Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
lari, devoriy rang tasvir, toshtaroshlik, muqarnas va kundal bezaklarga
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 85-rasm. Devoriy mahobatli bezaklar
lari, devoriy rang tasvir, toshtaroshlik, muqarnas va kundal bezaklarga
bo‘lish mumkin. Bu naqshlar me’morchilikda ko‘p qo‘llanilgani uchun O‘rta Osiyoda qadimdan bizgacha saqlanib qolgan va amaliyotda keng tarqalgan. Miloddan avvalgi III asrdan milodiy III asrgacha yaratilgan ko‘pgina yirik inshootlar ham me’moriy naqshlar bilan bezatilganligi ma’lum. Biroq, bu naqshlar asosan devorga 85-rasm. Devoriy mahobatli bezaklar: a - Afrosiyobdagi Somoniylar saroyining devoriy bezaklari (D.Nozilov rekonstruktsiyasi); b - Bolaliktepa saroyidagi devoriy bezaklar (V-VIII aa.), L.Albaum chizmasi a b 178 ishlangan rangtasvirli suratlardan iborat bo‘lgan. Masalan, Qadimgi Xorazmdagi Tuproqqal’a saroyining zallari mahobatli devoriy naqshlar bilan bezatilgan. Kushonlar davri (I-IV asrlar) saroylari esa asosan devoriy haykallar bilan bezalgan. VI-VIII asrlarga oid Qadimgi Panjikent, Bolaliktepa, Varaxsha shahristonida, Afrosiyob, Ajinatepalarda topilgan rangli devoriy tasvirlar ham me’moriy bezak asarlari hisoblanadi. Ularning barchasi me’moriy ichki hashamlar sanalib saroy xonalari va zallari, koshonalar, turarjoy binolari va butparastlarning ibodatxonalari tarkibida bo‘lgan (85-rasm). Arab istilosi oqibatida O‘rta Osiyoga kirib kelgan islom dini (VII asr) devoriy suratlarda jonli mavjudotni tasvirlashni man qiladi. Biroq, go‘zallikka intilish jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos ma’naviy xususiyatlaridan birib bo‘lib, tasvir san’atini ta’qiqlash ushbu san’atda yangi yo‘llarni ishlashga olib keldi. Xuddi shu boisdan ham musulmon me’moriyatida yoxud Markaziy Osiyoda ham islom ta’qiq etgan mavzuli muhtasham devoriy tasvirlar o‘rnini bezakli (ornamental) girih va islimiy naqshlar egallay boshladi. Ayni paytda, islom bu yo‘nalishni ham o‘z manfaatlariga moslashtirib oladi. Me’moriy bezaklarda handasaviy girih va islimiy naqshlar bilan birga Qur’on oyatlari va hadislar arabcha suls va naxs yozuvlaridagi munaqqash naqshlarga aylana boradi. Mohir koshin-koriy naqqoshlar hattotlik san’atining nodir namunalarini me’moriy obidalar devorlariga ko‘chira boshlaydilar. Shunday qilib, me’moriy naqshinkorlikda mavzuli mahobatli devoriy rang tasvir san’ati o‘rniga devoriy ornamental va xushxat (yozuviy) yo‘nalish vujudga keladi. Ma’lumki, islom dinida dastlab tasvir va haykallarga qarshilik bo‘lmagan. Shuning uchun ham Qur’onda tirik mavjudotlarni tasvirlash yoki haykallarni ishlash man etilmagan. Bundan foydalangan ayrim xalifalar IX-X asrlarda o‘z saroylarini jozibador rangli devoriy tasvir va haykallar bilan bezaganlar. Biroq, keyinroq, X asr oxirlari - XII asrga kelib, islomda hadislar va shariat to‘la kuchga kirgan davrlarda, islom dini har qanday jonzod va haykallarning sig‘inishga moyil tarzda va aniq tasvirlanishiga qarshi bo‘lgan. 179 Chunki bu jixatni islom qarshi turgan butparaslikka ochilgan keng yo‘l deb tushunilgan. Keyinchalik bu aqida hadislarda shakllantirilib, umuman tirik mavjudotlarni tasvirlashni mutlaqo man etishgacha olib borilgan va bunday tasvirlarda Alloh taoloning yaratuvchanligiga taqlid qilish yotadi, shuning uchun ham ularni chizish gunoh deb tushuntirilgan. Biroq, bu aqidalarga turli mazhablarda va turli davrlarda turlicha tushuntirishlar va urg‘u berib kelingan. Masalan, Fitomidlar davrida Misrda (X asr) tasviriy san’at bobidagi islom aqidalariga rioya qilish to‘liq shakllanmagan edi. Bu davrda hatto Qohirada xalifa va shoirlarning suvratlarini namoyish etuvchi alohida zallar ham bo‘lgan. Ammo ochiq ishqiy munosabatlar va behayoliklarga xos tasvirlar o‘sha davrlarda ham qattiq qoralangan. Bu masalada Islom huquqshunoslarining u yoki bu mavzudagi tasvir va haykallarga ruxsat berish yoki ta’qiqlashda asosiy e’tiborni nimalarga qaratganini to‘g‘ri anglash biz uchun juda ham muhimdir. Chunki turli islom mazhablarining tasviriy san’atga bo‘lgan dunyoqarashidagi asosiy farqlar ham xuddi shu masalaga kelib taqaladi. Fikrimizcha, ular tasviriy san’atda nimani man qilish yoki qilmaslikni quyidagi ikki xil asosiy omil bo‘yicha belgilaganlar. Birinchisi, ishlangan tasvirning sig‘inish, ya’ni butparastlikka moyil va qulay tarzda (masalan, aniq haykal shaklida) yaratilganligi; ikkinchisi, tasvirning kishida ichki, ya’ni ma’naviy, ayniqsa, hirsiy hissiyotlarni uyg‘otishga moyilligi (bu musulmon uchun o‘ta noqulay bo‘lib, uning tahorat tartibini ixtiyorsiz buzib yubormoqqa moyildir). Albatta, har ikkala holda ham tasvirning qay darajada yaqqol yoki mavhum ishlanganligi ham muhim ahamiyatda bo‘lgan. Ushbu asosiy omillar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlardan kelib chiqib, shariat tasvirda musulmonlarga nimalarni man etish yoki man etmaslik masalasini hal etgan. XVI asrga kelib Markaziy Osiyoda tirik jonzodlar aks ettirilgan rang tasvirlarning har qanday turi, hatto saroy ziynatlarida ham ta’qiq ostiga olinadi. Uning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yagona sohasi kitob miniaturasi bo‘lib qoladi. Bunga sabab, Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida katta 180 rol o‘ynagan badiiy adabiyotni, she’riyatni, poeziya, shuningdek, tarixiy voqealar yilnomalarini quruq qog‘oz sahifalaridagina emas, balki boy rangli badiiy tasviriy lavhalar yordamida ham ifodalashga intilishdir. Xullas, she’riyat, poeziya va tarixiy asarlarda tirik mavjudotlar va hayotiy lavhalar nafis, mo‘jaz tasvirlar yordamida ifodalash davom etadi. Ammo bunday rangli tasvirlarni diniy asarlar sahifalari va me’moriy imoratlarda ishlash qat’iyan man etilgan edi. Oqibatda yuqorida ta’kidlaganimizdek, me’moriyatda devoriy tasvirli monumental naqshlar o‘rnini ornamental bezaklar: girih, islimiy va yozuviy (xushxat yoki epigrafik) naqshlar egallab boshlaydi va ular asosiy naqshlar turiga aylanadi. "Agar yahudiylar ibodatxonalarining ichki bezaklarida ilohiylikka qaratilgan voqeaviy tasvirlar, haykallar yaqqol ko‘rinsa, xristianlar cherkovlarida moy-bo‘yoqli tasvir, manzara, haykal-taroshlik ko‘zga tashlanadi. Bundan ko‘rinadiki, yahudiylik va xristianlik tafakkuri tarixiylikka asoslanadi. Ularda muqaddas ilohiy rivoyatlar turli tasvirlar orqali muqaddaslashtirilgan, ular rivoyatga hamdard, uni o‘ziga singdiradi... Islom esa buning aksi: musulmon kishi rivoyatga ishonmaydi, unga sig‘inmaydi, u mutloq Allohga sig‘inadi, uning hukmlariga itoat etadi. Shu bois Allohning uyi - masjidlarda muqaddas so‘zlarga, Alloh ismi va sifatlarini ramziy ifodalovchi naqsh va yozuvlarga alohida urg‘u beriladi", deb yozadi professor E.Umarov o‘zining "Estetika" nomli kitobida. Uning fikricha, naqsh va yozuvlar binoning shunchaki bezagi emas, balki ular inson qalbiga Alloh go‘zalligini singdiruvchi va islom mohiyatini yorqin ifodalovchi tilsimdir. Naqsh haqqoniyatni qo‘l bilan ushlab ko‘rish uchun emas, balki go‘zallikni dildan his qilish, uning mohiyatiga kirib borish timsolidir. Va nihoyat naqsh – xotirjamlik, ruhiy osoyishtalik, umri uzoqlik-cheksizlikni ramziy ifodalovchi hilqatdir" - deb tushuntiradi E.Umarov. Islimiy naqshdagi gullar: gulsafsar - osoyishtalik, umri boqiylik, to‘lqinsimon gul poyasi – boylik va farovonlik, novda va yaproqlar – navqironlik, yasharish timsollari bo‘lsa, oq rang – baxt va omad, zangori rang – oliy e’tiqod, qizil rang – shodlik, yoshlik timsollaridir. 181 Islomda tasviriy san’atga talab shundayki, unda hissiyotlarni shunchaki jo‘sh urdirish emas, balki uyg‘unlik, hamohanglik kashf etuvchi tasvir ramziga urg‘u beriladi. Shuning uchun ham islomda shakl, mazmun va naqshlar hamohangliligi hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqqan oqibatdir. VIII-XIII asrlarga kelib O‘rta Osiyo arxitekturasida imoratlar tarzini dastlab g‘ishtin naqshlar bilan bezash san’ati yuksak darajaga ko‘tariladi. Buxorodagi Somoniylar maqbarasining o‘ta nafis va xilma-xil g‘ishtin naqshlari fikrimizning dalilidir. XI-XII asrlar arxitektura yodgorliklari ichida O‘zgan (O‘sh viloyati)dagi shartli ravishda Shimoliy, O‘rta, Janubiy deb nomlangan maqbaralarning inter’yerlari, devor, peshtoq, ravoqlari juda ham nafis ganch, yog‘och va rangli naqshlarda ishlanganligi bilan ajralib turadi. O‘rta Osiyo me’morchiligida XIV-XV asrlarda tasviriy san’at va naqqoshlikning bir necha yangi yo‘nalishlari vujudga keladi. Bu davrda avvalgi mo‘g‘ullar istilosi davrigacha orttirilgan tajribalar (girih, islimiy, madoxil, gulg‘uncha bezaklar) yanada rivojlantiriladi. Tashqi me’moriy pardozlarning Movarounahrdagi yangi turlari: - sirlanib pishirilgan loy o‘ymakorligi bezagi (reznaya polivnaya terrakota), sirlangan rang-barang kesma koshin (koshinburish) terma bezaklar (mozaika), yaxlit chizib yoki o‘yib ishlangan rangli sirkor sopol naqshlar – parchin (mayolika)lardan foydalaniladi. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling