Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

69-rasm. Le Korbyuzening 
Modulori.
 


145 
bo‘ysindirilgan; ular o‘ziga xos kodeks tarzida bo‘lib o‘zlariga tegishli yaxlit 
tugallangan o‘lchamlar tizimini tashkil qilgan... Hamma davrlarda odamlar ... 
qurganlar, demak o‘lchamlar belgilashgan. Ular qanday aslahalarni qo‘llashgan? 
Bu aslahalar odamning o‘ziga bog‘langan aniq, barqaror va o‘zgarmas o‘lchamlar 
bo‘lgan... tirsak, barmoq, tovon, tutam, qadam... bular tugalmas turlanish va 
yetarlicha moslashish xususiyatlariga ega bo‘lib, inson qomatini qurishning 
matematik qonunlariga va ayni paytda nazokatlar, nafislik qonunlariga, o‘sha bizni 
hayajonga soluvchi va go‘zallik deb nom berilgan uyg‘unlik manbaiga sodiq 
qonunlarga bo‘ysungan".
Le Korbyuzye arxitekturada ana shunday o‘lchov tizimini yaratishini orzu 
qilib natijada o‘zining "Modulor"ini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Modulorda odam qomatiga asoslangan "oltin nisbat"li o‘lchamlar tizimining 
ikki qatori aks ettirilib, uning birinchisini Le Korbyuzye tik turgan kattaroq odam 
bo‘yi – 183 santimetrga, ikkinchisi esa qo‘lini ko‘tarib turgan odamga (226 
santimetrga) tenglab oladi. Birinchi qatorni u "qizil seriya", ikkinchisini esa "ko‘k 
seriya" deb ataydi. Har ikkala qatordagi o‘lchamlar seriyasi "oltin kesim" 
nisbatlariga asoslanadi.
Modulorni amalda qo‘llash uchun Le Korbyuzye o‘lcham tasmasidan 
foydalanib, uni ko‘k va qizil qatorning bo‘laklariga teng o‘lchamlarga, ya’ni oltin 
kesim nisbatlariga bo‘lib chiqadi. Bu o‘lchamlar asosida loyihalangan va qurilgan 
bino odam qomati o‘lchamlariga mos bo‘lib, ayni paytda, uning qismlari oltin 
nisbatlarda bog‘langan bo‘ladi. 68, a-rasmda Modulor shkalasining bo‘linishlari 
70-rasm. Modulor shkalasining bo'linishlari.
 


146 
aks ettirilgan. Darhaqiqat, 27 sm eng kichik o‘tirish balandligidir, 43 sm – oddiy 
stulda yoki skameykadagi o‘tirish balandligi, 70 sm – stol taxtasining balandligi
86 sm – parapetning eng kichik balandligi, 113 sm – uning eng baland 
o‘lchamidir. Modulorni Le Korbyuzye Parij, Marsel va Chandigarx (Hindiston)da 
o‘zi qurgan qator binolarni loyihalash jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llagan.
Shuni ta’kidlash lozimki, dastlabki Modulorda garmonik tizim erkakkishi 
qomatining o‘lchamlariga moslab yaratilgan edi, ya’ni unda erkak odam baladligi 
olinib, u 183 santimetrga teng edi. 183 sm esa 6 fut yoki 6 tovonga 
tenglashtirilgan edi. Biroq, hayot faqat erkaklardan ibort emas, uning yarmini 
ayollar tashkil qiladi. Ayollar qomatiga xos mutanosibliklar esa ma’lumki, 
erkaklar qomatidan farq qiladi. Bu esa Le Korbyuzye ishlab chiqqan Modulorda 
o‘z aksini topmagan edi. Shuning uchun ham 1974 yili leningradlik arxitektor 
I.P.Shmelev Modulorga ayol qomatiga xos mutanosiblik qatorini kiritadi. Erkak 
qomatining mutanosiblik qatori qizil rangga, ayol qomatiniki esa ko‘k rangga 
bo‘yaladi. Biroq, o‘zida antropometrik mutanosibliklar uyg‘unligini ifodalagan 
Modulor hayotda keng qo‘llanmadi. Chunki inson qomati va irratsional 
mutanosibliklarga asoslangan antropometrik tizim metrik tizimdan keskin farq 
qilib, uning qurilish qurilmalarini industriyalash asosida standartlashtirish va uni- 
fikatsiyalashtirishda qo‘llanishi amalda uning dunyo bo‘yicha tan olinishi va 
butun qurilish texnikasi va industriyasini ham Modulor o‘lchov tizimiga 
o‘tkazishni talab qilar edi. Modulorni amaliyotga qo‘llashga, ayniqsa, ommaviy 
qurilishda tipizatsiya va unifikatsiyaga o‘tgan mamlakatlar qarshi turdilar. Ular 
o‘zlaridagi mavjud qurilish industrial bazasini yangitdan qayta qurishni 
xoxlamadilar. Aksincha, metr o‘lchoviga asoslagan "Yagona modul tizimi" 
yaratilib, u dunyoviy mavqeni egalladi.

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling