42
"Oltin kesim" Qadimgi dunyo me’morlariga ham ma’lum bo‘lgan va
amaliyotda keng qo‘llanilgan. U bizgacha yetib kelgan antik davr adabiyotlarining
ichida yunon matematigi Yevklidning (miloddan oldingi III asr) "Negiz"
nomli
asarida ilk bor eslatilgan. Biroq, bu atamani ilmiy muomalaga birinchi bo‘lib
yuqorida ta’kidlaganimizdek Leonardo da-Vinchi kiritgan.
"Oltin kesim"ni to‘g‘ri besh burchaklik ichiga chizilgan besh yulduz orqali
ham olish mumkin. Bunda besh yulduz tomonlarining
kesishgan nuqtalarida har
bir butun "oltin kesim"li ikki bo‘lakka bo‘linadi (21, b-rasm). Yulduzsimon o‘n
burchaklik ham "oltin kesim"ning garmonik qatori yoki ketma-ketligini hosil
qiladi (21, v-rasm).
Oltin nisbatni kvadratga asoslanib ham qurish mumkin.
Buning uchun
berilgan ABCD kvadratni (22-rasm) teng ikkiga bo‘lib va yarim kvadratlardan
birining
diagonali
5
ni radius tarzida olib O nuqtadan yarim doira chizamiz.
Agar kvadrat tomoni AD ni birga tenglab olsak, MA va DE kesimlar birning 0,618
qismini
tashkil qiladi, ya’ni 1:0,618 nisbatida qurilgan ikkita oltin nisbatli to‘g‘ri
burchakli to‘rtburchaklar – MTBA va DCHE lar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari
ABCD kvadrati ushbu to‘rtburchaklar bilan yana ikkita oltin nisbatda qurilgan
to‘rtburchaklar (ABHE va MTCD)larni hosil qiladi (22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: