Yo’q, halovat istamayman Erkin Vohidovning 85 yoshi munosabati bilan
Download 144.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqona
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhlar isyoni” dostoni
- Men yolqinman” she’ri 7-“V” sinf
- Qora qoshing”
- Insoniyat tarixi“
- Shoir tarjimalari
Yo’q, halovat istamayman (Erkin Vohidovning 85 yoshi munosabati bilan o’tkazilgan adabiy-badiiy kompozitsiya) 112-IDUMning ona tili va adabiyot o’qituvchisi Jumayeva Zulayxo Abdusalomovna Zal Erkin Vohidov ijodi bilan bog’liq slaydlar she’r va dostonlari devoriy gazetalar insholar referat, buklet va rangli rasmlar bilan bezatilgan. Boshlovchi: Yo’q halovat istamayman , Orom bilmas yosh jonim, To’lqin urgan ummoncha orim Yurakdagi tug’yonim! (Erkin Vohidov) Boshlovchi: - Bugun O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludiga 85 yil to’ldi. Shoir adabiyotga 50-yillarda kirib keldi va shu davr mobaynida o’z o’quvchilariga ega bo’ldi. Uning baxt, Vatan istiqboliga ishonch bilan yo’g’rilgan she’r va dostonlari , tarjimalari, “Oltin devor” komediyasi uch avlod vakillarining eng sevimli asarlari qatoridan joy oldi. “Yoshlik devoni”, “Muhabbatnoma”, “Sadoqatnoma” kabi to’plamlari, “Ruhlar isyoni” dostoni ko’pchilikning kitob javonidan munosib o’rin egalladi. Shoir she’riyati qalblarimizda mangu yashaydi. Erkin Vohidov asarlari hamisha yo’lda! Sherali Jo’rayev tomonidan ijro etilgan “O’ZBEGIM” qasidasi yangraydi. Davraga 7-“G” sinf o’quvchilari kirib keladi va shoirning 70-yillarda yaratgan “O’zbekiston” she’rini ifodali yod aytishadi. Yurtim, Seni yana oldim qalamga Yarim asr yoshing bahona bo’lib. Yana kelib qo’nding tonggi misramga Falak nisor etgan durdona bo’lib. Iqbol peshonamga bitgan oshyonim – O’zbekistonim… “Ruhlar isyoni” dostoni “Jaholat to’g’risida rivoyat” sahna ko’rinishi (6-“V” sinf) Juda qadim Jaholatlik zamonda Bir donishmand Ulug’ hakim O’tgan ekan jahonda U kun bo’yi giyoh terib, Kezib tog’-u biyobon Odamlarga shifo berib, Yashar ekan Shodumon. Unga ming bir mushkul dardning Ayon bo’lib davosi Bor-bora odamlarning Ortaverdi ixlosi Hatto bir kun Nashtar bilan Ochmish ko’rning ko’zini. Ammo qayda bo’lsa shuhrat Yon boshida Hasad bor. Duoxonlar , parixonlar O’quvchilar chilyosin … Xullas, yurtda bor nodonlar Boshladilar ig’vosin. “Men yolqinman” she’ri 7-“V” sinf Men yolqinman! Olovli davrim Ko’kragidan otilib chiqqan, Men chaqinman! Lahzalik umrim, Bulutlarning bag’rini, Yurtgan. “Oltin devor” dramasidan parcha (9-sinf) Nodir bilan Dilorom diologi Nodir: - Agar ko’nglimni band etsa , O’shal Sheroz janoni Qaro holiga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni. Dilorom: Hofiz Sheroziy g’oyat chiroyli yozbdi, xo’sh shoir Nodir ne der ekan: Nodir: - Ming Samarqand ming Buxoro Hadya bo’lsin xol uchun. Dilorom: - Na iloj menda havas yo’q mulk-u amal mol uchun Nodir: - Senga yulduzli samoni Hadya aylay, Dilbarim. Dilorom: - Qo’y uni, o’ldimmi shoir Bu cho’tir ro’mol uchun. Nodir: - Xo’p desang, men yangi oyni Sirg’adek taqdim etay. Dilorom: - Zo’rmidim jozdan yasalgan Hiylai amal uchun. Nodir: - Qil tarakkum, kim alifdek Qomatim dol bo’ldi-ku. Dilorom: - Kim qo’yibdir sevgini Qaddi bukilgan chol uchun. “Qora qoshing” she’ri (7-sinf) Qora qoshing, qalam qoshng Qiyiq qayrilma, qoshing qiz. Qilur qatlimga, qast qayrab Qilich qotil , qaroshing qiz. “Do’st bilan obod uying” g’azali (9-“G”sinf) Do’st bilan obod uying ‘ Gar bo’lsa ul vayrona ham. Do’st qadam qo’ymas ekan. Vayronadur koshona ham. “Ruhlar isyoni” dostoni “Adabiyot haqida rivoyat” (sahna ko’rinishi 11-“V”sinf) Roviy aytar: - Allazamon – allaqaysi ma’voda Falokatga uchrab karvon Poyoni yo’q sahroda Bu nogihon Tasodifdan Barcha o’tib dunyodan Shu tasodif amri bilan Omon qoldi Bir odam. Belbog’iga osganicha Quruq ko’za – suvdonni Kezdi necha Kunduz kecha Bu dasht-u biyobonni. Keza-keza oxir toldi, Umid uzdi jonidan. Bir payt nogoh chiqib qoldi Bir chashmaning yonidan. Yiqilgancha suvga behol Lab cho’zganda tashna tan, To’lqinlandi birdan zilol, Sado chiqdi chashmadan Chashma: Shoshma yo’lchi Ichursan, bas Muzdek tiniq to’laman Ammo bilki, oddiy suvmas Obihayot bo’laman. Azob chekding ko’p sahroda Mayli, To’yib ichib ol. Meni ichgan bu dunyoda Mangu yashar bezavol Yo’lchi: Ichaymi yo ichmaymi! Uzoq-uzoq o’yga toldi Oxir obihayot oldi. Ko’zasiga to’dirib (Sal naryoqdan xazin bir sas eshitdi) Bordi. E, voh, yotar bir bosh Qum ustida benajot, Nola chekar to’kar yosh. Bosh: - “La’nat, ey hayot! O’sha suvdan ichdim nega Afsus, ey yo’lchi Rahim et menga O’ldir – deya o’tinur Shu buloqdan suv ichganman Yashayverib , bu qiynoqdan O’zni qumga, ko’mganman “Insoniyat tarixi“ (sharq afsonasi sahna ko’rinishi 8-“B” sinf) Juda qadim zamonda Qobiliston tomonda Bir podsho o’tgan ekan Davron surib jahonda Butun umrim kechirib Kayf bilan safo bilan Ishi bo’lmagan ekan O’tkinchi dunyo bilan Yillar o’tib, nihoyat Yoshi yetgach bir joyga Barcha ulamo ahlin Chaqiribdi saroyga Podsho: - Olamga kelib Olam nedur bilmadim Odam bo’lib yashadim Odam nedur bilmadim Qirq yil bodsholik qilib Umrim o’tdi g’aflatda Qolganini ilmga Sarf qilurman albatta. Tarixchi: - Qullaringiz, yuragining qoni bu, Insoniyat tarixin, Eng qisqa bayoni bu Podsho: - Ko’p yozibsiz bunchalar Insoniyat tarixi Uzunmidi shunchalar Kopi bilan bir tuya Kitob qilin ulamo. Donishmand: - Mana, podshohim insoniyat tarixini bitta kitobga joylashtirdik. Podsho: - Rahmat sizga, ulamo Bir kitobni o’qish ham Endi menga muammo. Mazmunin aytib bering Ikki og’iz so’z bilan Tarixchi: - Xoqonim, odamlar tug’iladi, g’am chekadi , o’ladi. Insoniyat tarixin mazmuni shu bo’lar. Shoir tarjimalari Download 144.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling