Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash
uchun savollar:
1. Proporsiya so‘zining asl mohiyatini tushuntiring.
2. Me’moriy shakllar proporsiyasi deganda nimani tushunasiz?
3. Me’moriy mutanosiblik yoxud proporsionallik ma’nosi nima?
4. Odam tanasi va uning qismlari orasidagi proporsionalliklarni tushuntiring va
izohlang.
5. Odam tanasidagi oltin nisbatni izohlang.
6. Fut va gaz so‘zlarining ma’nos va ularning me’morchilikdagi ahamiyatini
tushuntiring.
7. O‘tmishda uzunlik o‘lchamlariga nimalar kirgan?
8. Oddiy (butun sonli ratsional) munosabatlar deb qanday nisbatlarga aytiladi?
9. Misr uchburchagi bu qanday uchburchak?
10. Simmetrik munosabatlarni tushuntiring.
11. Simmetriyaning qanday xillari mavjud?
39
IV BOB. IRRATSIONAL (HANDASAVIY) NISBATLAR VA ME’MORIY
AMALIYOT
4.1. Kvadrat diagonalining tomoniga nisbati
Irratsional nisbatlar geometrik yoki grafik yo‘l
bilan qurilib, ularning asosiylari quyidagilardir.
Kvadrat diagonalining tomoniga nisbati
(a:b=1:
2
) va shu tariqa olingan to‘g‘ri burchakli
to‘rtburchak (17, a-rasm). 17, b-rasmda 1:
2
nisbatidan
kelib chiquvchi kvadratlar chizilganki, ularda tashqi
kvadrat tomoni ichki kvadrat diagonaliga tengdir.
4.2. Teng tomonli uchburchak balandligining asosi
yarimiga nisbati
Irratsional nisbatlarning yana biri bu teng tomonli
uchburchak balandligini uning asosi yarmiga nisbati
(a:b=1:
3
) va shu tarzda olingan to‘g‘ri burchakli to‘rt
burchakdir (17, v-rasm). Shu rasmning g chizmasida
uchburchak ichiga shunday o‘xshash uchburchaklar
chizilganki, ularning qiyoslanishi 1:
3
nisbatga mos
keladi. Yuqoridagi har ikkala irratsional nisbatlar ham
oddiy geometrik kvadrat va teng tomonli uchburchak
shakllarning hosilasidir.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |