Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Samarqand. Registon me’moriy ansambli. XV asr boshi va XVII aa.
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
mustahkamlash uchun savollar: 1. Garmoniya tushunchasiga izoh bering. 2. Uyg‘unlik va go‘zallik orasida qanday farq bor? 3. Uyg‘unlikning qanday turlari mavjud? 4. Arifmetik va geometrik uyg‘unlik deb qanday uyg‘unliklarga aytiladi? 5. Garmonik uyg‘unlik – bu qanday uyg‘unlik? 6. Uyg‘unlik va yaxlitlik so‘zlari bir-biridan qanday farq qiladi? 7. Nima sababdan uyg‘unlik va yaxlitlarni kompozitsiyaning sifat belgisi deb aytiladi? 3-rasm. Samarqand. Registon me’moriy ansambli. XV asr boshi va XVII aa. 18 II BOB. TABIATDAGI UYG‘UNLIK. "CHOR UNSUR" FALSAFASI VA UNING ME’MORCHILIK VA SHAHARSOZLIKDAGI ROLI 2.1. "Chor unsur" falsafasining mazmuni va mohiyati Jahon xalqlarini o‘z falsafasi, dini, e’tiqodi, udum va an’analari, tili bilan boyitib kelgan O‘rta Osiyo xalqlarining nafosat dunyosi va ma’naviyati ham ko‘p qirralidir. Bu qirralarning biri o‘rganilgan, boshqasi esa endi o‘rganilmoqda. Sharq xalqlari tafakkuriga mansub muqaddas "Chor unsur" falsafasi ham ana shunday azaliy ma’naviyat mahsulidir. Uning yoshi Avestoga va undan ham oldingi uzoq qadimiy davrlarga to‘g‘ri keladi. Avesto ta’limoti ham "Chor unsur" falsafasi bilan sug‘orilgan. Avestoga asoslangan zardushtiylik dini esa dunyodagi dinlar orasida eng qadimgisi hisoblanib, insoniyat taraqqiyotiga bevosita va bilvosita juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu ta’limot G‘arb davlatlariga keng tarqalib, yunoncha "zoroastrizm" tarzida zikr etilgan. Demak "Chor unsur" falsafasi ushbu din orqali G‘arb davlatlariga ham tarqalgan. "Chor unsur" – jamiki fanlarning asosi, Avesto va jahoniy dinlarning poydevori, Islom falsafasi va Sharq xalqlari imon-e’tiqodining mazmuni hisoblangan. "Chor unsur" haqida kitoblar yozilgan. Ulardan biri Mirzo Abdulqodir Bedilning (1644-1721) aynan shu nomdagi asari – "Chor unsur"dir. Bedilning yozishicha, hali Avesto dunyoga kelmasdan burun butun sharq xalqlari, xususan O‘rta Osiyolik ajdodlarimiz butun borliq va tirik jonzodlarni chor 19 unsurdan, ya’ni – tuproq (hok), suv (ob), nur (nor), havo (bod) kabi yaralganlarning qo‘shilishidan yaratilgan deb bilganlar. Abu Nasr Forobiy (IX-X asrlar) ham o‘zining "Ilmlarning kelib chiqishi" asarida yerdagi barcha narsalar tuproq, suv, olov va havoning turli miqdorda qo‘shilishidan tashkil topadi, osmon jismlarini ham alohida, mustaqil narsa deb emas, balki shu to‘rt unsurdan tarkib topadi deydi. Materikning turli mintaqalarida ana shu to‘rt unsurning miqdori turlicha bo‘lishligi ushbu mintaqalarning tabiiy- iqlim sharoitlarini ham, hayvonot va nabotot olamini ham, insonlarning yashash turmushi, mijozi va urf odatlarini ham turli-tuman qilib yuborgan. Demak, "Chor unsur"ni butun olamning moddiy asosi, olamdagi barcha o‘zgarishlar va harakatlarni esa ushbu to‘rt unsurning o‘zaro turlicha birikuvidan vujudga kelgan voqelikdir deb tushunish mumkin. Chor unsur ta’limotining mohiyati esa ushbu to‘rt unsurning birikuvi, o‘zaro ta’sirida va yaxlitligida muayyan qonuniyatlarning yotishi va ularning o‘z navbatida koinot uyg‘unligiga bog‘liq ekanligidadir. Zero chor unsur ana shu uyg‘unlik bag‘rida voqedir. Inson turmushi va hayoti, uning bunyodkorlik ishlarining asosi ham aynan shu uyg‘unlik va mutanosiblikka aloqadordir. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling