28
Ajdodlarimizning
odamni ham, olamni ham to‘rt unsurdan yaralgan deb
bilganini yuqorida aytib o‘tdik. Sovet olimi Shmid ham olamni
chang va gazlardan
paydo bo‘lgan deydi. Qur’onda ham Odam Otaning to‘rt unsurdan yaratilgani
haqida uqtiriladi.
Chor unsur falsafasi keyinchalik besh unsur darajasiga borib yetdi. Beshinchi
unsur "efir" hisoblandi. Ammo besh unsur falsafasi chor unsur kabi
jami fanlarni
o‘z ichiga qamrab ololmadi. Masalan: besh tomonining qibla,
besh fasl, besh
kunlik dunyo deyish odatdan emas, chunki u haqiqatga yaqin gaplar emasdir.
Xullas, Chor unsur falsafasi sharq xalqlarida koinot va tabiat uyg‘unligini o‘zida
aks ettiruvchi umrboqiy falsafa bo‘lib xizmat qilgan
va u hanuzgacha nafaqat
dunyoni o‘rganishda, balki arxitektura va shaharsozlikda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Arxitektura va shaharsozlik muammolarini o‘rganishimizda, ayniqsa
me’moriy uyg‘unlik va mutanosiblik masalalarini tahlil qilishimizda "Chorunsur"
falsafasi va uning mazmuniga xos uyg‘unlikni mutanosibliklar va me’moriy
shakllar uyg‘unligining genetik kodi yoki asosi bo‘lib xizmat qilishini
unutmasligimiz kerak.
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar:
1. Tabiatdagi uyg‘unlik va ”Chorunsur” falsafasi orasidagi bog‘lanishni
tushuntirib bering.
2. “Chorunsur” falsafasining asosida qanday ta’limot yotadi?
3. “Chorunsur” falsafasiga xos uyg‘unlikni tushuntirib bering.
4. Arxitekturaning “Chorunsur” ta’limotiga bog‘liklik tomonini tushuntirib bering.
5. Shaharsozlikning Chorunsur falsafasiga bog‘liqligini izohlab bering.
6. Chortoq, chorustun, chorsu, chorbog‘, chorchaman va chorchinor
kompozitsiyalariga izoh bering.
7. “Vara” ko‘rinishidagi shaharga izoh bering. Nega u to‘rt tomonli qilib qurilgan?
8. Tarhi aylana shaklda qurilgan shahar va me’moriy obyektlarga misol
keltiring
va ularni izohlang.
9. Chorkalid nima? Uning me’morchilikda aloqasini tushuntiring.