Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Odam tanasidagi proporsionalliklar


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

11-rasm. Odam tanasidagi proporsionalliklar: 
a-haykaltarosh Poliklet aniqlagan “Kanon”; b-Appolon Bel’vederskiy haykalining proporsiyalari (A.Seyzing bo’yicha). 
Tovondan kindikgacha va undan bosh suyakning ustigacha bo‘lgan masofalar 
nisbati "oltin nisbat" deb ataluvchi munosabatdadir. Bu shunday nisbatki, agar 
odam bo‘yining balandligini bir deb olib, uni tovondan kindikgacha bo‘lgan 
masofaga bo‘lsak 0,618 ga teng bo‘ladi va shu masofani kindikdan bosh 
suyakning ustigacha masofaga bo‘lsak yana o,618 ga teng bo‘ladi. Kindikdan 
ko‘krak usti ya’ni, bo‘yin boshigacha va undan bosh suyakning ustigacha bo‘lgan 
masofalar nisbati yoki tovondan tizzagacha va undan kindikgacha olingan 
masofalar munosabati ham "oltin nisbat"ga yaqindir (12-rasm). Qo‘l uzunligi 6 
tutamga yoki 24 barmoqqa tengdir. Bir tutam yoki panja besh barmoqdan iborat 
bo‘lib, ikki panja bir qarichdir. Qarich esa panjaning uzunligiga, ya’ni bilakdan to 
o‘rta barmoq oxirigacha bo‘lgan masofaga teng. Qo‘lning uzunligi esa 3 qarichdir. 
Agar tik turgan odam qo‘lini tushirib panjasini ochsa tovondan qo‘l uchigacha 
bo‘lgan masofa kindikdan bosh ustigacha bo‘lgan masofaga yoki aksincha qo‘l 
uchidan bosh ustigacha masofa kindikdan tovongacha bo‘lgan masofaga tengdir 
va ularning nisbati ham oltin nisbatdadir. Xullas, inson qomatini mutanosibliklar 
manbai desak bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimgi Rim arxitektori va muhandisi 
Mark Vitruviy insonni mutanosiblik timsoli deb yozadi va arxitekturaviy shakllar 
а 
б 


32 
mutanosibligiga erishishda inson qomati shakllarining mutanosibligiga asoslanish 
zarurligini ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, insoniyatning mutanosiblik haqidagi ilk tushunchalari ham inson 
qomati qismlarining mutanosibligiga asoslangandir. Qadimgi misrliklar
keyinchalik esa yunonlar ham inson qomatiga xos mutanosibliklarni aniqlab, 
ulardan amaliy va ijodiy ishlarida foydalanish uchun mutanosiblik 
"kanon"larini, ya’ni me’yorlari va qoidalarini tuzganlar (11-rasmga qarang). Bu 
"kanon"lar o‘z tarkibida qat’iy tartib asosida joylashtirilgan va kompozitsiya 
alohida qismlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi mutanosib munosabatlar 
shkalasini aks ettirgan. Ana shunday mutanosiblik kanonlarining birinchisi 
miloddan 2650-2500 yillar oldingi Misrda qadimgi Menfis shahri yaqinidagi 
qabrlarning biridan topilgan. Unda inson qomatining balandligi teng olti qismga 
bo‘linib, har bir qismning uzunligi oyoq tovoniga yoki bir futga teng qilib olingan. 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling