Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Garmonik uyg‘unlik
uyg‘unlikni anglatadi.
11 Geometrik uyg‘unlik esa me’moriy shakllar o‘lchamlarining o‘zaro va yaxlit umumiy shaklga nisbatan mutanosibligi handasaviy yasash usullari orqali topilganda kuchga kiradi va kompozitsiya shakllarining uyg‘unligini ta’minlaydi. Garmonik uyg‘unlik bu shunday uyg‘unlikki, unda butun va qismlar orasidagi mutanosiblik bir vaqtning o‘zida ham arifmetik miqyosiy, ham geometrik yasash orqali aniqlanadi va natijalar bir-biriga muvofiqlashtiriladi. 1.3. Koinot va tabiat uyg‘unligining inson turmushi, jamiyat rivoji, arxitektura va shaharsozlikka ta’siri Mumtoz Sharq va Qadimgi Yunonistonning falsafiy dunyoqarash-lari insonlar faoliyati va hayotini koinot uyg‘unligi bilan bog‘laganlar. Bu albatta me’morchilik va shaharsozlikka ham tegishli bo‘lgan, zero bunyodkorlik ishlarida tabiat va falakdagi harakatni, ular orasidagi bog‘lanish va uyg‘unlikni hisobga olish shart bo‘lgan. Darhaqiqat, arxitektura va shaharsozlikda quyosh yo‘nalishi va tabiiy yorug‘lik katta ahamiyatga ega. Buning uchun quyoshning chiqish va botish, ya’ni ufq tomonlarini bilish va bu harakatdagi doimiylikni e’tiborga olish joizdir. Bundan tashqari shamol harakatini, yil fasllarining almashuvidagi muntazamlikni, kun va tunni, muayyan tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olish me’morchilikda eng birlamchi shartlardandir. Tabiiyki, bularning barchasi tabiat va koinot uyg‘unligining mahsulidir, insoniyat esa bu uyg‘unlikka muxtoj va bo‘ysinuvchidir. Insoniyatning ilk sivilizatsiyasi o‘choqlarida bino etilgan qadimiy ibodat inshootlari arxitekturasi ana shu uyg‘unlikka bo‘ysindirilgan va ma’lum ma’noda astronomiyaga xizmat qilgan. Chunki, bu ibodatxonalardagi ruhoniylar kishilarni osmon xudolariga ibodat qilishga chaqirgan va falakdagi sayyoralar o‘rnini va harakatini kuzatganlar. Bunday astranomik kuzatishlar natijasida ilk kalendar (taqvim) lar tuzilgan, yulduzlar va sayyoralarga qarab muhim tabiat voqeliklari va jamiyat hayotidagi hodisalar bashorat qilingan, insonlar faoliyatini, shaharlararo savdo karvonlari harakatini muvofiqlashtirish, ibodatxonalar va ularning 12 mehroblari, hatto shaharlar ko‘chalarining oriyentatsiyasi ham osmon yoritgichlariga qarab belgilangan. M.S.Bulatovning aniqlashicha, agar astronomiya fan sifatida insoniyat vaqtini hisoblashdek hayotiy zaruratdan paydo bo‘lgan bo‘lsa, me’morchilik san’ati ham inson faoliyatining eng qadimgi sohasi bo‘lib, ular ko‘p asrlar davomida bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va bir-birining ta’sirida rivojlanib kelgan. Masalan, o‘sha qadimiy ibodatxonalarda astronomik kuzatuvlar olib borilib, ularning qurilishi ham astral, ya’ni kosmogonik tafakkurlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimda yashagan kishi yerdan ko‘ra osmonni ko‘proq bilgan, kuzatgan va u haqda o‘ziga xos tushunchalarga ega bo‘lgan. Qadimgi odamlar ilk bor yerdagi moddiy garmoniyada, ya’ni tabiatdagi garmoniyada o‘ziga xos uyg‘unlik mavjudligini tushunib yetganlar va uni tan olganlar. Shuning uchun ham ular kundan so‘ng tun kelishini, osmon yoritgichlarining bir maromda botishi va chiqishi, yoz va qishning, yil fasllarining tartib bilan o‘zgarib turishini, tabiatning uyg‘onishini va so‘nishidagi almashuvlik qonuniyatlarini aynan shu koinot garmoniyasidan, ya’ni falakdagi mavjud uyg‘unlikdan kelib chiqqan, deb tushunganlar. Zero, ular yerda ham ana shunday tartib-qoidalarga amal qilib o‘z turmushini tashkil etishni o‘rganganlar, aniqrog‘i falak muvozanatlari ularni yerda ham ana shunday muvozanatli turmushni tashkil qilishga majbur qilgan. Ana shu ma’noda arxitektura va falakkiyot bog‘liqligi ro‘yobga chiqqan va hayotga joriy qilingan. M.S.Bulatov ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, arxitekturaga insoniyat taraqqiyotidagi moddiy madaniyatning asosi deb qaraydi va uni tadqiq qilish va o‘rganishda yuqoridagi boshlang‘ich nuqtani, ya’ni astral Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling