Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

Sh.Y.Ratiya 30-yillarining oxirida Samarqanddagi Bibixonim masjidida 
batafsil me’moriy o‘lchov va tadqiqot ishlari o‘tkizadi. U masjid tarhini modulli 
to‘r ustiga chizib katakchalar tomonini obidaning g‘arbiy masjidi minorasining 
diametriga teng qilib oladi. Uning fikricha, uzunlik birligini o‘sha modulga karrali 
bo‘lgan gaz – 73 sm tashkil qilgan. SH.Ratiya o‘z tadqiqotlariga asoslanib hatto 
o‘sha pallada butkul vayron holga kelgan masjid binosining grafik 
rekonstruksiyasini ishlagan. Keyinchalik bajarilgan tadqiqotlarda masjid binosi 
arxitekturasi bo‘yicha katta aniqliklarga erishilgan bo‘lsada, SH.Ratiyaning ushbu 
ishi O‘rta Osiyo me’moriy shakllarining yasalish uslublarini ochib berish tarixida 
sezilarli iz qoldirdi. Chunki u ushbu bino me’moriy shakllarining ishlanishida ilk 
bor modul tizimiga e’tibor qaratgan edi.
N.B.Baklanov 1944 yili matbuotda ilk bor XVI asrda Buxoro me’mori 
chizgan qator jamoa va ibodat binolarining namunaviy loyihalarini chop etadi va 
tahlil qiladi (hozir bu chizmalar O‘zbekiston fanlar Akademiyasining sharq 
qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda). Bu yangilikning O‘rta Osiyo me’moriy 
shakllarida uyg‘unlikka erishish uslublarini ochish yo‘lidagi ahamiyati juda katta 
bo‘ldi. Saqlanib qolgan chizmalar va loyihalar o‘ramining o‘lchamlari 38x246 sm 
tashkil qilgan.
Shunisi qiziqki, loyiha o‘ramidagi bino tarhlarining chizmalari o‘lchamlari 
45,4 mm dan to 62 mm gacha bo‘lgan kvadrat katakchalar ustiga chizilgan. 


142 
Katakchalar to‘ri ikki xil bo‘lib, maydalari qizg‘ish-jigar rangdagi nozik 
chiziqchalar bilan ishlangan. Kattalari esa 100 ta mayda katakcha (10x10)dan 
tashkil topib, qora tushda chizilgan. Bino tarhlarining chegaralari ham ushbu qora 
rangga bo‘yalgan bo‘lib, devorlarni ajratish uchun shtrixlab chiqilgan. 
Xonalarning asosiy o‘lchamlari, devor qalinligi, deraza va eshik o‘rinlari mayda 
katak (to‘r)ga karralidir. N.B.Baklanov chizmalardagi mayda kvadrat kataklar 
to‘rini uzunlik o‘lchami (gaz) to‘ri bilan tenglashtiradi.
N.B.Baklanovning ushbu tadqiqoti O‘rta Osiyo me’moriy merosi ustida 
ishlayotgan olimlarni qiziqtirib qoladi. Natijada XX asrning 40-50-yillarida 
V.L.Voronina, G.A.Pugachenkova, P.SH.Zohidov va boshqalarning ushbu sohaga 
doir maqolalari chop etiladi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling