Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


I BOB. GARMONIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

I BOB. GARMONIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
KOINOT UYG‘UNLIGI VA ARXITEKTURA 
1.1. Garmoniya (uyg‘unlik) tushunchasi 
Garmoniya so‘zi yunoncha bo‘lib uning 
ma’nosi uyg‘unlik, hamohanglik, mutanosiblik 
va yuqori diddagi badiiy bog‘lanishlarni 
bildiradi. Garmoniya yaxlit butunning qismlari 
orasidagi qat’iy mutanosiblikdir. Garmoniya 
tushunchasi hayotimizda ko‘p uchraydi. 
Kundalik turmushimiz va hayotimizda, hatto 
tabiat va koinotda ham garmoniya mavjuddir. 
Ushbu garmoniya buzilsa, ayniqsa u surunkasiga 
buzilganda, inson hayoti va sog‘ligiga xavf 
solinadi. Bu esa inson bilan tabiat orasidagi 
mutanosiblikning va inson hayoti maromining 
buzilishiga olib keladi.
Garmoniya tushunchasi aslida estetik 
kategoriya hisoblanib, u o‘z ichiga ritm, marom 
(takt) va me’yor kabi tushunchalarni ham oladi. 
Darhaqiqat, hayotimiz maromi, turmushimiz 
ritmi va harakatlarimiz me’yori buzilsa kishi 
sog‘ligiga putur yetadi, 
hayot uyg‘unligi 
buziladi. Ma’lumki, musiqa ham ohanglar 
garmoniyasi va ritmidan tuziladi. Rassomning 
ijodiy ishi haqiqiy san’at asariga aylanishi uchun unda garmoniya, ya’ni ranglar 
yoki shakllar hamohangligi ta’minlanishi kerak. Demak, garmoniya go‘zalikka 
erishish vositalaridan biridir. Shuning uchun ham qadimgi diniy rivoyatlarda 
hurliqo Garmoniya go‘zallik xudosining qizi tarzida talqin etilgan.



Bu ulug‘vor mazmun vaqt o‘tishi bilan Garmoniyaning yer yuzidagi barcha 
uyg‘unliklar, hamohanglik va go‘zalliklar ramzi bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan.
Arxitektura va tasviriy san’atda esa garmoniya bino yoki badiiy asarning 
barcha elementlari va shakllari orasidagi uyg‘unliklarni, butunning qismlarga, 
qismlarning esa butunga nisbatan uyg‘un va mutanosib bog‘lanishini va 
hamohangligini ifodalaydi.
Garmoniya va go‘zallik tushunchalari o‘z tabiatiga ko‘ra hamohang 
bog‘lanishdadir, zero garmoniyasiz go‘zallik bo‘lmaganidek, go‘zallik ham 
garmoniyasiz mavjud emas. Darhaqiqat har bir ijodkor o‘z ishida garmoniyaga 
erishishni orzu qiladi.
Garmoniyaga erishish arxitektor va dizaynerlarning ham azaliy orzusidir
unga ijod va estetik tafakkur, o‘ziga xos badiiy, me’moriy, garmonik qonuniyatlar 
va tartib-qoidalar orqali erishiladi. Ana shunday qonuniyatlar va tartib-qoidalarni 
izlab topish, o‘rganish, ularning sir-asrorlarini egallash va amaliyotda qo‘llash 
arxitektura nazariyasining dolzarb muammolaridan biridir. Shuning uchun ham 
nafaqat arxitekturada, balki badiiy ijodning barcha sohalarida garmoniya, ya’ni 
shakllar uyg‘unligi va mutanosiblik nazariyasi hozirga qadar ham bosh 
muammolardan biri bo‘lib kelmoqda.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling