Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Odam tanasidagi proporsionalliklar
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
11-rasm. Odam tanasidagi proporsionalliklar:
a-haykaltarosh Poliklet aniqlagan “Kanon”; b-Appolon Bel’vederskiy haykalining proporsiyalari (A.Seyzing bo’yicha). Tovondan kindikgacha va undan bosh suyakning ustigacha bo‘lgan masofalar nisbati "oltin nisbat" deb ataluvchi munosabatdadir. Bu shunday nisbatki, agar odam bo‘yining balandligini bir deb olib, uni tovondan kindikgacha bo‘lgan masofaga bo‘lsak 0,618 ga teng bo‘ladi va shu masofani kindikdan bosh suyakning ustigacha masofaga bo‘lsak yana o,618 ga teng bo‘ladi. Kindikdan ko‘krak usti ya’ni, bo‘yin boshigacha va undan bosh suyakning ustigacha bo‘lgan masofalar nisbati yoki tovondan tizzagacha va undan kindikgacha olingan masofalar munosabati ham "oltin nisbat"ga yaqindir (12-rasm). Qo‘l uzunligi 6 tutamga yoki 24 barmoqqa tengdir. Bir tutam yoki panja besh barmoqdan iborat bo‘lib, ikki panja bir qarichdir. Qarich esa panjaning uzunligiga, ya’ni bilakdan to o‘rta barmoq oxirigacha bo‘lgan masofaga teng. Qo‘lning uzunligi esa 3 qarichdir. Agar tik turgan odam qo‘lini tushirib panjasini ochsa tovondan qo‘l uchigacha bo‘lgan masofa kindikdan bosh ustigacha bo‘lgan masofaga yoki aksincha qo‘l uchidan bosh ustigacha masofa kindikdan tovongacha bo‘lgan masofaga tengdir va ularning nisbati ham oltin nisbatdadir. Xullas, inson qomatini mutanosibliklar manbai desak bo‘ladi. Shuning uchun ham qadimgi Rim arxitektori va muhandisi Mark Vitruviy insonni mutanosiblik timsoli deb yozadi va arxitekturaviy shakllar а б 32 mutanosibligiga erishishda inson qomati shakllarining mutanosibligiga asoslanish zarurligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, insoniyatning mutanosiblik haqidagi ilk tushunchalari ham inson qomati qismlarining mutanosibligiga asoslangandir. Qadimgi misrliklar, keyinchalik esa yunonlar ham inson qomatiga xos mutanosibliklarni aniqlab, ulardan amaliy va ijodiy ishlarida foydalanish uchun mutanosiblik "kanon"larini, ya’ni me’yorlari va qoidalarini tuzganlar (11-rasmga qarang). Bu "kanon"lar o‘z tarkibida qat’iy tartib asosida joylashtirilgan va kompozitsiya alohida qismlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlovchi mutanosib munosabatlar shkalasini aks ettirgan. Ana shunday mutanosiblik kanonlarining birinchisi miloddan 2650-2500 yillar oldingi Misrda qadimgi Menfis shahri yaqinidagi qabrlarning biridan topilgan. Unda inson qomatining balandligi teng olti qismga bo‘linib, har bir qismning uzunligi oyoq tovoniga yoki bir futga teng qilib olingan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling