Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII BOB. RAVOQ, TOQ VA GUMBAZLAR SHAKLLARINING HANDASAVIY ASOSLARI 12.1. Ravoq, toq va gumbazlar haqida umumiy ma’lumotlar
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash
uchun savollar: 1. Me’moriy uyg‘unlik va mutanosiblik xaqidagi Yevropa olimdarining ishlarini aytib bering. 2. Me’moriy uyg‘unlik va mutanosiblik xaqidagi Rossiya olimdarining ishlariga izoh bering. 3. N.B.Baklanovning O‘rta Osiyo o‘rta asrlar me’morlarining loyihalash uslublarini o‘rganishdagi xizmatlarini aytib bering. 4. XVI asr Buxoro me’moriy chizmasida qanday me’moriy ob’yektlar aks ettirilgan? 5. Le Korbyuzyening “ Modulor”ini tushuntirib bering. 6. Me’moriy uyg‘unlik va mutanosiblik haqida M.S.Bulatovning xizmatlarini izohlab bering. 7. P.SH.Zohidovning “Me’moriy al-Qonun”ini tushuntirib bering. 8. Ansambllar yaratishdagi M.Q.Ahmedov ochgan badiiy g‘oyaviy va kompozitsiyaviy tamoyillarni tushuntirib bering. 159 XII BOB. RAVOQ, TOQ VA GUMBAZLAR SHAKLLARINING HANDASAVIY ASOSLARI 12.1. Ravoq, toq va gumbazlar haqida umumiy ma’lumotlar Ravoq, toq va gumbazlar ustunli-to‘sinli qurilmalar kabi bino va inshootlar ustini yopish uchun xizmat qiladi. Ravoqlar Sharq me’morchiligida ilk bor milodgacha III-II minginchi yilliklarda paydo bo‘lgan va dastlab xom g‘ishtdan terilgan. Gumbaz qurilmalar esa ilk bor Eronda I asrda qurilgan Ko‘hna- Xoja saroyida qo‘llangan deyiladi. Sharqshu- nos tarixchi olima V.L.Voroninaning fikricha, eronliklar jahon me’morchiligida birinchi bo‘lib kvadrat asosni gumbaz bilan yopish texnikasini egallaganlar. Qadimgi Rim gumbazlari esa doira va ko‘p burchakli asosga terilgan. O‘rta Osiyo me’morchiligida qo‘llanilgan dastlabki xom g‘ishtli ravoqlar VII-VIII asrlarda vujudga kelgan. Ravoq qurilmalarning yaratilishi arxitekturaviy shakllar kompozitsiyasida katta yangilik hisoblangan. Ravoq (arka) deraza, eshik, ayvon ustini yoki ikki ustun orasini yoy ko‘rinishida yopuvchi qurilmadir. Bir tekislikda yotgan ravoqlar qatori arxitekturada qatorak (arkatura) deb ataladi. O‘rta Osiyo arxitekturasida ravoq bino peshtoqlarining kirish qismini, eshik, deraza, yo‘lak, devordagi taxmon, tokchalar ustini va gumbaz osti qismlarini yopuvchi qurilmalar tarzida keng tarqalgan. 160 Ravoq, toq va gumbazlar O‘rta Osiyo arxitekturashunoslik fanida nisbatan yaxshi o‘rganilgan me’moriy qurilmalar hisoblanib, ularning ilk tasnifi B.N.Zasipkinning " Своды в архитектуре Узбекистана" (1961 yil) asarida bayon qilingan. Shundan so‘ng bu sohada L.I.Rempel, G.A.Pugachenkova, V.L.Voronina, M.S.Bulatov, L.YU.Mankovskaya, P.SH.Zohidov, V.A.Nilsen, A.Ashrabov, K.S.Kryukov va boshqa olimlar ish olib borganlar. B.N.Zasipkin ravoqlarni qurish uslubiga ko‘ra uch turga: sirkullik, parabaloik va sferokonik shakllarga bo‘lgan. Umuman olganda ravoq shakllarini qurish uslublari juda ko‘p. Ularni asosan ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi - bir necha markazdan aylana yoylari bilan qurish, ikkinchisi – ellips uslubi bilan qurish. Biz ular haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz. Toq – bu gumbaz, mehrob va tokchalarning tepasini yopuvchi yoysimon tog‘ ko‘rinishidagi burchakli qismi. O‘rta Osiyoda nomi "toqi" deb ataluvchi boshlangan va usti gumbazlar bilan yopilgan turli xil savdo inshootlari mavjud. Buxoroda XVI asrda qurilib bizgacha saqlanib kelgan Toqi Zargaron (Zargarlar gumbazi), Toqi Sarrofon (Sarroflar gumbazi), Toqi Telpakfurushon (Telpakfurushlar gumbazi) shular jumlasidandir. Ularning barchasi o‘rtada joylashgan ulkan gumbaz va uning atrofiga birikkan kichik gumbazlar majmuasidan iborat. Bu bozor inshootlari shahar ko‘chalari kesishgan gavjum joylarga qurilgan bo‘lib, ularning bosh gumbazlari, ya’ni toqlari shahar siluetiga alohida urg‘u berib turadi. Shuning uchun ham ularning nomi toqi, ya’ni gumbazi deb atalgan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling