Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
shaklning yetakchiligi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Shuning uchun ham ular tabiat
shakllarining yaratilish qonunlari tarzida qaraladi. Ta’kidlash lozimki, bu tamoyillar shakllarning tashqi tuzilishiga tegishlidir. Shakllarning ichki tuzilishida ayrim o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Jumladan inson ichki organizmida simmetriyaning buzilishi kuzatiladi: gavdaning o‘ng tomonida o‘pka joylashsa, chap tomonida yurak joylashadi. O‘ng qo‘l va o‘ng oyoq, chap qo‘l va chap oyoqdan tabiatan kuchliroq va h.k. Biroq, tabiat shakllarining tashqi kompozitsiyasida simmetriya, qismlar mutanosibligi, ritm va "oltin kesim" asosiy qonunlar tarzida kuchga kiradi. Arxitekturaviy shakllarga ham kompozitsiya masalasida huddi shunday yondoshish lozim. Zero har qanday me’moriy obyekt ham tabiiy shakllar kabi bir nechta alohida shakllar va qismlardan tuziladiki, bu qismlar orasida birortasi 52 yetakchi, bosh rolni bajarsa, qolganlari uning atrofiga birlashishi, unga bo‘ysunishi mumkin, huddi daraxtda shoxlar tanaga, barglar shoxga yoki hayvonlarda suyaklar umurtqaga birlashgandek. Teatrda bu yetakchi shakl tomoshabinlar zali, sport inshootida musobaqalar o‘tkaziladigan zal, sirkda o‘yinlar maydoni – arena, restoranda esa bosh savdo zali bo‘lishi mumkin. Alohida qism va shakllar o‘lchamlarining o‘zaro va yaxlit butun shaklga mutanosib bo‘lishligi va ularning asosiy shaklga bo‘ysunishi me’moriy kompozitsiyaning badiiy sifatini oshiruvchi qonunlardan biridir. Simmetriya va ritm esa qism va shakllarning obyektdagi joylashish, hajm va tarzning bo‘laklanish tartibini, undagi elementlarning takrorlanish, almashinish takti va maromini belgilaydi. Yaxlitlik qonuni esa kompozitsiyada butunning yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. Demak, arxitekturaviy kompozitsiyada ham tabiat shakllaridagi kabi beshta asosiy qonun: yaxlitlik, mutanosiblik, simmetriya, ritm va asosiy shaklning yetakchiligi hamma vaqt va hamma joyda o‘zgarmasdir. Bu qonunlar arxitekturada nafaqat kompozitsiya yaratishga va uning badiiyligini oshirishga, balki shakllar uyg‘unligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shakllar mutanosibligini ta’minlashda arxitekturada nafaqat birgina "oltin kesim", balki yuqorida ta’riflaganimizdek boshqa munosabatlar, ya’ni butun sonli ratsional va handasaviy irratsional nisbatlar ham keng qo‘llanilgan. XIX-XX asrlarda arxitekturaning qator nazariyachi olimlari mutanosib nisbatlarni yaratishning fanga noaniq bo‘lgan "falsafiy tamal toshini" ochib berishga intilib, me’moriy yodgorliklarning mutanosiblik masalasini muayyan bir yagona proporsionallik tizimiga asoslanib tushuntirishga harakat qilganlar. Jumladan A.Seyzing, I.Joltovskiy va G.Grimlar bu masalada arxitekturadagi oltin kesmalar nisbatiga asoslangan bo‘lsa, V.Vladimirov, B.Mixaylov, P.Zohidovlar kvadrat tomonlari va diagonali asosidagi muvofiqlikka yoki bir-biriga ichki chizilgan dinamik kvadratlarga, D.Xembij dinamik to‘g‘ri burchaklarga, I.Shevelev esa ikkilangan kvadratlar mutanosibligiga asoslanganlar. 53 Keltirilgan proporsional munosabatlar muayyan me’moriy yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan va ular ko‘p martalab amalda qo‘llanilganki,biz quyida ular haqida muayyan misollarda kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling