Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6,71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BOB. O‘RTA OSIYO O‘RTA ASR ME’MORCHILIGIDAGI UYG‘UNLIK 6.1. Go‘zallik va uyg‘unlik haqida islomiy tushunchalar
39-rasm. Qadimgi Rim. Panteon ibodatxonasi (118-128 yy.) Qirqimi va tarhi. 68 Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun savollar: 1. Qadimgi Misr me’morchiligida qo‘llanilgan me’moriy qonuniyatlar va usullarni tushuntirib bering. 2. Misr uchburchagining me’morchilikda qo‘llanilishiga izoh bering. 3. Misr piramidalari – Xeops, Xefren, Mikerin shakllarida yashiringan uyg‘unlik sirlarini tushuntirib bering. 4. Yunon Rim me’morchiligida qo‘llanilgan uyg‘unlik tamoyillarini tushuntirib bering. 5. Parfenon ehromi shakllaridagi uyg‘unlikni izohlab bering. 6. Yunon va Rim orderlaridagi uyg‘unliklarga izoh bering. 7. Vitruviyning arxitektura haqidagi kitobiga izoh bering. 69 VI BOB. O‘RTA OSIYO O‘RTA ASR ME’MORCHILIGIDAGI UYG‘UNLIK 6.1. Go‘zallik va uyg‘unlik haqida islomiy tushunchalar Sharq xalqlari arxitekturasi va madaniyati haqida so‘z borganda uning islom dini bilan uzviy bog‘liq ekanligini e’tirof etish lozimdir. Islom dini dunyo diniga aylanishi munosabati bilan musulmon o‘lkalarida ilm-fanga keng yo‘l ochildi. Zero, islom ilm-fanga, ma’rifatga keng rag‘bat ko‘rsatdi. Qur’oni Karimning ilk nozil bo‘lgan oyati ham "Iqro" – "O‘qi" edi. "Alloh go‘zal va u go‘zallikni sevadi", deyiladi Qur’oni Karimda. Demak, islomning estetik nuqtai nazari go‘zallikka oshno bo‘lmoqdir. Alloh go‘zal ekan, u yaratgan odam ham, u bunyod etgan olam ham, o‘z bandalariga hadya etgan nozu-ne’matlar ham go‘zaldir. Shunga muvofiq Allohning ismi-sifatlarini vasf etuvchi so‘zlarimiz ham, musiqamiz ham, uning qudratini namoyon etuvchi binolarimiz - me’morchilik obidalarimiz ham qo‘yingki, Alloh irodasi, nomi, sifati bilan yaratilgan bu olamdagi narsalarning hammasi go‘zal bo‘lishi kerak. Shunday ekan insonlar ham umuman go‘zallikka, go‘zal hulqlarga, ko‘rkam insoniy fazilatlar, baxtli turmush sharoitlariga erishishga intilmoqlari zarurdir. Buning uchun esa o‘zlari qurgan uylar, masjidlar, shaharlar, ja’miki buyum va narsalarni ko‘rkam va qulay yaratmoqlari, fayzli va go‘zal maskan bunyod etib unda odob va ahloq, adolat va 70 insof, qanoat va olijanoblik, aql va farosat kabi go‘zal insoniy xislatlar sohibi bo‘lmoqlari lozim. Hadislarda musulmonlarga qarata qurgan "shaharlaringizni ko‘rkam barpo etinglar, masjidlaringizni ham bezashga xalifa Usmon davrida ruxsat berilgan", deb aytilgan. Islomiy tushunchalarga ko‘ra shahar va binolar go‘zalligi ulardagi but va sanam haykallarining qiyofasi va soni, jonli mavjudotlar aks ettirilgan yirik devoriy su’ratlarda emas, balki imoratlar me’moriy shakllarining o‘zaro handasaviy uyg‘unligida, ulardagi rang va shakllar hamohangligi, ochiq va yopiq hovli va xonalar, ayvonlarning bir-birlari bilan qulay va uzviy bog‘langanligida, handasaviy va islimiy murakkab naqshlar mutanosibligida va nihoyat, insonlarni go‘zal hulqlarga chorlovchi Qur’oni Karim va hadislardan olingan ulug‘ hikmatlar bitilgan va yozuviy naqshlar bilan bezatilgan ozoda me’moriy muhit va ulardagi go‘zal qalb va fazilatli insonlar jamoasidadir. Uchta dunyoviy dinlar ichida (buddizm, nasroniylik, islom) faqat islom dinigina o‘z g‘oyalarining tashviqoti uchun tasviriy san’at asarlaridan foydalanmagan. Buddizm va nasroniylik o‘zining "ikona" va tasviriy vositalariga ega. Islomda esa ikonografiya yo‘q, unda o‘simliksimon va handasaviy naqshlar majmuasi mavjud. Biroq, bu naqshlar diniy g‘oyalarni tashviqot qilish imkoniyatiga ega emas. Bunday vazifa islomda "epigrafiya"ga, ya’ni bezaksimon sifatga ega bo‘lgan yozuviy naqshlarga yuklatilgan. Yozuviy naqshlar axloq va tarbiya hamda islomiy tushunchalarni o‘zida aks ettirib, faqat arabcha harflarda yozilgan. Arabcha harflar vaqt o‘tib hatto islom dinining ramziga aylanib qolgan. Epigrafik naqshlar islom dunyosida shunchalik rivojlanganki, hatto ular me’morchilikda buyuk san’at darajasigacha o‘sib yetgan. Biroq, islom dini yozuviy bezaklar bobida o‘ziga xos mo‘jizalar yaratsa-da, me’morchilikda sujetli tasviriy san’at vositalarini qo‘llashga, ayniqsa inson va tirik jonzodlar tasviri ishlangan mahobatli devoriy suratlarga qarshi chiqdi. Islom san’atning ushbu turini me’morchilikda qat’iy cheklab qo‘yishi bilan o‘z ta’sirini bevosita va bilvosita ifodalangan shakllar va voqeliklar majmuasida ko‘rsatdi. Bu 71 ta’sirning birinchisini butun islom dunyosiga tarqalgan maxsus diniy binolar (masjidlar, masjid minoralari, gumbazlari, madrasalar, xonaqohlar) qurilishida ko‘rsak, ikkinchisini handasaviy va o‘simliksimon shakllar va naqshlar rivojida hamda me’morchilikdagi yozuviy (epigrafik) naqshlar ixtirosi va uning buyuk san’at darajasigacha taraqqiy etganligida ko‘ramiz. Islomning taraqqiyot jarayonida ilohiy va badiiy ahamiyatga molik bo‘lgan ramziy (belgi)lar tizimi vujudga kelgan. Masalan, dunyodagi eng komil va ilohiy go‘zallik ramzi bo‘lib "jamol" iborasida aks etgan masjidning moviy gumbazi hisoblansa, ilohiy buyuklik ramzi bu "jalol", ya’ni masjidning minorasi hisoblangan. Ilohiylik ramzi bo‘lgan "sifat" esa – masjid devorlaridagi yozuvlardir. Yashil rang bu islomiy ta’limning boqiy gullari rangi va ramzidir. Shuning uchun ham islom masjid binosida bo‘lishi shart bo‘lgan me’moriy shakllarga minora, gumbaz, naqshlarga aylangan devoriy yozuvlar, maqsura (hukumat va din vakillarining ibodat joyi), mehrob va minbarni kiritgan. Forobiyning "Ilmlar tasnifi haqida", "Ma’naviy nafis uslublar va handasaviy shakllar uyg‘unligi haqida tabiat sirlari" hamda Abdul Vafo Buzjoniyning "Hunarmandlar bilishi zarur bo‘lgan handasaviy uslublar" kitobida handasa va hisob /arifmetika/ me’morchilik va naqqoshlik san’atida go‘zallik mezoni deb hisoblanib, bu g‘oya o‘sha davrlardayoq ushbu san’atlar bo‘yicha nazariy manba vazifasini bajargan. Buzjoniy o‘zining kitobida naqshlar chizish asboblari: chizg‘ich (lineyka), turli burchakliklar, pargor (sirkul)ni naqshlar ishlashda qo‘llash zarurligi haqida ma’lumotlar bergan. Binobarin, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (IX asr oxiri X asr boshi), Ko‘hna Urgenchdagi Faxriddin Roziy maqbarasi (XII asr), Navoiy viloyatidagi Arab ota maqbarasi (X asr), Turkmanistondagi Takash (XIII asr) maqbarasi kabi me’moriy obidalarda handasa va hisobga asoslangan o‘sha davr me’morchilik va naqqoshlik san’atining yorqin namunalari o‘z aksini topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling