Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-rasm. Tarhi aylana shaklidagi qadimgi qal’alar
ma’nosi bo‘lgan. Masalan, kvadrat dunyo va tabiat ramzi, uning to‘rt tomoni esa
to‘rt unsurni, dunyoning to‘rt tomonini, yilning to‘rt faslini, kecha-kunduzning to‘rt xil vaqtini aks ettirgan; doira esa koinot va ilohiy kuch ramzi tarzida qaralgan. 9-rasm. Tarhi aylana shaklidagi qadimgi qal’alar: a-Xorazm. Qo’yqirilgan qal’a (er.av.IV-III aa.), 1,2-qavat va aksonometrik qirqim (rekonstruksiya); b-Baqtriya. Dashli-3 aylana ibodatxonasi (er.av. XVII a.), tarhi va aksonometriyasi (rekontruksiya). b a 26 Qadimgi Hindistonda kvadrat falakiyotni aks ettirib, unda abadiy uyg‘unlik va barqarorlik timsoli mujassamlashgan. Bu o‘lkada me’moriy uyg‘unlik "Chor unsur" falsafasini o‘ziga singdirgan ikki tizilma orqali ifodalangan. Birinchisi koinot timsoli tarzida e’tirof etilgan katta kvadrat "mandala" va ikkinchisi birinchisining birlamchi timsoli yoki moduli hisoblangan 64 ta kichik kvadratchalar "manduka". Bu ikki vosita me’morchilik va shaharsozlikda keng qo‘llanilgan. Shu yerda shoxmot va shashka kataklarini ham eslaylik. Shoxmot va shashka aslida yaxlit kvadrat taxtacha bo‘lib, ularda o‘zaro teng 64 ta kichik kvadrat katakchalar mavjud. Shoxmot va shashkaning qadimiy o‘yinlar, shoxmotning ona yurti Hindiston, shashkani esa Qadimgi Misr ekanligini e’tiborga olsak, shoxmot va shashka bilan "mandala" va "manduka" tizilmalari va ular orqali chor unsur to‘rtligi orasida uzviy aloqa borligi namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyoda ham to‘rt soniga katta e’tibor berilganligini biz yuqorida ko‘rdik. Masalan: chorunsur, chorbog‘, chorchaman, chorgoh, chorsutun, chordara, chortoq, chorkalid (svastika), chorsu, chorraha. P.SH.Zohidov va M.Q.Ahmedovlar "hayotdagi ma’lum handasaviy nisbatlar asosida kvadrat yotadi va ularning barchasini (kvadrat)dan keltirib chiqarish mumkin" degan fikrga kelgan. Ularning fikricha, kvadrat yer timsoli, kvadratning hajmiy ifodasi bo‘lgan kub shaklini eslatuvchi chorustun, chordara, chortoq qurilmalari esa koinot timsoli sifatida tushunilgan. Bizning fikrimizcha, bu tushunchalarning boshlang‘ich ibtidosi to‘rt unsurga borib taqalib, uning o‘zi esa sharq falsafasi "Chor unsur"ga asoslanadi. Umuman to‘rt soni va kvadrat qator mamlakatlarda muqaddas va ilohiy hisoblanadi. Dunyoning paydo bo‘lishi va rivoji ham shu to‘rt unsurga bog‘langan. Chorunsur falsafasiga bo‘lgan muhabbat ko‘pgina dinlarda, masalan, yahudiy, buddiy, nasroniy va, ayniqsa, islom dinida o‘z ifodasini topgan. Musulmon faylasuflari Qur’onni Tavrot, Injil va Zaburdan keyingi to‘rtinchi usturlob (yulduzlarni kuzatuvchi asbob) deb atashgan. Muhammad payg‘ambar bunyod ettirgan ilk masjidlar: Madinaga yaqin qishloq Kubbadagi va Madinadagi masjidlarning tarhlari ham to‘rt soni, ya’ni kvadratga asoslangan. 27 Kubbadagi masjid tarhi 30x30 metrga, Madinadagi esa 50x50 metrga yaqin bo‘lgan. Har ikkalasi ham hovlili va ayvonli qilib qurilgan. Chor manzil – ya’ni shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat tasavvuf ilmi vodiysining manzillari hisoblanganki, amri ma’ruf qiladigan har qanday ulamo hech bo‘lmaganda ma’rifatgacha bo‘lgan vodiyni bosib o‘tib, orif darajasigacha yetgandagina raiyatga amri ma’ruf qilmog‘i lozimligi uqtirilgan. Samarqanddagi Ulug‘bek va Sherdor madrasalari, Afrosiyobdagi Somoniylar saroyi devorlarida "chorkalit" (ya’ni svastika) girihining tasvirini ko‘rish mumkin (10-rasm). "Chorkalid" girihi bilan falakning qay holatda aylanayotganligini, o‘n sakkiz ming olam xudosining yakka-yu yagonaligini "undan o‘zga ma’buda barhaq yo‘qligini", uning tug‘ilmasligi va o‘lmasligini", ya’ni (bordan yo‘q bo‘lmaydi ma’nosida) ko‘rishimiz mumkin. "Chorkalid" sharq xalqlariga qadimdan ma’lum bo‘lganligining yana bir isboti shulki, u zardushtiylikning xochi, ya’ni baxt tamg‘asi hisoblangan. Uni yasash juda oson bo‘lib, buning uchun kvadrat tomonini to‘rtga bo‘lish kifoyadir. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling