174
Namoyon bu atrofi hoshiya naqsh bilan o‘ralgan
murakkab va tugal islimiy
naqsh kompozitsiyasidir. U asosan O‘rta Osiyo me’moriy obidalarining
interyerlarini bezashda qo‘llaniladi. Namoyon kompozitsiyasida girih bilan islimiy
naqsh aralashgan bo‘lishi ham mumkin. Bunda girih hamisha asosiy, islimiy esa
to‘ldiruvchi naqsh rolini bajaradi va islimiy hech qachon girihni bosib o‘tmaydi.
Girihdan ham sof holda namoyon kompozitsiyasi ishlanishi mumkin. Ular
ham islimiy namoyoni kabi asosiy va to‘ldiruvchi naqshlardan tuziladi. Bunda
avval
asosiy yirik girih ishlanib, so‘ngra uning ichiga mayda to‘ldiruvchi girih
chiziladi.
Ruta ikki tomonga ulanuvchi naqsh taqsimi hisoblanib, asosan
hoshiya
uchun qo‘llaniladi.
а
b
Do'stlaringiz bilan baham: