Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Ikkinchi mutanosiblik kanoni
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- "shariat" nomli gazi
Ikkinchi mutanosiblik kanoni miloddan oldingi 1555 yillarga mansub bo‘lib,
unda inson qomatining oltita har bir bo‘lagi yana uchtadan bo‘laklarga bo‘linib, jami 18 bo‘lakni tashkil qilgan. Uchinchi "kanon" esa Ptolemeylar sulolasining so‘nggilari (miloddan oldingi 330 yillar)ga tegishli bo‘lib, unda inson qomatining balandligi 7 futga bo‘lingan. Har bir fut o‘z navbatida yana 3 qismga bo‘linib, jami 21 qism bo‘lgan. Barcha qismlar bir-biriga karrali bog‘lanishda va yaxlit inson qomatiga mutanosib tuzilgan. 12-rasm. a-Venera Milosskaya haykalining proporsiyalari (I.Joltovskiy bo’yicha); b-Qadimgi Misr me’mori Hesi-Ra tasviridagi proporsiyalar (K.Kryukov bo’yicha) а б 33 Mark Vitruviy shunday yozadi: "Turli ishlarda o‘ta zarur bo‘ladigan o‘lcham asosi tarzida yunonlar inson tanasining qarich, tutam, tovon, tirsak kabi a’zolarini olganlar va ularni takomillashgan son bo‘yicha bo‘lib chiqqanlar, takomillashgan son deb esa qadimgilar 10 sonini belgilashgan, zero u qo‘ldagi barmoqlar sonini bergan.Biroq, matematiklar bunga qarshi, ular takomillashgan deb 6 sonini hisoblashgan, chunki bu son ularning oltilik sanog‘iga mos keluvchi bo‘laklarga ega: bir – oltining bir bo‘lagi, ikki – uchdan biri, uch – yarmi, to‘rt – uchdan ikkisi, besh – oltidan beshi va takomillashgan olti soni... Bundan tashqari bu sonni takomillashgan deyishiga sabab shuki, tavon odam bo‘yining oltidan bir bo‘lagini tashkil qiladi, ya’ni tananing o‘lchami olti tovon soni bilan aniqlanadi, va ko‘ramizki, odam tirsagi ham olti tutamdan yoki yigirma to‘rt barmoqdan tuziladi". Darhaqiqat, o‘tmishda eng qulay uzunlik o‘lchami tovon, ya’ni keng tarqalgan o‘lcham – fut hisoblangan. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan Angliya, AQSH va boshqalarda, u hozirga qadar ham asosiy uzunlik o‘lchami tarzida qo‘llaniladi. Zamonaviy hisoblar bo‘yicha bir fut 30,48 sm (0,3048 m)ga teng. O‘rta Osiyoda esa qadimda va o‘rta asrlarda uzunlik o‘lchami bo‘lib kari – 31 sm, uning ikkilangan kattaligi – gaz to XVI asrgacha kuchda bo‘lgan. Bobur (1483–1530) uzunlik o‘lchamini qo‘yidagicha ta’riflaydi: "Har bir kari, bilki bu olti tutamdir, har bir tutam to‘rt barmoq, har bir barmoq eni esa olti arpadir". Boburnomadagi kari 60 sm ga tenglashtirilgan. Biroq, antrometrik jihatdan kari yunon tirsagiga, u ham bo‘lsa olti tutamga (har bir tutam esa to‘rt barmoqqa) yoki 46,35 sm ga teng. O‘rta Osiyoning "shariat" nomli gazi 60-62 sm bo‘lib, u ikkilangan tovonga yoki cho‘zilgan qo‘lning yelkadan mushtgacha qismiga tengdir. Buxoroda XVIII-XIX asrlarda uzunligi 108 sm bo‘lgan "shox gazi" ham qo‘llanilgan. Biroq me’morlar gazning yarmidan (30-32 sm) yoki 52-54 sm dan foydalanishni ko‘proq ma’qul ko‘rganlar. Chunki g‘isht o‘lchamlari ham shunga mos kelgan. Demak, me’moriy shakllar mutanosibligini ta’minlashda nafaqat inson qomatiga mos keluvchi mutanosiblik "kanon"lari, balki uzunlik o‘lchamlari ham muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling