Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Uyg‘unlik va yaxlitlik – kompozitsiyaning sifat belgisi
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
1.4. Uyg‘unlik va yaxlitlik – kompozitsiyaning sifat belgisi Yaxlitlik va uyg‘unlik har qanday kompozitsiyaning yoxud arxitekturaning ham muhim sifat belgisi bo‘lishi bilan birga uning voqeligini ta’minlovchi zarur shart hamdir. Me’moriy kompozitsiyadagi yaxlitlik yoki uning uyg‘unlik qonuni nafaqat arxitekturada, balki amaliy san’atda, rangtasvirda, haykaltaroshlikda, musiqada va boshqa ijodiy sohalarda ham mavjuddir. Har qanday kompozitsiya yoki me’moriy obyekt odatda bir necha bo‘laklar, shakllar yoki elementlardan tuzilgan bo‘lib, ularning kompozitsiyaviy yaxlitligiga erishish uchun bu shakllar o‘zaro bog‘langan va muvofiqlashgan, bir- biriga uyg‘unlashgan va mutanosib munosabatlarda bo‘lishi kerak. Bunda ushbu bo‘laklarning birortasi asosiy shaklni, qolganlari esa unga shaklan va mazmunan bo‘ysingan bo‘lishi tabiiydir. Bo‘lak va shakllarning asosiysiga bo‘ysinishi va o‘zaro munosabatidagi mutanosiblik kompozitsiyada uyg‘unlikni va yaxlitlikni tashkil etuvchi asosiy vositalardan biridir (1-rasm). Me’moriy obyektlarda kompozitsiyaning bir necha bo‘laklarga bo‘linishi va ularning bir-biriga bo‘ysinishi ushbu bino va inshootlar funksional jarayonlarini tashkil qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Misol tariqasida teatr binosini olib qaraylik. Undagi funksional jarayonlar asosan ikki qismga bo‘linib, birinchisi artistlar va ularga xizmat qiluvchi xonalardan iborat, ikkinchisi tomoshabinlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar va tomosha zalidan iborat. 15 Har ikkala funksional guruhdagi xonalar uchun asosiy bosh kompozitsion qism – bu sahnali tomosha zali hisoblanib, boshqa qismlar unga bo‘ysunuvchi shakllardir. Tomoshabinlarga xizmat qi-luvchi guruhda bir-biriga ketma-ket bog‘langan xonalar vestibul, foye, tomosha zali hisoblansa, sahna qismidagi xonalarning bog‘lanishi artislarning xonalari, omborlar va sahnani tuzishga xizmat qiluvchi xona va sahnaning o‘zi. Teatr binosi kompozitsiyasini tashkil qiluvchi xonalarning bunday qismlarga bo‘linishi va ularning asosiy shaklga o‘zaro funksional bo‘ysinishi bino arxitekturasining nafaqat tashqi ko‘rinishining yaxlitligini, balki ichki ko‘rinishini ham ta’minlovchi kompozitsion funksional bog‘lanishlardir. Bu bog‘lanishda nafaqat funksional hamohanglik, balki shakl va hajmlar uyg‘unligi ham ta’minlansa binoning me’moriy-badiiy yaxlitligi va sifat ko‘rsatgichi yanada oshadi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling