Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Misr ehromlaridagi uyg‘unlik sirlari
Download 6,71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
5.2. Misr ehromlaridagi uyg‘unlik sirlari Misr ehromlarining me’moriy sir-asrorlarini topish ustida ko‘p tadqiqotchilar ishlagan. Ular ichida o‘zbekistonlik ustod olim Po‘lat Zohidov ham bor. U qadimgi Giza shahridagi piramidalar ansambli Xeops, Xefren va Mikerinlarning me’moriy mutanosibligi masalalarini o‘rgangan. Uning fikricha, Misr ehromlarining shaklini topishda me’morlar dinamik kvadratlar qonunini qo‘llagan. Buning uchun me’mor dastavval tashqi ABCD kvadratini chizgan (34- rasm). Bu kvadrat ehrom yasashning asosi hisoblangan. Ichkarisidagi ikkinchi A 1 B 1 C 1 D 1 kvadrati esa ehromning tarhini tashkil etgan. Asosiy kvadrat ichidagi doira yettiga bo‘linib, uning yettidan bir qismi orqali o‘tkazilgan MO va NO chiziqlari esa ehrom sathi qiyaliklarini belgilagan. 33-rasm. Oddiy handasaviy shakllar asosida yaratilgan tomonlari mutanosib to' g’ri to' rtburchaklar 58 MON uchburchagi ehromning tarzi va kesmasiga monan tushgan. Qadimgi Misrda 7 yoki 5 raqamlari muqaddas hisoblanib, 7 soni falakdagi 7 sayyora – quyosh, oy, mars, saturn, merkuriy, venera va yupiterga, 5 raqami esa oxirgi besh sayyoraga qiyoslangan. Shu boisdan ham "ehromlar sirtiining qiyaligini topishda doira yettiga yoki beshga bo‘lingan", deb tushuntiradi P.SH.Zohidov. Misr ehromlarining geometrik uyg‘unligini o‘rgangan yana bir taniqli olim K.S.Kryukovdir. Po‘lat Zohidovdan farqli o‘laroq u Xeops ehromining tarzi va qirqimi oddiy teng yonli uchburchakka asoslanganligini va uning misr uchburchagi mutanosibligiga o‘xshatib qurilganini hamda oddiy butun sonlar – 4:5 nisbatida ifodalangan ikkita kichik to‘g‘ri burchakli uchburchaklardan tuzilganligini aniqlaydi (35-rasm, I). Bunda 4 soni piramida asosi tomonining yarmini, 5 esa uning balandligini ifodalagan. K.S.Kryukov piramida asosining balandligiga nisbatini 5:8=0,625, ya’ni oltin nisbatga juda yaqin bo‘lgan sonli munosabatda olinganligini yozadi. 34-rasm. Qadimgi Misr. Gizedagi Heops piramidasi shaklining chizilish uslubi (P.Sh.Zohidov bo'yicha). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling