Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Proporsional munosabatlarning me’moriy yodgorliklarda va
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
4.8. Proporsional munosabatlarning me’moriy yodgorliklarda va tabiatda qo‘llanilishi Mutanosiblik sirlarini o‘rgangan olimlar (M.Bulatov, P.Zohidov, I.Shevelev, K.Kryukov va boshqalar) me’moriy shakllar mutanosibligi asosida quyidagi oddiy geometrik shakllar va ularga asoslangan mutanosib munosabatlar yotishini aniqlaganlar; teng tomonli uchburchak, kvadrat, misr uchburchagi va dinamik kvadratlar to‘ri. Kvadrat, yarim kvadrat va ikkilangan kvadrat shakllar ham alohida ko‘rsatilgan. Yarim kvadrat tomoni va uning diagonalidan hosil bo‘lgan a b v 49 to‘g‘ri burchakli uchburchakdan geometrik yo‘l bilan oltin nisbatni (1:0,618) topish va shunday nisbatdagi to‘rtburchakni qurish mumkin. Pargor yordamida chiziladigan yana bir geometrik shakl – aylana ham mavjudki, u ko‘plab inshootlarning rejaviy yechimida qo‘llanilgan (masalan, Baktiriyadagi Dashli – 3 Aylana ehromi, Shumerdagi Tepa-Gavrada qurilgan Hosil ehromi, Rimdagi Panteon va boshqalar). Yuqorida qayd etilgan geometrik shakllar va kompozitsiyalarning o‘ta sodda qurilishlari va ular asosida hosil qilinadigan shakllar o‘lchamlarining o‘zaro muvofiqligi arxitekturada shakllar uyg‘unligini (garmoniyani) vujudga keltiruvchi turli xil mutanosibliklarni yaratish imkonini bergan. Jumladan, birgina to‘g‘ri burchakli misr uchburchagidan foydalanib qurilish maydonida burchakning to‘g‘riligini aniqlash va qator geometrik mutanosibliklarni (3:4, 3:5, 4:5, 4:6, 5:8, 3:8, 4:10, 7:8), ya’ni tomonlari o‘zaro proporsional bo‘lgan to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak shakllarni topish imkoniyatlari yaratilgan (15-rasm). Kvadrat yordamida esa – 5:7, 4:9, 8:9, 5:8, 8:13, 13:21, 8:10, 5:9, teng tomonli uchburchakdan – 4:7, 7:8 mutanosibliklari hosil qilingan. Bu mutanosibliklar arxitekturada minglab yillar davomida qadimgi dunyo, o‘rta asrlar va keyingi davrlar me’morchiligida ham qo‘llanilib kelingan. Inson qomatiga e’tibor berib qaralsa uning a’zolari tikkasiga simmetrik ko‘rinishda, gorizontaliga esa "oltin kesim" tartibida joylashganligini sezamiz (29-rasm). Bu qonuniyatni nafaqat odamlar qomatining tuzilishida, balki tabiatdagi boshqa organizmlar, ayniqsa hayvonot dunyosi va o‘simliklar kompozitsiyasida ham ko‘rishimiz mumkin (30 va 31-rasmlar). Hatto bizdagi qon bosimining me’yoriy yuqori va pastki miqdorlari ham oltin nisbatda bo‘lar ekan. Kaltakesak dumining uzunligi uning gavdasi kattaligiga yoki qush tuxumi asosidan uning eng keng joyigacha bo‘lgan masofaning tuxum uchigacha masofasiga nisbati oltin nisbatda shakllanar ekan va h.k. 50 29-rasm. Odam tanasidagi oltin proporsiyalar: a - odam qomatida; б - bosh tuzilishida; в - kaft va barmoqlarda. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling