Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


 Simmetrik munosabat – mutanosiblik garovi


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

3.5. Simmetrik munosabat – mutanosiblik garovi 
Arxitekturaviy uyg‘unlikni ta’minlashda shakllar mutanosibligi –
proporsionalliklardan tashqari simmetrik munosabat ham kuchli me’moriy vosita 
tarzida foydalaniladi. "Simmetriya" so‘zi aslda yunoncha bo‘lib, uning ma’nosi 
ham aynan uyg‘unlikni, mutanosiblikni anglatadi. Bunday mutanosiblikni, ya’ni 
"simmetriyani sezish, uni turmushda va hayotda ifodalashga amaliy intilish 
insoniyatda paleolit va hatto eolit davrida – bundan million yillar oldin mavjud 
bo‘lgan", deb yozadi taniqli rus olimi V.Vernadskiy. Simmetrik mutanosiblik 
qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda sharq xalqlari me’moriy amaliyotida mufassal va 
mumtoz tamoyillaridan biri tarzida keng qo‘llanilib kelingan. Bizgacha saqlangan 
tarixiy me’moriy yodgorliklar fikrimizning isbotidir.
 
16-rasm. Shakli simmetrik mutanosiblikka asosalngan me’moriy obidalar: a-Toshkentdagi Ko’kaldosh madrasasi (XVI a.), 
tarhi va tarsi; b-Dehlidagi Juma masjidining umumiy ko’rinishi (XVII a.). 
 
 
 
 
 
16-rasm davomi. v-Moskvadagi Pashkov uyining tarzi va tarhi (XVIII a.). 





37 
Simmetriya, ayniqsa, o‘rta asr O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklarida bino 
qismlari va shakllarining simmetriya o‘qiga nisbatan teng vaznligini, o‘zaro 
uyg‘unligini va yaxlitligini ta’minlashda kuchli kompozitsiyaviy vosita bo‘lib 
xizmat qilgan. Simmetriyaning emotsional ta’sirchanlik kuchini odamlar inson 
tanasi organlarining juftligi hamda ko‘z va bosh miya katta yarim sharlarining tik 
o‘qqa nisbatan shaklan monand joylashishi bilan bog‘lab tushunganlar. 
Simmetriya bu shunday teng vaznlikki, unda markazga, bosh o‘qqa yoki 
simmetriya tekisligiga nisbatan teng joylashgan shakl va elementlar nafaqat 
massasi, balki geometrik tuzulishi bilan ham tengdir.
Agar biz O‘rta Osiyoda qurilgan tarixiy binolarning me’moriy-fazoviy va 
rejaviy yechimlarini kuzatsak, ularda ixcham va simmetrik kompozitsiyalarning 
ko‘proq qo‘llanilganini guvohi bo‘lamiz (16-rasm). Bunda bino tarhi hovlilimi 
yoki hovlisizmi, buning mutlaqo farqi yo‘q. Muhimi bino hajm-rejaviy 
kompozitsiyasida simmetriya va yaxlitlikning ta’minlanganligidadir. Bu holat 
nafaqat o‘rta asr O‘rta Osiyo obidalari, balki butun jahon mumtoz me’moriyati 
uchun ham xarakterlidir. Simmetriya assimmetriya bilan bir qatorda zamonaviy 
arxitekturada ham muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Bu, birinchidan, bino 
qismlarining o‘zaro teng vaznliligi va hamohangligini ta’minlasa, ikkinchidan 
bino qurilmalarining ko‘lami va hajm-fazoviy tuzulishini, mustahkamligini 
oshiradi. Ixcham va simmetrik kompozitsiyalar asosan to‘g‘ri burchakli to‘rt 
burchak, kvadrat va aylana tarhli me’moriy hajm-fazoviy yechimlardir. Bunday 
kompozitsiyada qurilgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi ham sezilarli 
darajada yuqori bo‘ladi. Sharq mamlakatlarida nafaqat binolar, balki ko‘pchilik 
bog‘lar ham, masalan «chorbog‘lar» simmetrik muntazam tartibli reja asosida 
qurilgan. Chorbog‘ hududi bosh xiyobonga nisbatan simmetrik joylashgan bir 
nechta kvadrat, olti burchak va uchburchak shaklidagi «chorchaman»larga 
bo‘lingan. Chorchamanlar esa o‘z navbatida o‘zaro simmetrik joylashgan 
«chaman»lardan tuzilgan (6-rasmga qarang). 


38 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling