Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6,71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
© TAQI-2015 3 SO‘Z BOSHI Respublikamizning arxitektura-qurilish institutlarida arxitekturaning nazariy asoslariga tegishli fanlarni o‘qitish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, me’moriy loyihalashning mumtoz uslublari, me’moriy kompozitsiya va shakllar uyg‘unligi masalalari arxitektura ta’limida yetarlicha yoritib berilmagan. Bu sohadagi tushunchalar va atamalar turli-tuman, ulardan ayrimlari hatto noto‘g‘ri talqin qilinib kelinmoqda. Masalan, masshtablilik, proporsionallik, mutanosiblik va garmoniya so‘zlarining asl mohiyati va ularga erishish yo‘llari ochib berilmagan. Arxitekturada go‘zallikga erishishning birdan-bir ishonarli yo‘li kompozitsiyaning badiiy vositalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish deb hisoblanib kelinmoqda. Bularga yaxlitlik, proporsiya, simmetriya, ritm, rang, kontrast kabi vositalar kirishi hammaga ma’lum. Bu vositalar aslda me’moriy shakllar bilan voqedir. Biroq, o‘sha me’moriy shakllarni badiiy tarzda yaratish va ularning yaxlit kompozitsiyaviy uyg‘unligiga erishish masalalari arxitekturashunoslik fanida hanuzgacha yaxshi yoritilmagan. Natijada me’morlar ijod jarayonida o‘zlarining intellektual estetik dunyoqarashi, badiiy didi, ko‘rish va sezish hissiyotlarigagina asoslanib qolmoqdalar. Kompozitsiyada me’moriy shakllar uyg‘unligiga erishishning nazariy va amaliy asoslari o‘quv jarayonida alohida kurs yoki fan tarzida, afsuski, shu choqqacha o‘tilmay kelinmoqda. Chunki bunday kurs yoki fanning o‘zi ham hanuzgacha ishlab chiqilmagan. Mazkur kitobning bosh muallifi A.S.Uralov Samarqand davlat arxitektura- qurilish institutida "Arxitektura" va "Dizayn" yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga ushbu yo‘nalishlarning o‘quv rejasidagi oliy o‘quv yurti ilmiy kengashi tomonidan kiritilib o‘qitilishi mumkin bo‘lgan fanlarning soati hisobidan "Me’moriy shakllar uyg‘unligi va mutanosiblik nazariyasi asoslari" nomli maxsus kurs dasturini ishlab chiqdi. Kursni o‘quv jarayoniga tadbiq etib, uning ma’ruzalar matnini tayyorladi. Keyinchalik u "Arxitektura" ta’lim yo‘nalishining "Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash" mutaxassisligi bo‘yicha respublikada magistrlar tayyorlash namunaviy o‘quv rejasini tuzishda qatnashib, 4 ushbu mutaxassislik fanlari ro‘yxatiga o‘zi ishlab chiqqan “Me’moriy shakllar uyg‘unligi va mutanosiblik nazariyasi asoslari” fanini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra ushbu fan magistrlikning o‘quv rejasini tasdiqlash jarayonida Toshkent arxitektura-qurilish instituti mutaxassislari tomonidan o‘zgartirilib “Me’moriy shakllarni uyg‘unlashtirish va bezash” deb nomlandi. Xuddi shu nom bilan A.S.Uralov o‘zining ushbu mavzudagi ilk kitobini 2003 yilda kirilcha grafikada chop etdi. 2009 yilda fanning nomi yana o‘zgartirilib, “Arxitektura shakllarini uyg‘unlashtirish va bezash” deb nomlandi. Qo‘lingizdagi mazkur darslik oldin chop etilgan kitobga ayrim o‘zgartirishlar kiritilib, lotin grafikasidagi o‘zbek tilida qayta nashr qilinmoqda. Darslikni yozishda arxitekturaviy garmoniya, me’moriy shakllar mutanosibligi, o‘tmishda me’morlar qo‘llagan loyihalash uslublari va handasaviy uyg‘unlik masalalarini tadqiq etgan va o‘rgangan qator taniqli olimlar L.I.Rempel, G.A.Pugachenkova, M.S.Bulatov, K.N.Afanasyev, N.B.Baklanov, I.Sh.Shevelev, F.V.Kovalev, P.Sh.Zohidov, K.S.Kryukov va M.Q.Ahmedovlarning ishlaridan foydalanildi. Darslikni nashrga tayyorlashda bizga yaqindan yordam bergan va o‘zining qimmatli maslahatlarini ayamagan X.Sh.Po‘latovga, darslikka ijobiy taqriz bergan arxitektura doktori, professor D.A.Nozilovga, arxitektura nomzodi, dotsent A.B.Balgayevga hamda darslikning kompyuter grafikasini bajargan X.M.Ibragimovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling