51
Tabiatda har bir narsa o‘zicha yaxlit holda shakllanadi.
Biroq har bir
narsaning o‘z o‘lchami va shakli bor. Bu shakl va o‘lchamni, ular orasidagi
garmonik yaxlitlikni biz buza olmaymiz. Nima uchun?
Chunki bu garmoniya
muayyan uyg‘unlik qonunlariga asoslangan. Unda simmetriya,
oltin kesim va
umumiy yaxlitlik qonunlari mavjud. Biroq har qanday yaxlit shakl qismlardan
tuziladi. Bu qismlar ham turli o‘lchamlar va shakllarga ega,
ular butunda
simmetrik holda joylashgan yoki ma’lum bir maromda takrorlangan, almashilgan
bo‘lishi mumkin, ya’ni ritmga asoslangan bo‘ladi. Turli o‘lchamli
qismlar bir-
biriga va ayni paytda yaxlit butun shakliga nisbatan muayyan mutanosiblikda
bo‘ladi. Ana shu munosabat shakllar proporsiyasi deb ataladi. Tabiatda ushbu
proporsiyaning matematik nuqtai nazardan ko‘p hollarda "oltin kesim" miqdorida
bo‘lishligi kuzatilgan. Shaklan mutanosib
nisbatlar odatda simmetriyaga, ritm,
garmoniya va go‘zallikka olib kelsa, nomutanosib nisbatlar aksincha tartibsizlikka,
simmetriya va ritmning buzilishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda ular kishi ko‘ziga
befayz, hatto xunuk ko‘rinadi.
Shunday qilib tabiat shakllarining vujudga kelishida quyidagi
beshta
tamoyil:
1) yaxlitlik; 2) mutanosiblik; 3) simmetriya; 4) ritm va 5) asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: