Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
1.2. Uyg‘unlik xillari Uyg‘unlik, ya’ni garmoniyani shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: tabiiy uyg‘unlik va sun’iy yaratilgan uyg‘unlik. Har bir guruhdagi uyg‘unlikning ham bir necha xillari mavjud. Masalan, tabiiy uyg‘unlikka tabiat uyg‘unligi, inson qomatining uyg‘unligi, biologik va ekologik uyg‘unlik, hamda koinotga xos uyg‘unliklarni kiritish mumkin. Sun’iy tarzda yaratiladigan uyg‘unlik guruhiga esa arxitektura, tasviriy san’at, dizayn va badiiy ijodda inson tafakkuri va estetik didi bilan voqe etiladigan uyg‘unlik xillari kiradi. Arxitekturada arifmetik, geometrik va garmonik uyg‘unliklar mavjud. Sun’iy uyg‘unlikka bulardan tashqari arxitektura va tasviriy 10 san’atdagi ranglar uyg‘unligi ham kiradi. Bu uyg‘unliklar aslida bizni qamrab turgan tabiiy uyg‘unlikka qiyoslanib, undan ma’lum ma’noda zavqlanib va ilhomlanib yaratiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, tabiat uyg‘unligiga odam salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq koinot uyg‘unligi shunchalik keng voqeki, unga inson ta’siri sezilmasdir. Aksincha, insoniyat tabiat va koinot uyg‘unligiga intilib yashashga ehtiyoj sezadi. Chunki ularsiz inson hayotining uyg‘unligiga ham putur yetadi. Xo‘sh, uyg‘unlikka erishishning bosh me’zoni nima? Uyg‘unlik, ya’ni garmoniyaning o‘lchov birligi bormi? Umuman garmoniyani yoxud go‘zallikni o‘lchab bo‘ladimi? Arifmetik, geometrik va garmonik uyg‘unliklar deb qanday uyg‘unliklarga aytiladi? Biz yuqorida barcha go‘zalliklar manbai tabiatning o‘zida, dedik. Darhaqiqat shunday. Inson turmushi va kishilik jamiyatining rivoji tabiat va koinot uyg‘unligiga bog‘liqdir. Har qanaqa sun’iy uyg‘unlik ana shu tabiiy uyg‘unliklar bag‘rida inson ijodiy faoliyatining mahsuli tarzida yuzaga keladi. Me’mor yoki dizayner biron-bir obyektni ijod qilar ekan, avvalam- bor, uning kompozitsiyasini yaratishga harakat qiladi. Kompozitsiyasida u obyektning umumiy shakli-shamoyilini, tarz va tarhning yaxlit ko‘rinishini, uni tashkil etuvchi asosiy va bo‘ysinuvchi shakllarni topishga, kompozitsiya markazini aniqlashga, kompozitsiyada mazmun va shaklni muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Kompozitsiya masalasi hal bo‘lgach, arxitektordan yaxlit me’moriy shakl va uning qismlari o‘lchamlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish talab qilinadiki, bunda unga oddiy arifmetik, ya’ni oddiy hisob ishlari katta yordam beradi. Hisoblash orqali butunning qismlarga, qismlarning esa butunga miqdoriy va miqyosiy mutanosibligi aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda boshlang‘ich o‘lchov birligi tarzida qabul qilingan kattalikning, ya’ni miqyos (modul)ning qismlar va butunga karrali mos kelishligi va buning oddiy butun sonlarda ifodalanilishi arifmetik Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling