Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


III BOB. PROPORSIYA VA PROPORSIONALLIK. ME’MORIY


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

III BOB. PROPORSIYA VA PROPORSIONALLIK. ME’MORIY 
SHAKLLAR MUTANOSIBLIGI VA ULARNING TURLARI.
ODDIY (BUTUN SONLI) MUNOSABATLAR 
 
3.1. Proporsiya va proporsionallik so‘zlarining lug‘atiy ma’nosi. Me’moriy 
shakllar mutanosibligi va proporsional munosabatlar tushunchasi 
Me’moriy obyektlarga go‘zallik baxshida 
etuvchi, 
yaxlit shaklning qismlari va 
elementlarini o‘zaro mutanosib bog‘lovchi va 
uyg‘unligini ta’minlovchi badiiy vositalardan 
biri bu proporsiyadir. 
Proporsiya 
(lot.proportio) ikkita shakl yoki kattalikning 
bir-biriga qay tarzda bog‘liqligini, ularning 
o‘lchamlari va miqdorlari orasidagi mutanosib 
munosabatlarni bildiruvchi moddiy voqelikdir.
Matematikada proporsiya deb to‘rt 
miqdordan tuzilgan ikki nisbat, ya’ni a:v va 
s:d ning o‘zaro teng munosabatiga aytiladi. 
Bunday proporsiyaning a’zolari o‘zaro 
bog‘lanishda bo‘lib, ularning istalgan biri 
qolgan uchtasiga ko‘ra aniqlanishi mumkin. 
Proporsiya tushunchasining matematik 
tabiatidan kelib chiqib, arxitekturada ham ikki 
kattalik yoki o‘lchamning o‘zaro 
taqqoslanishini me’moriy munosabat deyish 
mumkin. Darhaqiqat, proporsiya hosil qilish 
uchun kamida ikkita yoki bir nechta o‘zaro bog‘langan kattaliklar zarurki, alohida 
olingan kattalik o‘z-o‘zicha go‘zal ham, xunuk ham bo‘la olmaydi.
1:3 
1:5 
2:5 
3:4 
3:4 
3:5 
4:5 


30 
U boshqa kattaliklar va shakllar bilan muayyan mutanosib bog‘lanishga 
kirgandagina estetik mohiyat kasb etadi va proporsiyaga aylanadi.
Me’moriy shakllar proporsiyasi yaxlit me’moriy shakl (butun)ning qismlar 
va detallarga, qismlar va detallarning esa o‘zaro va yaxlit butunga shunday 
munosabatini bildiradiki, bu munosabatlar ular orasidagi kompozitsion yaxlitlikni, 
shakliy va miqdoriy mos mutanosiblikni yoxud me’moriy uyg‘unlikni ta’minlash 
vositalaridan biriga aylanadi. Shuning uchun ham proporsiyalar arxitekturada 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling