161
naqshbandi, kuloxiy va boshqa turlari mavjud (72-rasm). Gumbazlar turini
tanlashda me’morlar birinchi navbatda binolarning tarhi va vazifasiga e’tibor
berganlar.
Bo‘yi va eni bir xil (kvadrat) bo‘lgan xonalar tomi odatda "
charxi gumbaz",
bo‘yi enidan uzunroq (to‘g‘ri to‘rtburchak) va balandligi
pastkam xonalarning
tomlari esa "balxi gumbaz" bilan yopilgan. Charxi gumbazning balandligi
gumbaz
yarim kengligidan ortiq bo‘lsa "
mirzoi gumbaz" deb atalgan (73-rasm).
O‘rta Osiyoda XV asrga kelib
gumbazli qurilmalarning bu o‘lkada avval
qo‘llanmagan yangi turi – bir-birini
kesuvchi ravoqlar ustiga o‘rnatilgan
gumbaz – "
zarba linga" vujudga keladi.
Bu qurilmalar uch
asosiy ijobiy
xususiyatga ega: yopiladigan bino
o‘lchamlariga nisbatan gumbaz
o‘lchamining ancha kichik bo‘lishi;
ravoqlar yelkalaridan tushayotgan yukning
sakkiz nuqtaga mujassamlanib bino
devorlari bo‘ylab
teng tarqalishi; bino
xonalarini kengaytirish, ulardan
unumli
foydalanish va interyerni yanada go‘zal
qilib ishlash uchun qulay imkoniyatlarni
yaratilishi. Bunday gumbazlar
Samarqanddagi Cho‘ponota maqbarasida
ilk bor qo‘llanilib, keyinchalik bu yerdagi
Ishratxona va Oqsaroy binolarida
mukammalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: