Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
dunyoqarashni unutmaslikni uqtiradi.
M.S.Bulatovning fikricha, bahorgi tengkunlik (21 mart) yoki qishki quyosh turish kunida (bu kunda quyosh ekvatordan eng uzoq joylashgan janubiy nuqta orqali o‘tadi va kunduz kuni eng qisqa, kechasi eng uzoq bo‘ladi) quyosh chiqishiga qarab oriyentatsiyalangan ibodatxonalar dehqonlarga, ya’ni o‘troq xalqlarga mansub bo‘lgan bo‘lsa, kuzgi tengkunlik (23 sentabrda) quyosh 13 chiqishiga qarab oriyentatsiyalangan ibodatxonalar chorvadorlarga qarashli bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, dehqonlar ham chorvadorlar ham quyoshga ibodat qilganlar. Ayrim xalqlarda esa (masalan Qadimgi vavilonliklar va turonliklarda) oy xudosiga ibodat qilish odati bo‘lib, ular o‘z ibodatxonalarini teng kunliklarda oyning chiqishi va botishiga qarab oriyentatsiyalaganlar. Antik davr va ilk o‘rta asrlarda qator ibodatxonalar va ehromlar tomining ma’lum bir qismi Rimdagi Panteonga o‘xshab samoga ochiq qoldirilgan. Shunday qilinsa go‘yo ibodat qiluvchilarning osmon xudosi bilan "aloqasi" osonlashgan. Misr ehromlarining arxitekturasi ham koinotdagi doimiylik g‘oyasining voqeligi tarzida tushunib kelinadi. Mesopotamiya (ikki daryo oralig‘i) da qurilgan ko‘p qavatli "zikkurat"lar, ya’ni "sun’iy tog‘"lar esa insonning ushbu koinotga bog‘liqlik g‘oyasini o‘zida aks ettirgan. Inson baland zikkuratga ko‘tarilib sig‘inganda osmonga, to‘g‘rirog‘i osmon xudosiga yaqinlashadi, deb anglashilgan. Xuddi shunday islom mamlakatlarida baland minoralarga chiqib azon aytilsa va nomozga chorlansa bu ilohiy tovush musulmonlarga tezroq yetib boradi deb tushunilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining asosiy urf-odatlari, marosim va bayramlari ham koinot va tabiat bilan bog‘liq holda kechgan. Masalan, tabiat uyg‘onishi, kun va tun tengligi, dala ishlarining boshlanishi pallasida – "Navro‘z" bayrami, yozda quyosh tik bo‘lib, eng uzoq kun va qisqa tun sodir bo‘lib, harorat yuqori darajaga ko‘tarilib, suvga ehtiyoj kuchayganda, unga bag‘ishlangan tadbir – Angom hayiti; dehqonlar hosil yig‘ib olgan vaqtda Mehroj bayrami; qishda – eng uzoq tun va kunning eng qisqa pallasida, qish avjiga chiqib (qishgi chilla) boshlanganda, odamlarda isinishga ehtiyoj kuchayganda – Olov bayrami (gulxanlarda isinish) kabilar uyushtirilgan. Bu miloddan oldin shakllangan bayramlarning barchasi tabiat bilan insonning uyg‘unligi, uning tabiat qonunlariga amal qilishi asosida qaror topgan. Aholining yer yuzida joylashuvini koinot garmoniyasi va tabiiy-iqlim sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liqligini qadimgi xalqlar yaxshi tushunganlar va o‘zlarining turmushini ana shu garmoniyaga bog‘lab qurganlar. 14 Qurgan bino va inshootlarini esa ijtimoiy vazifalardan tashqari tabiat qonuniyatlariga moslashtirib barpo etishga uringanlar. Bunda ularga matematik bilimlar va arifmetik hisoblash ishlari yaqindan yordam bergan. Shakllar va ularning o‘lchamlari orasidagi mutanosibliklarni esa geometrik yasash va proporsiyalash uslublari orqali aniqlaganlar. Xullas, me’morchilik va shaharsozlik san’atidagi garmoniya falak va tabiat orasidagi uyg‘unlikdan o‘rnak olib, bino va inshootlar tektonikasida, me’moriy shakllar va qismlarning o‘zaro mutanosib munosabatlari va yaxlitligida ifodalangan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling