (charxpalak) shakllari vujudga kelgan. Shuning uchun ham kvadrat va 
aylana sharq xalqlarida qadimdan "ilohiy" shakllar hisoblanadi. Boshqa barcha 
shakllarning shu ikki boshlang‘ich ilohiy shakl asosida yaratilishini sharq xalqlari 
azaldan yaxshi tushunganlar. Kvadratdagi to‘rt taraf ham ramziy ma’noda 
dunyoning to‘rt tomonini anglatgan, chunki sharq xalqlarida (jumladan, Frot va 
Dajla daryolari oralig‘idagi xalqlarda) dunyo asosan to‘rt tomonni tashkil qiladi 
degan tushuncha bo‘lgan. Odam esa o‘rtada turar ekan. U to‘rt tarafdan keladigan 
xavf-xatardan o‘zi va oilasini qo‘riqlash maqsadida turadigan joyining to‘rt 
tomonini devor bilan o‘rashni, ustini yopishni, uy eshigini esa quyosh chiqadigan 
tarafga o‘rnatishni lozim ko‘rgan. Katta oilalar va jamoalar uchun bir necha qator 
xonalar to‘rt tomonli yoki halqa (aylana) shakli atrofida mujassamlashgan.









10 
11 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling